0‘zbekistonda huquq manbalari quyidagilardan iborat:
xalqaro huquqning umume’tirof etgan prinsiplari va normalari hamda O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari qonunlar;
qonunosti hujjatlari. Xalqaro huquqning umume’tirof etgan prinsiplari va normalari — xalqaro huquqning asosiy qoidalari bo'lib, ularni xalqaro huquqning barcha subyektlari tan olgan va shu bois bajarmaslikka yo'l qo'yilmaydi. Ular ichida davlat suverenitetini hurmat qilish, zo'rlik ishlatmaslik yoki zo'rlik ishlatish bilan tahdid qilmaslik, davlatning hududiy yaxlitligi, chegaralarining buzilmasligi, nizolarni tinch yo'l bilan hal etish, ichki ishlarga aralashmaslik, xalqlarning teng huquqliligi va o'z taqdirini o'zi belgilash huquqi, insonning huquq va erkinliklarini hurmat qilish, davlatlar o'rtasidagi hamkorlik, xalqaro huquq bo'yicha majbu- riyatlarni vijdonan bajarish kabilar bo'lishi mumkin.
Xalqaro shartnoma — xalqaro huquqning ikki yoki bir necha subyekti qabul qilgan bitim bo'lib, huquq va majburiyatlarni belgilovchi, o'zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjatdir. O'zbekiston Respublikasi siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va maxsus masalalar bo'yicha bir necha ming shartnoma tuzgan. 1995-yilda «O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to'g'risidagi qonun» qabul qilingan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, xalqaro shartnomalarning qoidalari O'zbekiston qonunlariga nisbatan ustunlikka ega. O'zbekiston Respublikasi qonunlarini quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin: Asosiy qonun — Konstitutsiya; konstitutsiyaviy qonun; Qoraqalpog'iston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari. Qonunlar va boshqa normativ hujjatlar orasida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosiy o'rin tutadi. Ushbu hujjat davlat hokimiyatining tashkil etilishini belgilaydi, konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, insonlar va fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlaydi. Konstitutsiya amaldagi qonunlar uchun yuridik asosdir. Konstitutsiya qoidalari boshqa normativ hujjatlarda rivojlantiriladi va aniqlashtiriladi. Shuni ham aytib o'tish kerakki, Qoraqalpog'iston Respublikasi O'zbekiston Respublikasi tarkibida o'z konstitutsiyasiga ega bo'lib, uning qoidalari O'zbekiston Konstitutsiyasiga zid kelishi mumkin emas.
konstitutsiyaviy qonunlar Konstitutsiyaga o'zgartish va qo'shimchalar kirituvchi qonunlardir. Ushbu hujjat uchun Oliy Majlisda oddiy qonunlarga nisbatan ularni qabul qilishning murakkabroq tartib-qoidalari belgilangan.
Qonunlar, o'z navbatida, kodekslashtirilgan va joriy qonunlarga bo'linadi. Kodekslashtirilgan qonunlarga kodekslar kiradi. Kodeks
mantiqiy tizimlashtirish xususiyatiga ega qonun bo'lib, o'zida ijtimoiy munosabatlarning ma'lum bir sohasini batafsil tartibga soluvchi normalarni birlashtiradi. Masalan, Fuqarolik kodeksi. Jinoyat kodeksi, Mehnat kodeksi. Soliq kodeksi. Bojxona kodeksi va hk.
Qoraqalpog'iston Respublikasining qonunlari qonun chiqaruvchi (vakillik) organ tomonidan qabul qilinadi va bunday qonunlar Qoraqalpog'iston hududida ijro etilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |