I=(h*100)/L
I – podometrik indeks (%); h – gumbaz balandligi (sm); L – tovonning 1-
falangadan tovon chizig’igacha uzunligi. Agar bu indeks 33% gacha bo’lsa juda
yuqori gumbaz, 33-31% o’rtatchadan yuqori, 31-29% normal, 29-27% o’rtacha
yassi oyoq, 27-25% yassi oyoq, 25% dan past past rivolangan yassi oyoq
hisoblanadi.
Godunov modifikatsiyasi bo’yicha yassi oyoq darajasi plantografiya
usulida aniqlanadi. Agar oyoq tagining og’irlik tushuvchi qismi kengligini,
yuklanish tushmaydigan qism kengligiga nisbati 1 gacha bo’lsa, oyoq normal,
1,1 dan 2 gacha bo’lsa zichlashgan, 2 dan katta bo’lsa yassi tovon hisoblanadi.
Kuzatilganda, tovonning zo’riqish tushadigan qismi zo’riqish tushmaydigan
qismiga nisbatan to’qroq.
Do'stlaringiz bilan baham: |