Ko’krak qafasi shakli. Ular silindrik, konussimon, bochkasimon, yassi,
tovuqsimon deb baholanadi. Bundan tashqari ikkala tomoni tekis rivojlanganligi
hisobga olinadi.
Bel shakli. Sagital tekislikdagi fizioliogik bukilmalarga e’tibor beriladi.
Fiziologik bukilmalarni rivojlanishi va yassilanishi, mushaklarni disbalansi,
biriktiruvchi to’qimani displaziyasi yoki umurtqani anomaliyasi natijasida
bo’lishi mumkin. Masalan, ko’krak gipofizini bir oz rivojlanishi – umurtqa
tanasini oldingi opofiz qismini suyaklari markazini yaxshi rivojlanmaganligi
oqibatida Sheyerman-Mau kasalligi kuzatiladi. Bunda umurtqalar shaklini
egallaydi. Tekshirilganda umurtqa chizig’ini chapga yoki o’ngga siljigani
ko’riladi, ayniqsa qo’lni oldinga qilib egilganda, yaqqol bilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |