Voyaga yetmagan jinoyatchilarning jinsiga oid tadqiqotlarda quyidagi- larni ko‘rish mumkin:
ushbu toifadagi jinoyatchilarning 90-95 % erkak jinsidagi shaxslar bo‘lib, shu yoshdagi aholi qatlamining ko‘pchiligini, ya’ni 48-52 % ni tashkil etadi.
voyaga yetmagan va jinoyat sodir etgan qizlar esa aholining shu yoshdagi qatlamiga kiruvchilarning 4-9 % ni tashkil etadi. Har ikki jinsga taalluqli voyaga yetmagan jinoyatchilarning bu ko‘rsatkichlari mamlakatimizda keyingi o‘n yil mobaynida bir xilligicha saqlanib qolmoqda;
ayol jinsidagi voyaga yetmaganlar jinoyatlarida ishtirok etuvchilarning miqdori katta yoshdagilar tomonidan jinoyat sodir etilishida qatnashishdan qariyb 3-4 marta kamdir. To‘g‘ri, voyaga yetmagan jinoyatchi qizlarning jinoiy faolligi jinoyat qonunchiligida belgilangan yoshgacha ham ko‘pchi- likni tashkil etadi.
Statistik ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, keyingi paytlarda qizlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar miqdori voyaga yetmaganlar jinoyatlari tarkibida 2-2,5 marta ko‘paygan. Jumladan, har uchta fohishadan ikkitasi voyaga yetmaganlardir. Shuningdek, voyaga yetmagan qizlar ko‘pchilik jinoyatlarning sodir etilishida yo‘naltiruvchi, o‘g‘rilik, talonchilik, tama- girlik, firibgarlik, hatto odam o‘ldirish jinoyatlarida esa ishtirokchi sifatida qatnashganlar. Voyaga yetmagan shaxslarning jinoyat sodir etishi muammolari bo‘yi- cha tadqiqot olib borgan mutaxassislarning fikricha, yosh qizlar o‘smirlarga nisbatan boshqacha, ya’ni spirtli ichimlik ichmasdan, yolg‘iz, ko‘chada emas, balki yashash binolarida jinoyat sodir etganlar. Ular sodir etadigan jinoyatlar ochiqdan-ochiq va vahshiyona tarzda bo‘lmay, asosan yashirin tarzda kechadi. Ko‘p hollarda ular pul, buyum yoki taqinchoqlarni o‘g‘ir- lashga moslashadilar. Yoshga nisbatan olinganda, ko‘pchilik jinoyatlar asosan 16 yoshgacha sodir etiladi, 14 yoshlilar orasida bu ko‘rsatkich ayniqsa yuqoridir. Sodir etilayotgan jinoyatlar umumiy miqdorining 36-40 % ni 16 yoshga to‘lmagan shaxslar sodir etadi. Shuningdek, har bir jinoyat turi bo‘yicha ham eng yuqori ko‘rsatkich ushbu yoshdagilarga taalluqlidir. Biroq davlat va jamoat mulki, o‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni o‘g‘irlash kabi jinoyatlarda ba’zan 14 yoshdagi shaxslarni ham ko‘rish mumkin. Avtotransport vositalarini olib qochish holatlari 17 yoshdagilar orasida ko‘proq kuzatiladi. Keyingi paytlarda 14-15 yoshli o‘spirinlar ichida nomusga tegish, talonchilik, o‘zgalar mulkini o‘g‘irlash jinoyatlari ham ko‘paygan. Albatta, buning obyektiv va subyektiv sabablari mavjud. Birinchi galda madaniy, maishiy hayotda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarning yoshlar ruhiyatiga o‘ziga xos ta’siridan kelib chiqish lozim. Keyingi yillarda savdo-tijorat tarmoqlari orqali shaxsni zo‘ravonlikka, shafqatsizlikka chorlovchi turli suratlar, matbuot nashrlari, videokassetalarni sotish keng yo‘lga qo‘yildi, bu esa voyaga yetmaganlar ongida salbiy o‘zgarishlarni yuzaga keltirmoqda. Tabiiyki, bunday salbiy omillar shaxsning, ayniqsa, yoshlarning shakllani- shiga yomon ta’sir etishini e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi.
Voyaga yetmaganlarning ijtimoiy bandligi, ya’ni kasb, mashg‘ulot yoki umuman foydali mehnat bilan shug‘ullanishini tahlil etish orqali bir qator muammolarni yechish uchun zarur bo‘lgan asoslarni ilmiy-nazariy jihatdan ishlab chiqish ham kriminologiya fani vazifalari doirasiga kiradi. Voyaga yetmaganlarning ijtimoiy bandligiga ko‘ra jinoyat sodir etishlari yoki shu yo‘lga kirishlarini aniqlash kriminologiyada juda muhimdir. Zero, ijtimoiy bandligi nuqtai nazaridan shaxs ma’lum bir g‘ayriqonuniy hara- katlarni sodir etishda faol bo‘lishi mumkin. Ushbu faollikni darajasiga ko‘ra ajratish esa yil sayin o‘ziga xos tarzda shakllanib bormoqda. Bular ishsizlar va o‘qimaydiganlar, ish bilan band bo‘lganlar, umumta’lim maktablari o‘quvchilari, kollej, litsey va oliy o‘quv yurtlarining talabalari kabi tartibda shakllangan. Hozirgi kunga nisbatan olinganda bunday tartibda ajratish to‘g‘ridir. Biroq ba’zi holatlarning inobatga olinishi ham maqsadga muvofiqdir. Kriminologiya nuqtai nazaridan sanab o‘tilgan toifadagi (bandligidan qat’i nazar) voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlardagi faollikni oshganligini, asosan muqaddam mavjud bo‘lgan va texnikum, oliy o‘quv yurtlari talabalari, maktab o‘quvchilari kabi yaxshi toifa sifatida sanalgan qatlamlarga qiyosan ekanligini ko‘rish mumkin. Shuning uchun ham bu holatni voyaga yetmaganlarni hozirgi kundagi ijtimoiy bandligi bilan bog‘lash manzarani aniq ifodalamaydi. Zotan, voyaga yetmaganlarni hozirgi ijtimoiy bandligi nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda, biz yuqorida bayon qilgan toifalar asosida, ular tomonidan jinoyatlar qay darajada sodir etilayotganligini ifodalash maqsadga muvofiqdir. Binobarin, ta’lim tizimidagi islohotlar asosida amalga oshiri- layotgan tadbirlar bu borada yaqindan tadqiqot olib borilishini taqozo etmoqda. Chunki tadqiqotlardan ma’lum bo‘ldiki, zamonaviy litsey va kol- lejlarda ta’lim olayotgan o‘quvchilar safida ayrim jinoyatlarning kamay- ganligini ko‘rish mumkin.
Voyaga yetmaganlarning shaxsiy xislatlarini bilish profilaktik chora- tadbirlarni to‘g‘ri tanlash va qo‘llashda katta ahamiyat kasb etadi. Zero, voyaga yetmaganlarning jinoyat yo‘liga kirishiga uning shaxsiga xos bo‘lgan salbiy yoki ijobiy xislatlari alohida o‘rin tutadi. Shaxsning o‘ziga xos bo‘lgan manfaatlari, ehtiyojlari, asosiy faoliyat yo‘nalishidagi o‘zaro aloqalarida mavjud salbiy holatlar uning jamiyatda o‘z o‘rnini topmasligiga hamda o‘qish va mehnat faoliyatida jamoa a’zolari bilan o‘zaro munosabatlarining yomonlashuviga olib keladi. Maktabda o‘qish jarayonida bilim olish darajasiga ko‘ra boshqa tengdoshlaridan orqada qoluvchi voyaga yetmaganlar miqdori 8-10 % ni tashkil etsa-da, o‘z xulqiga ko‘ra nomunosiblarining hisobi besh-olti marta ko‘pdir. Bunday voyaga yetmagan shaxslarning o‘ziga xos xislatlari ishlab chiqarish jarayonida ham namoyon bo‘lishi mumkin. Jumladan, o‘z mehnat vazifalarini bajarishga qiziqmasligi, faqat moddiy manfaatdorlik va o‘z foydasini ko‘zlash, mehnat jamoasi fikriga qo‘shilmaslik va boshqalar. Bu kabi xislatlarga ega o‘smir yoki yoshlar ishdan bo‘shab ketishdan aslo cho‘chimaydilar, ish joylarini tez-tez o‘zgartirib turishga moyil bo‘ladilar. Eng muhimi, yangi ish joylarini tanlashda mo‘may daromad topishga harakat qiladilar. Ularning bunday harakatlari jinoiy maqsadni ko‘zlagan katta yoshdagi kimsalarga qo‘l keladi. Shu bois voyaga yetmaganlarni jinoiy ishlarga jalb qilinishlari ko‘plab uchraydigan holdir. Voyaga yetmaganlar ruhiyatidagi ishlab chiqarishda ishtirok etish va o‘qishda muvaffaqiyatlarga erishish, dam olish va hordiq chiqarish kabi ehtiyojlar bilan birga kechadi. Shuning uchun ham shaxsiy ehtiyojlarini qondirish, ya’ni zamonaviy kiyinish, dam olishda turli maishiy xizmat tarmoqlaridan foydalanish (videoteka, diskoteka, e’tiborli istirohat maskan- larida ko‘ngilxushlik qilish uchun) zarur bo‘lgan moddiy manbalarga erishish istagi kuchli bo‘ladi. Bunday vaziyatlarda voyaga yetmagan shaxslarda o‘z moddiy ehtiyojlarini qondirish uchun g‘ayriqonuniy yo‘l tanlash hissi kuchayadi va uning xulqida salbiy xislatlar rivojlanishi mumkin. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, ichkilikka ruju qo‘ygan, ko‘cha-kuyda bekor yurish holatlari qariyb uchdan ikki nafar jinoyat sodir etgan shaxslarda qayd etilgan. Aholining ushbu qatlamiga mansub shaxslarda qimor o‘ynash, ichkilikka ixlos qo‘yish, jamiyat qonun-qoidalariga mensimay qarash, o‘s- mirlarning o‘zaro dushmanlik ruhidagi guruhlarini tashkil etish kabi salbiy xislatlar shakllanadi. Ularda yaxshi xulqli o‘smirlarga nisbatan badiiy va sport bo‘yicha o‘tkaziladigan to‘garaklarga qatnashish uch-to‘rt marta kamdir. Buning asosiy sababi o‘smirda qiziqishning yo‘qligi emas, balki yoshligidan boshlab undagi qiziqish va ehtiyojlaming o‘zaro mos kel- masligidir.
Voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir etilishining asosiy sabablaridan biri, ularning tabiatida ma’naviy va huquqiy qadriyatlarni men- simaslik xususiyatlarining mavjudligi. Zero, ushbu illat shaxsni turli huquqbuzarliklar sodir etishga olib keladi. O‘zaro do‘stlik, burch, vijdon, dovyuraklik kabi insoniy xislatlar voyaga yetmagan jinoyatchilar tomonidan faqat guruh manfaatlaridan kelib chiqqan holda talqin etiladi. Hayotiy maqsadlari esa shohona yashash, vaqtinchalik rohat-farog‘at, boqimandalik kayfiyatidan iborat bo‘ladi. O‘zlarining u yoki bu ma’naviy yo huquqiy nojo‘ya xatti-harakatlarini «oqlab», hamma aybni jabrlanganlar zimmasiga yuklash orqali jazodan qutulish yoki o‘zlarini ovuntirishlari ayniqsa xavflidir. Chunki bu sarob xayollar shaxsni jazodan qutulib qolishiga ishonchini orttiradi va jinoiy faoliyatni davom ettirishlariga da’vat etadi. Jinoiy guruh manfaatlariga mos kelmaydigan har qanday to‘siqni jinoiy yoki boshqa yo‘llar bilan yo‘qotish voyaga yetmaganlar tomonidan oddiy hol deb tushuniladi. Voyaga yetmaganlarni tavsiflaganda uyat-andisha, o‘zgalar tashvishini anglamaslik, o‘zini tuta bilmaslik, qo‘pollik, yolg‘onchilik va o‘z aybini tan olmaslik kabi xislatlariga e’tibor berish lozim. Voyaga yetmagan jinoyatchilarning irodasi bo‘shligini 15-25 % holatlarda uchratish mumkin. Shuningdek, ehtirosga beriluvchanlik, odamovilik, o‘zgalar dardiga hamdard bo‘la olmaslik, tajovuzkorlik, o‘jarlik kabi xislatlar voyaga yetmagan jinoyatchilarda ko‘proq kuzatiladi. Jinoyatchilikka qarshi kurash tajribalaridan ma’lumki, hozirgi kunda ba’zi voyaga yetmaganlar ruhiyatida turli anomal holatlar ham kuzatilmoqda. Anomallik tufayli shaxs ijtimoiy-huquqiy munosabatlarni to‘g‘ri anglamaydi va natijada jamiyat uchun o‘ta xavfli vaziyatlarni keltirib chiqaradi. Hozirgi davrda ruhiyatning ma’lum darajada buzilganligi tufayli (o‘tish davrining qiyinchiliklari va boshqa sabablar) voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyatlar sodir etilishi bir muncha oshgan. Ruhiyatdagi buzilishning og‘ir ko‘rinishlarida jinoyat sodir etilishi jinoyat qonunchiligida tegishlicha muvofiqlashtirilgan. Biroq ruhiyatdagi o‘zgarishlarning yengil shakli voyaga yetmaganlarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar sodir etishida asosiy omil bo‘lib qolmoqda. Eng muhimi, shaxs ruhiyatining bu tarzda buzilishi kasallik oqibati bo‘lmay, balki hayot va turmush davomida uchraydigan salbiy holatlardan zo‘riqish yoki tarbiyaning noto‘g‘ri tashkil etilganligi bilan uzviy bog‘liqdir. Shuning uchun shaxsning shakllanishida salbiy ta’sir etuvchi omillarni e’tiborga olish lozim. Oiladagi tarbiyada nosog‘lom muhitni yuzaga keltirishga sabab bo‘luvchi ota-onalarning ruhiy betobligi, ularning ichkilikka berilishi, axloqiy buzuqligi, johilligi bolaning shakllanishiga salbiy ta’sir etadi. Ijtimoiy jihatdan shaxsning psixofiziologik va intellektual shakllanishi voyaga yetmagan o‘smirlar ichida ko‘pligi ham mutaxassislar tomonidan tahlil etilgan. Buning asosiy sabablari:
homila davrida, go‘daklik, ilk bolalik davrlarida psixofiziologik rivojlanishidagi turli xastaliklar (shu jumladan, bosh miya jarohatlanishi, umumjismoniy yoki yuqumli kasalliklar oqibatlari);
go‘daklik davridan nevropatologiya va patoxarakterologiyaga oid qusurlarning mavjudligi (baqiroqligi, yig‘loqiligi, arazgo‘yligi, tezda xafa bo‘lishi, o‘jarligi, jahldorligi, doimiy bezovtaligi, haddan tashqari harakat- chanligi, uyqu va nutqdagi kamchiliklar);
spirtli ichimliklar bilan bog‘liq turli xastaliklarning mavjudligi;
jismoniy infaktalizm (lanjlik, tez charchash, ish samarasining kamligi)ning yuzaga kelishi yoki jismoniy rivojlanishning pastligi;
Ko‘p hollarda voyaga yetmagan jinoyatchilar g‘ayriqonuniy xatti-ha- rakatlarni qilishda o‘ziga xos tajriba, ko‘nikma, odatlarga ega shaxslar bo‘ladilar. Ulardan ba’zilarigina bexosdan jinoyat qilib qolishlari mumkin. Qolganlari uchun esa:
doimiy ravishda ijtimoiy yashash qoidalariga mensimaslik bilan qarash (uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, jamoat joylarida mast holda yurish, o‘tkin- chilarga behurmat bo‘lish, jamoat mulkiga zarar yetkazish);
spirtli ichimliklar ichishda noo‘rin qoidalar va an’analarga berilish, giyohvandlik va qimorbozlik yo‘liga kirish;
daydilik qilish, uydan muntazam qochib ketish va o‘quv-tarbiya muassasalaridagi mashg‘ulotlarga bormaslik;
jinsiy aloqa bilan erta shug‘ullanish va jinsiy betartiblik;
janjalli vaziyatlarga qo‘shilish, johillik, o‘ch olish, qo‘pollik, zo‘ra- vonlik qilishga intilish;
oilada janjal chiqarish va urishish, ota-onalar va oila a’zolarini bir- biriga qarshi qilib qo‘yish;
o‘qish va intizomda ilg‘or o‘smirlarga nisbatan g‘ayirlik qilish;
ko‘zga ko‘ringan va qarovsiz qolgan mulkni o‘zlashtirish kabi salbiy xislatlar taalluqlidir.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, voyaga yetmagan jinoyatchi shaxslarning xulqiga xos bo‘lgan barcha salbiy xislatlarni ilmiy jihatdan bilish ular orasida uchraydigan jinoyatlarning oldini olishni tashkil etishda muhim amaliy ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |