“TASDIQLAYMAN”
G’allaorol tibbiyot kolleji
direktori______M. Qarshiboyeva
2022-yil “___”________
G’allaorol tibbiyot kollejida o‘tkazilgan yig‘ilish bayonnomasi
2022-yil “___”________ ______son Jizzax sh
Raislik qiluvchi: M. Qarshiboyeva - G’allaorol tibbiyot kolleji direktori
Taklif etilganlar: L.Holitova- Jizzax viloyati Fuqarolik sudi sudyasi
Sh. Omonov - Jizzax viloyati fuqarolik sudi mas'ul xodimi
G'Usanov-Ğallaorol tumani tumanlararo fuqarolik sudi ishi sudyasi
A.Norqòziyev- Ğallaorol tuman iqtisodiy ishlari bòyicha sudi sudyasi
Qatnashganlar: G’allaorol tibbiyot kolleji bo‘lim boshliqlari va mutaxassislari
KUN TARTIBI:
''Ayollar zòravonligiga qarshi kurashish va Korrupsiya''
(M. Qarshiboyeva,
Kun tartibidagi masala yuzasidan Jizzax viloyati Fuqarolik sudi sudyasi L.Holitova to‘xtalib o‘tdi. 2021 yilning 15 apreliga qadar Ombudsman nomiga xotin-qizlar tomonidan 20ga yaqin jinsiy va jismoniy zo‘ravonlik, ruhiy tazyiq o‘tkazish bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha murojaat kelib tushgan. Ularning aksariyati Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlariga to‘g‘ri keladi.Ularga nisbatan zo‘ravonlik aks etgan raqamlar aslida bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. Bunga sabab esa o‘zbek ayollarining andisha qilib ko‘p holda zo‘ravonliklarga ko‘z yumishidir», deyiladi xabarda. O‘tkazilgan so‘rovnoma natijasiga qaralsa, unda ishtirok etgan ayollarning 42 foizi o‘zi va farzandlarini boqa olmasligidan qo‘rqib zo‘ravonlikka chidasa, yana 38 foizi boshqalar tomonidan muhokama (gap-so‘z) bo‘lishdan qo‘rqib zo‘ravonlikka ko‘z yumadi.Zo‘ravonlik – tazyiq va tahqirlashlar orqali shaxs ustidan nazorat qilishdir. Ya'ni zo‘ravonlik jabrlanuvchi va uning hayoti ustidan nazorat qilishni ongli ravishda o‘rnatishdir.Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, 15 va 49 yoshidagi xotin-qizlarning 25 foizidan ko‘prog‘i hayoti davomida jismoniy yoki jinsiy zo‘ravonlikka duch kelishadi. Ushbu zo‘ravonliklarning 33 foizi Janubi-Sharqiy Osiyo hududiga to‘g‘ri kelmoqda.Bosh prokuratura bergan ma'lumotga ko‘ra, O‘zbekistonda 2020 yilda nomusga tegish holatlari 27,7 foizga oshgan.
O‘tgan uch oy mobaynida huquq-tartibot idoralariga zo‘ravonlikka uchragan ayollar tomonidan 11 mingdan ortiq murojaat bo‘lgan IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berishicha, 2021 yilning yanvar-mart oylarida zo‘ravonlik holatlari qayd etilishi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ortgan.O‘tgan uch oy davomida respublikadagi huquq-tartibot idoralariga xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik va tazyiq o‘tkazish holatlari bo‘yicha jami 11 070ta murojaat kelib tushgan.Ushbu murojaatlarning 2 772tasi 18-30 yosh oralig‘idagi, 93tasi esa voyaga yetmagan shaxslar tomonidan bo‘lgan. Sodir etilgan zo‘ravonlik holatlarining eng katta qismi - 9 973tasi oilada yuz bergan. Murojaat qilgan shaxslarning 5 209 nafari ruhiy, 3 813 nafari jismoniy, 166 nafari iqtisodiy, 44 nafari jinsiy zo‘ravonlik hamda 1 838 nafari zulm va tazyiq o‘tkazishlarga uchraganini aytishgan.Jismoniy zo‘ravonlik bilan bog‘liq murojaatlarning eng ko‘pi, Qashqadaryo (548ta), Sirdaryo (540ta) va Farg‘ona (412ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelishi to’g’risida tushunchalar berib o’tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |