Dars tahlili varaqasi 2020 yil



Download 59,26 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi59,26 Kb.
#202056
Bog'liq
Dars tahlil


DARS TAHLILI VARAQASI
«_____» _________ 2020 yil
Dars beruvchi o‘qituvchi: Kenjayev To’lqin

Ma’lumoti: Oliy, bakalavr.

Ish rejasi, konspekti va darsga kerakli jihozlar: Bor.

Sinf yoki guruhi 6-A sinf

Fan Jismoniy tarbiya jurnaldagi o‘quvchilar soni 22 shundan 21 nafari darsga qatnashdi 1 nafari yo‘q 2 nafari kech keldi.
Dars mavzusi: To’pni olib yurish mashqlari, to’xtash tеxnik usullarini bajarish.
Tashkiliy qism O’quvchilar saflanishdi,salomlashishdi, yuqlama qilindi, yangi mavzu bilan tanishtirildi, turgan joyda burilish buyruqlarini bajarishdi. Sbir qator bo’lib saflangan holatda o’quvchilar sekin yurishdi, yengil yugurishdi va URM mashqlarini bajarishdi.
Darsning borishi

1. O‘tgan mavzuni takrorlash Basketbol sport o’yini elementlarini o’rganish mavzusi bo’yicha to’pni 1 daqiqa davomida yerga urib yurish bo’yicha vazifalarni bajarib ko’rsatdi. Bunda o’g’il bolalar 10 soniya davomida 10-12 martadan, qiz bolalar 8-10 martadan bajarishdi. O’quvchilar yurgan holda o’ng va chap qo’lda mashqlarni navbatma-navbat bajarib ko’rsatdi.


2. Yangi mavzu To’pni sherigiga va qabul qilish mashqlarini o’qituvchi ko’rsatib berdi. Sinfdagi o’quvchilar 2-martadan bu mashqlarni bajarishdi. Harakatda to’pni sherigiga aniq uzatish va qabul qilish mashqlarini ham o’qituvchi ko’rsatmasi bo’yicha 2- martadan bajarishdi. O’qituvchi to’pni 8 shaklda olib yurish qoidasini ko’rsatib berdi. O’quvchilar bu mashg’ulotni 10 daqiqa davomida bajarishdi. To’pni olib yurish va to’xtash texnikasi usullarini o’qituvchining amaliy ko’rsatmasi bo’yicha o’quvchilar bajarishdi.
3. Darsda ko‘rgazmali qurol va texnika vositalaridan foydalanish O’qituvchi dars jarayonida basketbol to’plari, hushtak, fishkalar, va bayroqchalardan foydalandi.
4. Darsga tavsif (g’oyaviy - siyosiy, ilmiy - nazariy va uslubiy nuqtai nazardan, vaqt bo‘yicha to‘g’ri taqsimlanishi) O’qituvchi dars davomida faqat amaliy korsatmalarni bajardi. O’quvchilar dars mashg’ulotlarini qiziqish bilan bajardi. Dars o’qituvchi tomonidan rajalashtirilgan tartibda olib borildi.


  1. Darsning yutuqlari va kamchiliklari



Darsning yutuqlari

Darsning kamchiliklari

1

O’qituvchi vaqtni taqsimlashga ulgurdi.

Darsda ba’zi qiz bolalar to’liq sport formasida bo’lmagan holda mashg’ulotlarni bajardi.

2

Tayyorlov qismidagi URM mashqlarini o’quvchilar mustaqil bajarishdi.

Darsni olib borishda mavzuga oid nazariy ma’lumotlardan kam foydalandi.

3

Dars jarayonida o’quvchilar shovqini ortiqcha sezilmadi.

Darsni boshlashdan avval o’quvchilardan darsga tayyorgarligi va sog’ligi haqida so’ramadi.

4

O’qituvchi dars mavzusiga oid mashg’ulotlarni bajarishga o’quchilarni qiziqtira oldi




6. Fanlararo aloqadorligi, turmush, tabiat, ishlab chiqarishga bog’lashi

O’qituvchi darsda biologiya va matematika fanlariga oid atamalardan foydalandi.


5. Darsning yakuni O’quvchilar qayta saflanishdi, tiklanish, nafas rostlovchi mashqlarni bajarishdi. O’qituvchi tomonidan oquvchilarga o’tilgan dars yakuni haqida qisqacha maolumot berildi, ularni baholadi.
6. Uyga vazifa Fan o’qituvchisi o’quvchilarga uyga vazifa qilib belgilangan vaqt davomida tizzalarni ko’tarib sakrash va har kuni ertalabki gigiyenik mashqlarni bajarish topshiriqlarini berdi.
7. O‘quvchilar sport kiyimiga e’tibori har bir o’quvchi sport kiyimida dars mashg’ulotlarini bajarish kerakligini o’qituvchi dars boshlanishida aytib o’tdi.
8. Sinf yoki sport zal tozaligiga bo‘lgan munosabati o’quvchilar va sport zal tozaligiga e’tibor berdi.
9. Xulosa va takliflar O’quvchilar darsning tayyorlov qismidagi URM mashqlarini o’rtacha meyorda bajardi. O’qituvchi dars mashg’ulotlarini o’rgatishda o’zini qobiliyatini namoyon qila oldi. O’qituvchi darsni yaxshi o’tdi.O’quvchilarni darsga bo’lgan qiziqishlari juda kuchli. O’qituvchi dars davomida amaliy mashg’ulotlar bilan birga nazariy bilimlarni ham yetarli darajada berishi kerak edi. Dars boshlanishida o’quvchilarni darsga tayyorgarlik holati va sog’ligi haqida so’rash e’tibordan chetda qolmasligi kerak. O’quvchilarni to’liq sport kiyimda darsni o’lashtirishi muhim ahamiyat kasb etadi.
10. Sinf o‘quvchilari haqida fikr Sinf o’quvchilarining basketbol sport o’yiniga bo’lgan qiziqishi yuqori. O’quvchilar tartib intizomi, o’zaro hurmati va tozalikka e’tibor qilishi yuqori darajada.
Darsni kuzatuvchi: _____________ Yarbulov Bekzod

Dars beruvchi: _____________ Kenjayev To’lqin
Download 59,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish