61
1) O‘n to‘rt-o‘n olti yoshlilar;
2) O‘n olti-o‘n sakkiz yoshlilar.
Hozir biz emansipatsiya masalasini o‘rganayotgan paytda, bu bo‘linishni
yana bittaga ko‘paytirishga to‘g‘ri keladi.
Chunki mana shu ko‘paytirishsiz emansipatsiyaning haqiqiy “yuki”ni anglab
olish ancha mushkuldir. Quyidagi bo‘linish va shu bo‘linish orqali huquqiy
munosabatlarga kirishish kerakligini zarur va lozim deb o‘ylaymiz:
1. O‘n to‘rt -o‘n besh yoshli shaxslar;
2. O‘n besh-o‘n olti yoshli shaxslar;
3. O‘n olti-o‘n sakkiz yoshli shaxslar.
Ikkinchi guruh juda qisqa (bir yil) bo‘lishi bilan birga dolzarbligi
bilan
ahamiyatlidir. Shaxsning o‘n besh yoshdan boshlab
mehnat munosabatlariga
kirishishlariga ruxsat berilganligini e’tiborga olsak, yuqoridagi muammoli vaziyat
ancha oydinlashadi.
Voyaga yetmagan shaxs belgilangan tartibda mehnat shartnomasi bo‘yicha
ishlayotgan bo‘lsa yoki ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining
roziligiga ko‘ra tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa u sud tartibida
to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi mumkin. Fuqarolik kodeksining 28-
moddasida emansipatsiya holatiga ko‘ra, shaxs o‘n olti yoshga to‘lgan bo‘lishi
lozim. Agar bu qoidani, ya’ni yosh senzini o‘n olti yoshdan kamaytirmasak,
muayyan bir shaxsning ko‘pi bilan bir yil davomida muomalaga to‘la
layoqatsiz
bo‘lgani holda mehnat munosabatlariga kirishib yurishini kuzatishimiz mumkin.
Shu ikkita huquq (mehnat huquqi va fuqarolik huquqi) sohasidagi bir-biri bilan
bog‘liq holatlarni tartibga soluvchi normalarning nomutanosibligi bir qancha
qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Ya’ni, shaxsning o‘z ish faoliyati davomida
voyaga yetganlik senzi bilan bog‘lik bo‘lgan barcha imtiyozlardan foydalanish
imkoniyatlarini cheklaydi. Ayni paytda qanday qonun bo‘lishidan qat’i nazar,
qonunlar
voyaga yetmaganlarni, shaxs sifatida, individ sifatida kamol topishi,
shakllanishi, o‘z tabiiy-insoniy, moddiy-ma’naviy ehtiyojlarini qanoatlantirish
62
uchun keng huquq va imkoniyatlar beradi hamda ularning
amalga oshirilishini
kafolatlaydi.
Davlat va fuqaro o‘rtasidagi bog‘liqlik va aloqadorlikni tartibga solib
turuvchi “qonun” deb atalmish mexanizm har tomonlama adolat tamoyillariga mos
kelishi uchun ushbu risola orqali ko‘tarilgan masalaga, ya’ni emansipatsiya
institutiga yuqorida aytilgan gaplarni inobatga olib, shunday qoidani norma sifatida
kiritib ko‘yish kerak:
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 28-moddasidagi o‘n olti
yoshni, ya’ni emansipatsiya qo‘llash yoshini o‘n
besh yosh qilib belgilansa, juda
o‘rinli bo‘ladi. Ammo shunda ham bir narsani istisno qilish kerak. Bu istisno
shundan iboratki, nikoh munosabati bilan bog‘liq ishlar uchun bu qoida mustasno
bo‘lishi shart. Demoqchimizki, nikohlanuvchilarga bu holat faqat o‘n olti yoshdan
keyingina berilishi lozim. Har bir bola jamiyatning to‘laqonli a’zosi va demak u
o‘z huquqi va qonuniy manfaatlarini o‘zi himoya qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda dunyoning rivojlangan mamlakatlari, xususan, Gʻarbiy
Yevropa, qolaversa, AQSHda o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan
bolalarning jamiyatda
shaxs sifatida yetukligi, ya’ni kamol topish jarayoni nihoyatda tezlashayotganligini
kuzatish mumkin. Bu holat esa bolani, uning ma’naviy va ruhiy dunyosi qanday
bo‘lishidan qag‘i nazar, mustaqil harakat qilishga undaydi. Bu bir so‘z bilan
ma’naviy dunyoda individualizm
40
xususiyatlarining namoyon bo‘lishi bilan
ifodalanadi . Bu ma’lum ma’noda xudbinlik bo‘lib tuyulsa-da, uning o‘ziga xos
ijobiy va salbiy tomonlari bor.
Salbiy tomonlari:
- qadimdan boshlab oilaviy-axloqiy munosabatlarda doimiy ravishda bahsga
sabab bo‘lib kelgan ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi axloqiy ziddiyatlar
chuqurlashadi;
- bolalarning kattalar (asosan, ota-onalar) ta’siridan birdan chiqishlari va
mustaqil hayotga qadam qo‘yishlari aksariyat hollarda mudhish oqibatlarni keltirib
40
Do'stlaringiz bilan baham: