Voyaga yetganlik va voyaga yetmaganlarni emansipatsiya qilish nazariya va amaliyot muammolari


“...hamda belgilangan majburiyatlarni olish”



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/29
Sana18.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#867848
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
Bog'liq
Fuqarolik huquqida emansipatsiya

“...hamda belgilangan majburiyatlarni olish”
so‘zlarini kiritish; 
2) Ushbu modda ikkinchi qismi (Voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda 
nikohdan o‘tgan fuqaro nikohdan o‘tgan vaqtdan e’tiboran to‘la hajmda muomala 
layoqatiga ega bo‘ladi) so‘zlaridan so‘ng 
“O‘n olti yoshga to‘lgan voyaga 
yetmaganlarga faqat emansipasiya holati qo‘llanilganidan so‘nggina qonuniy 
asosda nikohdan o‘tishlariga ruxsat etiladi”
deb kiritish lozim. 
22-moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlari o‘rniga 
“Agar shaxslar 
o‘zlariga nisbatan emansipatsiya holati qo‘llanilgandan so‘ng nikohga 
kirishsalar va o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan turib nikohlari bekor qilinsa 
yoxud haqiqiy emas deb topilganda ham ularning to‘la muomalaga layoqatli 


58 
ekanligi saqlanib qoladi”
degan jumla kiritilsa fikrimizcha maqsadga muvofiq 
bo‘ladi. 
O‘n sakkiz yoshga to‘lgan, voyaga yetgan shaxslarning to‘liq muomalaga 
layoqatli ekanliklari qonuniy tarzda belgilab qo‘yilgan (O‘zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik Kodeksining 22-moddasi). O‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar shaxslarni 
voyaga yetganlik darajasiga qarab uch guruhga bo‘lish mumkin: 
1. O’n to‘rt yoshgacha bo‘lganlarning muomala layoqati; 
2. O‘n to‘rt yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lganlarning muomala layoqati; 
3. O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lganlarning muomala layoqati. 
Endi esa mazkur bo‘linishning har birini alohida tahlil qilib chiqamiz. 
Mazkur tahlil davomida ularni, ya’ni voyaga yetmaganlarning qanday huquq va 
erkinliklarga ega ekanliklari haqida to‘liq ma’lumot olish mumkin. Shuningdek 
voyaga yetmaganlarning huquqlari va majburiyatlarini o‘rganib chiqish barobarida 
emansipatsiya institutining naqadar zarur ekanligi va ahamiyatliligiga yana bir bor 
guvohi bo‘lamiz. 
Un to‘rt yoshgacha bo‘lgan shaxslar fuqarolik qonunchiligida to‘la ravishda 
muomalaga layoqatsiz hisoblanadilar. Ular nomidan bitimlarni, umuman, yuridik 
ahamiyatga molik bo‘lgan barcha harakatlarni ota-onalari, farzandlikka oluvchilari 
(o‘gay ota-onalar) yoki ular uchun tayinlangan vasiylari amalga oshirishlari 
mumkin. Vasiylar asosan muomalaga layoqatsiz shaxslarga nisbatan tayinlanib, 
ularning huquq va manfaatlarini himoya qiladilar, ba’zan esa alohida hollarda 
tarbiyalash uchun ham belgilanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 32-moddasi hamda 
“O‘zbekiston Respublikasining 02.01.2014yilda qabul qilingan O‘RQ-364-sonli 
Vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi qonuni
39
”ga asosan vasiylar o‘z himoyasidagi 
shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini har qanday shaxslar bilan 
39
O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 2-yanvardagi O‘RQ-364-sonli “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi 
qonuni. O‘zbekiston Republikasi Qonuni hujjatlari milliy bazasi rasmiy veb-sayti – www.lex.uz. 


59 
bo‘ladigan munosabatlarda, shuningdek sudlarda ham maxsus vakolatlarsiz 
himoya qilish huquqlariga egadirlar. Ko‘pgina adabiyotlarda o‘n to‘rt yoshgacha 
bo‘lgan shaxslar (yosh bolalar)ning birovga yetkazgan zararlari yoxud
sodir etgan qilmishlari uchun o‘zlari emas, ota-onalari farzandlikka oluvchilari va 
vasiylari javobgar ekanligi aytiladi. Lekin Jinoyat kodeksida javobgarlikning 
minimal chegarasi o‘n uch yosh qilib belgilangan (O‘zbekiston Respublikasi 
Jinoyat Kodeksining 97-modda, 2-qismi, ya’ni javobgarlikni og‘irlashtiradigan 
holatlarda qasddan odam o‘ldirish). Shularni inobatga olib, quyidagicha 
qo‘shimcha kiritish lozim: 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish