Individualizm
- muayyan masala yuzasidan shaxsning mustaqil fikrga ega bo’lishi, atrofdagi shaxslarning
ma’naviy-ruhiy ta’siri ostida bo’lmaslikka intilishi, o’z manfaatini boshqalar manfaatidan ustun qo’yshi.
63
chiqarishi mumkin. Chunki bolaning kamol topishida oilaning o‘rni nihoyatda
beqiyos hisoblanadi. “... insonni inson qiladigan ham, mayib-majruh, baxtiqaro
qiladigan ham oiladir”
41
.
Ijobiy tomonlari:
bolalar o‘z huquqlari va burchlarini kattalar bilan bab-baravar amalga
oshirishlari mumkin;
kattalar, ayniqsa, ota-onalarning bolalar oldidagi huquq, burch va
majburiyatlarini suiiste’mol qilishlariga yo‘l qo‘yilmaydi;
mehnat bilan bog‘liq munosabatlarda ish beruvchilar va bolalar o‘rtasida
tuziladigan mehnat shartnomalari hech qanday tazyiq yoki “ko‘rsatma”siz tuziladi.
Bolalar va ularning huquqlari bo‘yicha Yevropa davlatlari sud amaliyotiga
murojaat qiladigan bo‘lsak, ularda bolalarning o‘z huquqlarini himoya qilib sudga
murojaat etishlari sezilarli darajada oshayotganligini ko‘rishimiz mumkin.
Germaniyada aholining har uchtasidan bittasi sudga o‘z huquqlari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilishni so‘rab murojaat qilgan. Bu bilan barcha fuqarolar o‘z
muammolarini sudlashib hal qilishi kerak demoqchi emasmiz. Aytmoqchimizki,
ularda aholining sudga murojaat qilish huquqlarini qanchalik darajada tushunib
yetganliklaridir. Mana shu uchdan bir aholining ancha qismini voyaga yetmagan
bolalar tashkil qiladi. Bu esa kattalarni bolalarning voyaga yetmaganligi va shu
sababli ba’zi huquqlarga ega emasliklaridan foydalanib, ularga nisbatan har xil
tazyiqlarni o‘tkazmoqdalar, degan xulosani beradi. Bu xulosa, albatta, noto‘g‘ri.
Chunki bu bolalarning o‘z huquqlarini o‘zlari mustaqil himoya qilishga harakat
qilishlarining bir ko‘rinishidir.
Angliyada
esa
keyingi
yillarda
ota-ona
va
bolalar
o‘rtasidagi
kelishmovchiliklar, ya’ni o‘zlariga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘lgan ota-
onalarni sudga bergan bolalar soni ancha ko‘paygan. Lekin Gʻarb bilan Sharq
mentaliteti bola tarbiyasi bilan bog‘liq holatlarda bir-birini istisno qiluvchi
41
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 02-sentabrdagi O‘RQ-562-sonli “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng
huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni. O‘zbekiston Republikasi Qonuni hujjatlari milliy bazasi
rasmiy veb-sayti – www.lex.uz.
64
mezonlarga egadir. Ya’ni, Sharqda bolalarga nisbatan ularning huquqlari va
manfaatlarini poymol qilish nisbatan kam uchraydi. Bu Sharq xalqlarining, shu
jumladan, o‘zbek xalqi azaldan bolajon xalq bo‘lganligi bilan izohlanadi. Biroq
barcha hollarda ham bola o‘z huquqini himoya kilishi uchun, shu huquqlar
himoyasi bilan shug‘ullanadigan organlarga murojaat qilishlarida hech qandan
senz va hech qanday cheklov bo‘lmasligi kerak .
Bugungi kunda yuz berayotgan siyosiy-huquqiy o‘zgarishlar natijasi o‘laroq
xar bir huquqiy tizimda shu tizimni mumkin qadar mukammallashtirishta xizmat
qiladigan yuridik harakatlarni bajarish kerakligi yaqqol namoyon bo‘lib qolmoqda.
Shuningdek, fuqarolik huquqidagi emansipatsiya masalasiga keng ko‘lamda e’tibor
berilishi shartligini quyidagicha ta’riflashimiz mumkin:
1. O‘sib kelayotgan kelajak avlodni haqiqiy (real) hayotga ertaroq
tayyorlaydi;
2. Shaxsning huquq va majburiyatlariga bo‘lgan munosabatini ijobiy
tomonga o‘zgartiradi hamda ularning (voyaga yetmaganlarning) davlat va jamiyat
oldidagi mas’uliyatlarining his qilish darajasini oshiradi;
3. Favqulodda holatlarning ro‘y berishi natijasida tuzilishi kerak bo‘lgan
nikoh munosabatlariga kirishishda har qanday yuridik to‘sqinliklar yuzaga
kelishining oldini oladi.
3 “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiya va boshqa bir qator xalqaro
hujjatlarda yosh bolalar, qolaversa o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarning ham
huquqlari himoya qilinadi. Ushbu Konvensiya dunyoning barcha mintaqalaridagi
xalqlar uchun teng ahamiyatga ega bo‘lib, asosiy maqsadi bolalar manfaatini
mumkin qadar himoya qilishdan iborat. Konvensiya muqaddima, 3 qism, 54
moddadan iborat. Konvensiyaga asosan agar milliy qonunlarda balog‘at yoshi
birmuncha erta belgilangan bo‘lmasa, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan har qanday
shaxs bola hisoblanadi.
Mazkur hujjatlar bevosita milliy qonunchilikda o‘z aksini topadi. Agar
milliy qonunchilikdagi normalar belgilangan sohasini huquqiy tartibga sola
65
olmasa, bilamizki, xalqaro normalar qo‘llaniladi. Shuning uchun xalqaro huquq
normalarini mumkin qadar milliy qonunchilikka singdirish zarur. Bunday ehtiyoj
ayniqsa, bolalar va o‘smirlar qonunchiligida yaqqol sezilmoqda. Bu jarayon
bevosita xalqaro normalarning milliy qonunchilikka jalb etish bilan bog‘liqdir.
66
Do'stlaringiz bilan baham: |