V=k[A]a [B]


Kimyoviy reaksiyalarning tartibi va ularni aniqlash. Reaksiyalarning molekulyarligi



Download 0,96 Mb.
bet35/41
Sana29.06.2022
Hajmi0,96 Mb.
#717772
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41
Bog'liq
V=k[A]a [B]

1.1. Kimyoviy reaksiyalarning tartibi va ularni aniqlash. Reaksiyalarning molekulyarligi
Reaksiya tartibi nima? Reaksiyaning xususiy va umumiy tartibi. Reaksiyaning umumiy tartibi qanday qiymatlarga ega bo‘ladi? Reaksiya tartibi qanday omillarga bog‘liq, misollar keltiring. Psevdo birinchi tartibli reaksiyalar, misollar keltiring. Reaksiyaning molekulyarligi nima va u qanday qiymatlarga ega bo‘ladi? Kimyoviy reaksiyalarning tartibi va molekulyarligi orasidagi farqlar.
Murakkab reaksiya:
2KMnO4 +5KNO2+3H2SO4
2MnSO4 + K2SO4 +5KNO3 +3H2O
Va shunga o‘xshashlar uchun molekulyarlik tushunchasini qo‘llab bo‘ladimi?
Reaksiya tartibini aniqlash usullari:
a) differensial usullar:
1) boshlang‘ich tezlik usuli, uning mohiyati va ko‘rinishlari:
2) Vant-Goff usuli, mohiyati, grafik ko‘rinishi.
Tartibni aniqlashning bu usullari nimalarga asoslangan?
b) integral usullar:
1) o‘rniga qo‘yish usuli, uning mohiyati:
2) grafik usuli, uning mohiyati:
3) Ostvalt –Noyyes usuli, uni mohiyati va ko‘rinishlari.
O‘rniga qo‘yish usuli bilan reaksiya tartibi aniqlanganda bir vaqtda yana qanday kinetik parametrlarni hisoblash mumkin. Reaksiyaning yarim o‘zgarish davri nima va u 1-, 2-, 3- tartibli reaksiyalar uchun tasirlashuvchi moddalar boshlang‘ich konsentratsiyasiga qanday bog‘liq bo‘ladi? Bu omillar qanday turdagi reaksiyalar uchun o‘zgarmas hisoblanadi?
Keltirilgan usullardan qaysilari xususiy tartibni, qaysilari esa umumiy tartibni aniqlashda qo‘llaniladi. Usullardan biri bilan umumiy tartib aniqlansa, shu usul bilan xususiy tartibni aniqlab bo‘ladimi, aniqlasa, qaysi usul bilan?
Kimyoviy reaksiyalarning mexnizmini aniqlashda reaksiya tartibini topishning qanday amaliy ahamiyati bor? Misollar keltiring.


1.2. Tezlik doimiysi va uni aniqlash usullari
Tezlik doimiysi va uning fizik manosi: u kimyoviy reaksiyaning tezligiga qanday omil tasirini ifodalaydi. Tezlik doimiysining o‘lchami va u nimaga bog‘liq? Tezlik doimiysining qiymati nimaga bog‘liq va nimaga bog‘liq emas? 0-, 1-, 2- va 3-tartibli reaksiyalar tezlik doimiysining tasirlashuvchi moddalar boshlang‘ich konsentratsiyasiga va vaqtga bog‘liqligi. Tezlik doimiysi bilan reaksiyaning faollanish energiyasini o‘zaro bog‘liqligi, Arrenius tenglamasi.
Kimyoviy reaksiya eritmada olib borilganda tezlik doimiysining muhit ion kuchiga bog‘liqligi (Brensted-Byerrum tenglamasi). Erituvchi dielektrik xususiyatining ikkita qutbli molekulalar orasidagi reaksiya tezligiga tasiri (Kirk- vud-Onzager tenglamasi). Har xil faollanish energiyasiga ega bo‘lgan parallel reaksiyalar tezlik doimiysining harorat tasirida o‘zgarishi.
Kimyoviy reaksiyalar tezlik doimiysini hisoblash usullari:
a) o‘rniga qo‘yish usuli (1-, 2-, 3-tartibli reaksiyalarning tezlik doimiysini hisoblash tenglamalari), uning mohiyati:
b) grafik usul, uning mohiyati, grafik ko‘rinishi:
v) boshlang‘ich tezlik usuli, uning mohiyati.
Yuqorida keltirilgan usullarda reaksiyaning tezlik doimiysini hisoblashda qanday kattaliklar zarur (umumiy holatni ifodalang).
T1 haroratda reaksiyaning faollanish energiyasi va tezlik doimiysi malum bo‘lsa, T2 haroratda reaksiyaning tezlik doimiysini hisoblash.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish