Metilen ko’ki bilan boradigan reaksiya
Askorbin kislotasi yorug`likda metilen ko’kini qaytarib, rangsiz birikmaga aylantiradi.
Reaktivlar: a) karam yoki kartoshkaning sharbati, b) 0,01 % li metilen ko’ki, v) 5% li natriy karbonat.
Ishning bajarilishi: 1 ml yangi ajratilgan karam yoki kartoshka sharbatiga 1-2 tomchi metilen ko’ki eritmasidan solinadi va ustiga 2-3 tomchi natiriy karbonatdan qo’shiladi. Probirka yengil qaynatiladi va natijada ko’k rangning yo’qolishi kuzatiladi.
Qizil qon tuzi bilan boradigan reaksiya
Askorbin kislotasi oksidlanib, qizil qon tuzini K3Fe(CN)6 sariq qon tuzigacha K4Fe(CN)6 qaytaradi. Bunda 3 valentli temir ionlari ishtirokida kislotali muhitda berlin lazuri Fe4 (Fe(CN)6)3 hosil bo’ladi.
Reaktivlar: a) karom yoki kartoshkaning sharbati, b) qizil qon tuzining 5% li eritmasi, v) kaliy ishqorining 5% li eritmasi, g) 10% xlorid kislota, d) 1% li temir xlorid.
Ishning bajarilishi: 1 ml karom yoki kartoshka sharbatiga 2 tomchi kaliy ishqori eritmasidan va shuncha miqdorda qizil qon tuzidan solinadi. Probirka yaxshilab chayqatiladi. Keyin 6-8 tomchi 10% li xlorid kislotasidan va 1-2 tomchi temir xlorid solinadi. Natijada berlin lazerining ko’k yoki yashil-ko’k rangli cho’kmasi hosil bo’ladi.
Vitamin B2 (riboflavin) ga xos sifat reaksiyalari
Vitamin B2 organizmda ketadigan oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etuvchi hisoblanadi. U vodorod uzatilish jarayonida ishtirok etadigan oksidlanish-qaytarilish fermentlarining aktiv guruhlari tarkibiga kiradi. Shu bilan birga oqsil moddalarining almashinishi bilan mahkam bog`langan.
Riboflavin ninasimon kristall bo’lib, qizg`ish-sariq rangli bo’ladi. Suvda, etil spirtida piridinda, siklogeksanda yomon eriydi xloroformda, atsetonda, benzolda umuman erimaydi. Riboflavin yuqori haroratga chidamli.
Vitamin B2 molekulasining asosi dimetilizoalloksazanni ribitol spirtining qoldig`i bilan bog`lanishidan hosil bo’lgan. Shuning uchun riboflavinni 6,7-dimetil- 9-(1-d-ribitol)-izoalloksazan deb atash mumkin.
Riboflavin o’simlik va hayvon maxsulotlarida bo’ladi. Bu vitaminga odam organizmining ehtiyoji energiya sarfiga va ovqat tarkibidagi oqsilning miqdoriga bog`liq. Riboflavinga bo’lgan sutkalik ehtiyoj katta odamlarda 2,5-3,5 mg ni tashkil etadi. Bu ko’rsatkich mehnatning turiga va organizmning fiziologik holatiga qarab belgilanadi. Yosh bolalarning ehtiyoji 3,0 mg ni, o’smirlar uchun esa (16-22 yoshgacha) 3,5 ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |