Вирус касалликлари одамзод пайдо бўлган вақтдан бери мавжуд. Вирусология жуда ёш фан бўлиб унинг тарихининг бошланганига 100 йилдан ошди холос. Бу фан ўзига хос ривожланиш тарихига эга, чунки вирусларнинг очилишидан анча илгари улар қўзғатадиган касалликлар ўрганилабошлаган. Улар кўпгина тарихий материалларда ўз аксини топган. Жумладан, Эдуард Дженнер-нинг(1749-1823) Чечак ва Луи Пастернинг (1872-1895 йй.) қутириш касаллиги бўйича қилган ишлари бунинг яққол исботидир.
Авваллари вирус (virus лотинча сўз бўлиб – заҳар деган маънони англатади) “юқумли касалликлар заҳари” ёки “чечакка ўхшаш касаллик қўзғатувчи заҳар” деган маънони билдирган. Дастлаб, 1798 йилда Эдвард Дженнер томонидан тасвирлаб берилган.
Viruslar guruhining borligini isboti 1892-yili o‘simliklar fiziologiyasi mutaxassisi D.I.Ivanovskiy (1864-1920 yy.) tomonidan tamakining “mozaika” kasalligini o‘rganish jarayonida topildi.
1886-yilda Gollandiyalik nemis olimi Mayer mozaika kasalligi bilan kasallangan o‘simlikdan ajratilgan shirani boshqa o‘simlikga inokulyasiya qilinganda u o‘simlikda ham xuddi shunga o‘xshash kasallikni namoyon bo‘lishini kuzatib bu kasallikni mikroorganizmlar yuzaga keltiradi degan fikr bildiradi.
XIX asrdatamakini bu kasalligidan Rossiya va boshqa mamlakatlarda qishloq xo‘jaligida katta zarar ko‘riladi. Shu sababli Ukrainaga bir guruh olimlar yuboriladi. Bular qatoriga Peterburg universitetining talabasi D.I.Ivanovskiy ham kiradi.
D.I.Ivanovskiy va V.V.Polovsevlar tamakini mozaikali kasalligi ikki xil kasallikdan – “ryabuxa” (zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan) va kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan kasalliklardan iborat ekanligini aniqlashadi.
D.I.Ivnovskiy bu ishlarini akademik A.S.Faminitsin rahbarligida Nikitnskiy nomli botanika bog’ida olib boradi. Mozaika simptomli tamaki o‘simligi shirasini eng mayda bakteriyalarni ham ushlab qoladigan Shamberlen filtridan o‘tkazib, filtratni tamaki bargiga yuqtiradi va uning bargida mozaika kasalligini qo‘zg‘atadi.
Ammo bu shirani ozuqa muhitiga ekilganda natija bermadi (bakteriyalar kabi o‘smadi). Demak, deb xulosa qiladi D.I.Ivanovskiy, kasallikni qo‘zg‘atuvchisi odatdan tashqari tabiatga ega va u bakterial filtrdan o‘tadigan, sun’iy ozuqa muhitida o‘smaydigan xususiyatga ega ekan, deb xulosa qiladi. Bu shirani 60o-70o C qizitilsa u o‘z yuqumliligini yo‘qotishini aniqlanadi (oxirgi yillarda olingan natijalar bo‘yicha tamaki mozaikasi virusini harorat ta’sirida yuqumliligini yo‘qotishi shtammlariga qarab 90-96oC ni, ba’zi shtammlariniki esa 80-82o C ni tashkil qilishi aniqlangan), bu xususiyat mozaika kasalligidan ajratilgan shirani tirik tabiatliligini isbotlaydi.
D.I. Ivanovskiy mozaika kasalligini qo‘zg’atuvchisini filtrlanuvchi bakteriya deb ataydi va uning qilgan ishlari 1888-yili tayyorlagan dissertatsiyasiga asos bo‘ladi. Olingan natijalarini 1892-yili “Tamakini ikki kasalligi haqida” degan kitobida chop etadi.
Viruslarni ochilishiga golland olimi Beyerinkni (1851-1931 yy.) ham qo‘shgan katta hissasi bor (ba’zi chet el mamlakatlarida uni virusologiyani asoschisi deb ham atashadi).
U ham tamaki mozaikasi kasalligi ustida ishlar olib boradi, D.I. Ivanovskiy tajribalarini qaytarib tekshirib ko‘radi va 1898-yili u ham o‘z ishlarini chop etadi. M. Beyerink filtrdan o‘tkazilgan mozaika simptomiga ega bo‘lgan o‘simlik shirasini agar-agar (geli) ustiga quyadi va ma’lum vaqt inkubatsiya qiladi, natijada agar-agar ustida bakteriya koloniyalari o‘sib chiqadi. Ularni agar-agar yuzasidan olib tashlaydi, ichki qavatini esa o‘simliklarni kasallantirish uchun ishlatadi. O‘simliklarda kasallik alomatlari hosil bo‘ladi.
Beyerink bu ishlaridan quyidagicha xulosa qiladi, ya’ni kasallikni sababchisi bakteriya emas, balki “qandaydir suyuq substansiya” bo‘lib, u agar-agar ichiga kiraolish xususiyatiga ega va uni Beyerink “contagium vivum fluidum (yuqadigan suyuq substansiiya) deb ataydi.
U o‘z ishlarini D.I. Ivanovskiyni ishlari bilan taqqoslab mozaika kasalligini qo‘zg‘atuvchi substansiya nobakterial tabiatga ega ekanligini aytib o‘tadi. Viruslarni ochilishidagi birinchilik Ivanovskiyga taalluqligini tan olindi.
Вирусологияда Д.И. Ивановский, Бейеринк, Леффлер, Фрош каби олимларнинг олиб борган тадқиқотлари ва уларнинг аҳамияти.
Вирусларнинг табиати ҳақида умумий тушунча.
Ўсимликларда учрайдиган вируслар ва уларнинг ўзига хос хусусиятлари.
Бактерия вируслари.
Вируслар - юқумли касалликларнинг қўзғатувчилари ҳақида маълумотберинг.
Вирусларларнинг қишлоқ хўжалиги ва бошқа соҳалардаги аҳамияти.
Вирусологияда қўлланиладиган тадқиқот усуллари.
Вирусларни ўрганиш усуллари (вирусларни юқтириш, физик ва кимёвий хусусиятлари).
Вирусларнинг тоза препаратларини олиш усуллари.
Вирусларни кўпайтириш ва ажратиш усуллари.
Hamma aniqlangan viruslar – hujayra ichidagi obligat parazitlar bo‘lganligi sababli, ularni o‘stirish yoki ko‘paytirish xo‘jayin organizmda yoki hujayra kulturalarida amalga oshiriladi. Ko‘pincha esa virusning to‘planishi hujayra degradatsiyasini yuzaga keltirmaydi.
Shu sababli, ko‘pchilik holatlarda viruslarni tozalash uchun infitsirlangan hujayralarni, parchalash zarur bo‘ladi. Virusning to‘liq ajralishini ta’minlash uchun, virusni infeksiya davomida hujayralar ko‘pgina qismi lizirlashni talab etadi. Hujayralar ko‘pincha turli mexanik usullar yordamida parchalanadi (gomogenizatsiya, ultratovush bilan ishlov berish, kvartsli kukun bilan ishqalash, zararlangan hujayralarni pres bilan ezish v.h.). Bunda hujayralar dezintegratsiyasi yuzaga keladi, biroq virusli zarrachalar parchalanmaydi. Ba’zida bunday maqsadda kimyoviy usullardan ham foydalaniladi (zararlangan hujayralarni xloroform, lizotsim va boshqalar bilan ishlov berish).