51. Viruslar
klassifikatsiyasivanomeklaturasitariViruslarni klassifikatsiya qilish masalasi hozirgacha to’liq o’rganilmagan. Viruslarni klassifikatsiya qilish ular birinchi aniqlangan davridan boshlangan: dastlab qanday organizmning zararlanishiga ko’ra (odam, o’simliklar, hayvon, hasharot, faglar) keyinchalik qanday to’qimalarni zararlashiga ko’ra (dermatrop, pnevmotrop) viruslar borligi aniqlangan.
1966-yili Moskvada bо‘lib о‘tgan IX Xalqaro mikrobiologlar kongressida viruslarning yangi klassifikatsiyasi qabul qilingan. Ushbu klassifikatsiya viruslar morfologiyasiga tarkibida DNK va PHK borligiga asoslanib tuzilgan.
1966 yili Moskvada bo’lib o’tgan XI Halqaro mikrobiologlar кongressida viruslarning yangi klassifikatsiyasi qabul qilingan: tarkibida DNK va PHK bo’lgan viruslar va ularning anatomiyasi—simmetriyasining shakli kubsimon, spiralsimon va kampsomerlarning soni va diametri, tashqi qobigining borligiga asoslangan. Hozirgacha 300 ga yaqin virus aniqlanib, ular 5 ta sinf, 8 tur, 21 oilaga birlashtirilgan. Har bir oila avlodlardan tashkil topgan bo’lib, avlodlar turlarga bo’linadi va turlar lotin tilida binominal yoziladi. Barcha hayvonlarda kasallik qo’zg’atuvchi viruslar ikki sinfga bo’lingan:
1. Ivanovskiy sinfi tarkibiga PHK bo’lgan viruslar kiradi: pikophaviruslar — oqsil, poliomielit, Teshin kasalliklarini qo’zgatadi, miksoviruslar — qo’turish, gripp, qizamiq, qoramollar, itlar, parrandalarda o’lat kasalliklarini qo’zgatadi; arboviruslar - bir tuyoqli hayvonlarda Afrika o’lati, bug’ularda epizootik gemorragiya kasalliklarini; reoviruslar — yomon shish va leykoz kasalliklarini qo’zgatadi.
2. Jenner sinfi tarkibiga DNK bo’lgan viruslar kiradi: poqsviruslar — odam, hayvon va parranda chechagini, fibroma va miksoma shishlarini qo’zgatadi, adenoviruslar — odamda, hayvonlarda, parrandalarda nafas yo’llarining qon’yuktivit kasalligini qo’zg’aydi.
Klassifikatsiyalanmagan viruslarga yuqumli gepatit virusi va boshqalar kiradi.
O’simliklarning virusli kasalliklarini tashqi belgilariga qarab ikki katta gruppaga – mozayka va sariqkasalligiga bo’lish mumkin. Mozayka kasalligida barglar (kamdan-kam boshqa organlar) mozaykasi ko’zatiladi; bunda barg plastinkasining bir qismi tiniq yashil rangini saqlaydi, boshqa qismi och yashil yoki sariq rangga kiradi. Bunda barg olachipor, mozaykali bo’lib ko’rinadi.
Barg plastinkasining butunlay sarg’ayib ketishi bilan sariq kasalligi mozaykadan farq qiladi: mozayka rangi bo’lmaydi, bunda o’simliklarning shakli juda o’zgarib, past bo’yli, nihoyatda serqancha , gullari qing’ir-qiyshiq bo’lib qoladi, gulning bir qismi bo’tunlay rivojlanmay qoladi, boshqa qismi esa normal rivojlanadi, tojbarglari ko’pincha ko’karib ketadi, ba’zan gul o’phida novda yoki reduktsiyalangan barglar yoki yashil gul markazida haqiqiy barg halqasi hosil bo’ladi.
Hozirgi kunda 1000 ortiq viruslar kashf qilingan. Ulardan yarmi odamlar uchun patogen hisoblanadi. Ular 19 oilaga kiritilgan 13 tasi RNK saqlovchi va 6 tasi DNK saqlovchi viruslar hisoblanadi.
Viruslarni xozirgi kunda kasallik keltirib chiqarishiga qarab 7 gruppaga bo‘lish mumkin.
1.O‘RVI – (ORVI) bu viruslarga 130 dan ortiq kasallik keltirib chiqaruvchi viruslar kiradi asosan-gripp, gripp, paragrupp, adeno, rino, RS, reovirus
2. Neyrotrop viruslar – qutirish, polimiyelit.
3. Oshqozon ichaklarda kasallik keltirib chiqaruvchi - poliomiyelit, EXO, koksaki, gepatit A.
4. Terida kasallik keltirib chiqaruvchi – gerpеs, suv chechak va chechak viruslari.
5. Gepatatrop- gepatit A, V, S, D,YE,G‘ va bosh.
Immunotrop viruslar- OITV (VICH).
7. Onkogen viruslar- retroviruslar va bosh viruslar.
Do'stlaringiz bilan baham: |