ORTOMIKSOVIRUSLАR
•Ortomiksoviruslarga odam, hayvon va qushlarda gripp kasalligini chaqiruvchi viruslar kiradi.
•«Miksovirus» lotincha «myxomotosus» soʼzidan olingan boʼlib, bu viruslarning shilliq qavatlariga moslashganliklarini bildiradi.
•Gripp virusi oval yoki yumaloq shaklda
•diametri 80-100 nm ga teng.
•Genomida bir iplik RNK tutadi
•nukleokapsidi bor va u spiral shakldagi ega
•tashqi tomonidan lipid-uglevod-protein qobigʼi bilan qoplangan
•Virusning oqsili bir-biridan farq qiluvchi yettita polipeptiddan iborat.
•Ulardan 4 tasi nukleokapsid bilan bogʼlangan.
•3 tasi tashqi qobiq bilan bogʼlangan.
•Virusning qobigʼi tarkibiga gemagglyutinin va neyraminidaza kiradi.
•Virus RNK - polimeraza fermentiga ham ega.
•Virus tarkibidagi lipid va uglevodlar (23%, 12-16% mos xolda) oqsil bilan bogʼlangan holda boʼladi, ularning sintezi va spetsifikligi genom hujayrasiga bogʼliq
•Gripp virusi 3 ta tipga boʼlinadi: А, B, C.
•Ular 2 ta antigen tutadi: S nukleokapid bilan bogʼlangan va B gemagglyutinindan iborat antigen.
•Gripp virusi 20dan ortiq hayvonlarning eritrotsitlarini agglyutinatsiya qiladi.
• Gemmagglyutinin va neyraminidaza bir xilda emas.
•Odamlarda gripp chaqiradigan viruslarda gemagtlyutininlarning 4 ta podtiplari (NO, N1,N2,NZ) va neyraminidazaning 2 ta podtipi (N1, N2) aniqlangan
•aniqlanishicha immunitetning hosil boʼlishida gemagtlyutininlar va neyraminidazalar rol oʼynaydi.
•Gripp viruslari odam eritrotsitlarining izoantigenlari bilan bir xil boʼlgan antigenlarga ham ega, shuning uchun ham ayrim odamlarda shu viruslarga qarshi antitela ishlab chikarilmaydi.
Chidamliligi
•uy haroratida bir necha soatdan soʼng aktivligini yoʼqotadi
•65°C da 5-10 minutda halok boʼladi.
•Quritishga sezgir,
•ishqorli va kislotali sharoitda tez halok boʼladi,
•efirga chidamsiz,
•dizinfektsiya qiluvchi eritmalarga ham
•ulьtrabinafsha nurlari va ulьtratovushga ham chidamsiz.
•Glitseringa chidamli, yaʼni 3 oygacha aktivligini yoʼqotmaydi.
patogenezi.
•Kasallikning manbai kasal odam
•Gripp viruslari odam aksirganda, yoʼtalganda, gaplashganda, xavo-tomchi yoʼl orqali organizmga kiradi.
•Burun-xalqum orqali organizmga tushgan viruslar yuqori nafas yoʼllaridagi shilliqqavatining tashqi epiteley qavatiga joylashadi va koʼpayadi.
•Virusning va uning toksinining qonga soʼrilishi natijasida, grippning asosiy belgisi boʼlgan kuchlik intoksikatsiya xolati kelib chiqadi.
•MNS, vegetativ NS, qon tomiriga va boshqa organlarga taʼsir qiladi.
•Gripp organizmdagi xronik kasalliklarni aktivlashtiradi va immunitetni pasaytiradi.
Asoratlar
•gaymorit, etmoidit, otit, pnevmoniya, plevrit, oʼpka abstsessi, bolalarda meningo-entsefalit va boshqalar.
#Nafas yoʼllaridagi shilliqqavatining nekrozga uchrashi natijasida kiprikchalar tushib ketadi va bu holat ikkilamchi yiringli bakterial kasalliklarning kelib chiqishiga sabab boʼladi (streptokokk, stafilokokk, mikoplazmalar va boshqalar). Natijada yuqoridagi asoratlar kelib chiqadi.
Immunitet
•Kasallikdan soʼng gemagglyutinin va neyraminidazaga qarshi antitellolar, yaʼni immunitet paydo boʼladi
•А tipga qarshi 1-2 yil
•B tipga qarshi 3-5 yil
•C tipga qarshi umrbodga imunitet h. b-di.
Laboratoriya diagnostikasi.
•Diagnostikada virusologik va serologik usullar qoʼllaniladi.
•Material burun-halqumidan olinadi.
Davosi
•Simptomatik kompleks davo olib boriladi.
•Immunoglobulin
•interferon
•grippga qarshiquruq zardob
•kimyoviy preparatlaridan qoʼllaniladi.
Profilaktikasi
•Grippning umumiy profilaktikasida bemorni alohida xonaga yotqizish,
xonani tez-tez shamollatib turish,
organizmni chiniqtirish kabi ishlar olib boriladi.
Maxsus profilaktikasi.
•Kuchsizlantirilgan А va B viruslaridan tayyorlangan tirik vaktsina burunga tomiziladi.
•Bolalar uchun ogʼizga tomiziladigan vaktsina ham ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |