58. Virus vaksinalarihaqidaumumiytavsif.
Vaksinatsiya - bu aholi o‘ziga profilaktik emlanish yo‘li bilan u yoki bu infeksiyaga nisbatan qarshilik ko‘rsatish hisoblanadi.Oxirgi 40 yilda profilaktik emlanish qizamiq, difteriya, ko‘k yo‘tal, poliomiyelit, epidemik parotit, “V” virus gipatiti, qizilcha, tuberkulyoz, gripp, epidemik parotit va qoqshol kabi yuqumli kasalliklar bilan kurashishda muhim ahamiyat kasb etdi. Vaksina o‘ziga xos antigen; sterillikni saqlab qolish maqsadida konservantlardan (tirik bo‘lmagan vaksinalarda); antigenlarning saqlash muddatini uzaytiradigan stabilizator yoki qoplama; o‘ziga xos bo‘lmagan aktivator (adyuvant), yoki antigenning immunogenligini oshirishi uchun (kimyoviy, molekulyar vaksinalarda) polimer tashuvchisi. Vaksina tarkibida mavjud bo‘lgan maxsus antigenlar organizmga jo‘natilganidan so‘ng immunologik reaksiyasining rivojlanishiga sabab bo‘ladi, bu esa organizmning patogen mikroorganizmlarga bo‘lgan chidamliligini ta’minlaydi. Vaksinalarni tayyorlash jarayonida antigen sifatida quyidagilar qo‘llaniladi: tirik zaiflashtirilgan mikroorganizmlar; tirik bo‘lmagan (o‘lik va aktiv holatidan to‘xtatilgan) yaxlit mikrob xo‘jayralari yoki virus zarralari; orgazimdan chiqarib tashlangan murakkab antigen tuzilishi(ximoyalovchi antigenlar); mikroorganizmning hayotiy faoliyati zarur hisoblangan mahsulotlari — ikkinchi marta qilingan metabolitlar (masalan, toksinlar, molekulyar himoyalaydigan antigenlar): kimyoviy sintez yo‘li orqali olingan yoki irsiy injineriya usulini qo‘llagan holda biosintez qilingan antigenlar.
Tabiat bilan mos kelgan holda o‘ziga xos antigen vaksinalari tirik, tirik bo‘lmagan va birga qo‘shilgan (tirik va o‘lik antigenlar bilan bir qatorda ularning alohida antigen) turlariga bo‘linadi. Tirik vaksinalar divergent (tabiiy) mikroorganizm shtammlaridan olinadi, bu o‘z navbatida inson uchun zaiflashtirilgan kasallik yuqtirish havfidan holi tutadi, ammo shu vaqtning o‘zida antigenlarning to‘liq to‘plamini o‘zida mujassamlashtiradi (masalan, sigir chechagi virusi) shuningdek, vaksinalar sun’iy mikroorganizm shtammlaridan olinadi. Tirik vaksinalarga shuningdek vektorli vaksinalar ham kiradi, ular irsiy injineriya usuli orqali olinib, vaksinaga oid shtamm sifatida tanish, uning tarkibida begona antigenning geni mavjud(masalan, gepatit V antigen virusi tarkibiga qurilgan chechak vaksina virusi).
Tirik bo‘lmagan vaksinalar molekulyar (kimyoviy) va korpuskulyar turlariga ajratiladi. Molekulyar vaksinalar o‘ziga xos himoyalaydigan antigenlar asosida tayyorlanib, ular molekulyar ko‘rinishda bo‘lgan, biosintez va kimyoviy sintez yo‘li orqali olinadi. Bu vaksinalarga shuningdek, anatoksinlar kiradi. Ular formalin molekula toksinlari bilan zararsizlantirilgan, mikrob xujayralarini shakllantiradigan (difteriyali, qoqshol kasaligiga oid, botulizmga oid va boshqalar) xususiyatga ega. Korpuskulyar vaksinalar yaxlit mikroorganizmlardan olinadi, fizikaviy (issiqlik, ultrabinafsha va boshqa issiqlik tarqalishi) yoki kimyoviy (fenol, spirt) faoliyati to‘xtatilgan uslublar (korpuskulyar, virusli va bakterial vaksinalar) yoki antigen tuzilmasidagi to‘qima ositidagi molekulalardan olingan mikroorganizmlardan: (subvirion vaksinalari, split-vaksinalar, murakkab antigen tuzilmasidan olingan vaksinalar).
Molekulyar antigenlar yoki murakkab himoyaviy antigen bakteriya va viruslari sintetik va yarim sintetik vaksinalarini tayyorlashda qo‘llaniladi. Bu o‘z navbatida o‘ziga xos antigenlar, polimer tashuvchisi va adyuvantlar majmuasini o‘z ichiga oladi. Ma’lum bir infeksiyaga qarshi mo‘ljallangan immunizatsiya, alohida vaksinalardan (monovaksina) bir nechta monovaksinalarni o‘zida tarkib toptirgan murakkab preparatlar tayyorlanadi. Aynan shu yo‘nalishga mo‘ljallangan vaksinalar, polivaksinalar, polivalent vaksinalar bir vaqtning o‘zida bir nechta kasallikka qarshi immunitet bilan ta’minlaydi. Bunga singdirilgan difteriya va qoqshol anatoksinlari hamda ko‘kyo‘tal korpuskulyar singari antigenlarini o‘z ichida jamlagan AKDS vaksinasi misol bo‘la oladi. Shuningdek, polianatoksinlar oilasi ham mavjud. Unga botulizm pentaanatoksinlari, gagrenaga qarshi tetraanatoksin, difteriya-qoqshol dianatoksinlari kiradi. Poliomelitga qarshi prafilaktika uchun birgina polivalent preparati qo‘llaniladi. Ushbu preparat poliomelit virusi I, II, III serotipli attenuirlangan shtammlaridan iborat.
Infeksiya kasalliklariga qarshi profilaktika chorasi sifatida qo‘llaniladigan 30 ga yaqin vaksina preparatlari mavjud; ulardan deyarli yarimi tirik, qolganlari esa faoliyati to‘xtatilgan viruslar hisoblanadi. Tirik vaksinalarni tayyorlashda bakteriyali hisoblangan — kuydirgi, o‘lat, tulyaremiya, sil hamda ku-bezgagi qarshi; viruslilaridan esa — chechak, qizamiq, gripp, poliomelit, parotit, sariq bezgak, qizilcha singari kasalliklardan asos olinadi. Tirik bo‘lmagan vaksinalar uchun esa ko‘kyo‘tal, dizenteriya, ichterlama, vabo, gerpesga oid, toshmali tif, ensefalit, gemoragik issitma hamda difteriyali, qoqshol, botulizm, gazsimon gangrena singari anotaksinlar qo‘llaniladi.
Vaksinalarning asosiy xususiyati faol vaksinal immunitetni hosil qilishdan iborat. Ular organizmda mavjud infeksiyalarga mos kelib, ba’zida ushbu infeksiyalardan soni jihatida farq qiladi. Vaksina organizmga jo‘natilish jarayonida tirik vaksinalar attenuir shtammlarning ko‘payishi va umumiylashuvida yordam beradi, bu esa o‘z navbatida ularni immunitet tizimiga jalb etib, uni mustahkamlashga xizmat qiladi. Garchi, vaksinani jo‘natish jarayonida vaksina reaksiyasi go‘yo infeksiya bilan organizmni boyitish singari tushunchani eslatadi, ammo u bu tushunchadan bezararligi bilan ajralib turadi.
Vaksinani organizmga jo‘natish jarayonida immunitet reaksiyasini keltirib chiqaradi. Albatta, bu jarayonda immunitet tabiati hamda gumoral, xujayrali yoki xujayrali gumoral xarakteriga ega bo‘lgan antigenlar hususiyatiga bog‘liq.
Vaksinalarni qabul qilishda uning samaradorligi immunologik reaktivligi orqali aniqlanadi. Bunda albatta organizmning irsiy va fenotip xususiyatlari, antigen sifati, doza va privivkalar o‘rtasida saqlangan masofa va muddat hisobga olinadi. Shuning uchun har bir vaksina uchun vaksinatsiya sxemasi tuziladi
Vaksinalar qabul qilinish usullariga ko‘ra inyeksiyali, og‘iz orqali jo‘natish va ingalyatsiya qilish singari turlariga bo‘linadi. Shunga monand ular turli ko‘rinishdagi dori vositasi shaklini kasb etadi: inyeksiya orqali jo‘natiladigan vaksinalarga suyuq yoki quruq kukun shaklida bo‘lgan regidrotiv shakli; og‘iz orqali jo‘natiladigan vaksinalarga esa — tabletka, konfet (droje) yoki kapsula ko‘rinishida; ingalyatsiya orqali qilinadigan vaksinalarga kelsak ular quruq kukunsimon regidrativ ko‘rinishni kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |