59. Virionmembranasihamdavirionningboshqakomponentlari.
Virus zarrachasi yoki virion nuklein kislota (RNK yoki DNK) dan iborat bo‘lib, ustidan oqsil qobiq bilan o‘ralgan. Qobiq kapsida deb ataladi (grekcha kapsa — yashik demakdir).
Oqsilli kapsida monomerlardan iborat, ular kapsomerlar deb ataladi. Har bir virusdagi kapsomerlar soni doim bir xil bo‘ladi (masalan, poliomielit virusida 32 ta, tamaki virusida 2130 ta subbirlik mavjud). Kapsida bilan o‘ralgan nuklein kislota nukleokapsida deb ataladi. Ba’zi kapsidalar ustidan qobiq bilan o‘raladi, bu qobiq peplos deb atalib, peplomerlardan iborat. Ba’zi viruslarda peplos virus oqsilidan iborat bo‘lsa, boshqalarida esa hatto lipidlar, glikoproteidlar va fermentlar ham uchraydi.Virus zarrachasining 95% oqsil, 5%ni esa nuklein kislotasi tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |