Ferment produtsentlarini seleksiyasi va ularni o‘stirish
Xar qanday sanoat mahsulotini olish bilan alokador bo‘lgan biologik jarayon, xech bo‘lmaganda ikki xolatni xisobga olgan xolda yaratilmogi lozim. Birinchidan, muayyan mahsulotga xaridor bo‘lishi shart. Ikkinchidan, jarayonni ishlab-chiqarishga tadbik etish iktisodiy foyda keltiradigan bo‘lishi kerak. Xaridor bor, kerakli ferment olish uchun tegishli manba bor bo‘lgan xolatda, echimini topish kerak bo‘lgan bosh masala fermentni ishlab-chiqarish texnologiyasini samaradorligini oshirish va shu tarzda ishlab chiqariladigan mahsulot iktisodiy asoslangan bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |