Pivo va spirt ishlab chiqarish sanoatida fermentlarni qo‘llash.
Pivo va spirt ishlab chiqarish sanoatida fermentlarni qo‘llash juda katta iqtisodiy samara beradi. Bu sanoatda asosan amilotik va proteolitik fermentlar ishlatiladi. Fermentlarni bu sanoatda qo‘llash 1959 yildan boshlangan.
Xozirgi vaqtga kelib proteolitik fermentlar yordamida tayyor pivo mahsulotni saqlash muddatini uzaytirish maqsadida ishlatiladi. Proteolitik fermentlarni qo‘llash natijasida pivo tarkibidagi oqsil moddalar gidrolizlanadi va aminokislotalar xoliga o‘tadi. Natijada oqsillarni denaturatsiyaga uchratib, cho‘kma xosil qilishi yuqoladi va pivo mahsulotini uzoq muddatga saqlash kafolati uzayadi shuningdek achitqilarni faoliyatiga yaxshi taъsir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |