Vikipediya, ochiq ensiklopediya Jump to navigationJump to search


-modda. Notarial harakatlar amalga oshiriladigan til



Download 0,79 Mb.
bet2/5
Sana26.01.2020
Hajmi0,79 Mb.
#37374
1   2   3   4   5
Bog'liq
343-I 26.12.1996


11-modda. Notarial harakatlar amalga oshiriladigan til

O‘zbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi.

 LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida davlat tili bo‘lib o‘zbek tili hisoblanadi.

Rasmiylashtirilgan hujjat matni fuqarolarning talabiga binoan notarius yoki notarial harakatlarni amalga oshiruvchi shaxs tomonidan rus tilida yoki imkon bo‘lsa, boshqa maqbul tilda beriladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ning 7-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligining 2011-yil 31-yanvardagi 21, 1-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma”ning 6-bandi.

12-modda. Notariusning muhri, shtamplari, ish qog‘ozlari

Oldingi tahrirga qarang.

Notarius O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan, notariusning ismi-sharifining bosh harflari, familiyasi, lavozimi va notarial idoraning nomi ko‘rsatilgan shaxsiy muhri, tasdiqlovchi yozuvlar bitilgan shtamplari, notarial idoraning blankalariga ega bo‘ladi.

Notariusning muhri O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yagona namuna bo‘yicha tayyorlanadi.

Notarius muhrining izi va notarius imzosining namunasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida, adliya boshqarmalarida saqlanadi.

(12-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)

13-modda. Notariuslarning kasbiy majburiyatlarini bajarishi ustidan nazorat

Notariuslarning o‘z kasbiy majburiyatlarini bajarishi ustidan nazoratni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari amalga oshiradi.

[OKOZ:


1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.02.00 Notarial faoliyatining tashkiliy asoslari]

2-bob. NOTARIAL IDORALAR TARMOG‘I, NOTARIUS LAVOZIMIGA TAYINLASh VA LAVOZIMDAN OZOD ETISh

Oldingi tahrirga qarang.



14-modda. Notarial idoralar tarmog‘i va shtatlari

O‘zbekiston Respublikasida notarial idoralar tarmog‘i, ularning shtatlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Ikki nafar va undan ortiq notarius ishlaydigan notarial idoralarda notariuslardan biri katta notarius etib tayinlanadi va uning zimmasiga ushbu notarial idoraning ma’muriy-tashkiliy ishlarini nazorat qilish vazifasi yuklatiladi.

(14-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)

Oldingi tahrirga qarang.



15-modda. Notarius lavozimini ta’sis etish va tugatish tartibi. Notarius lavozimiga tayinlash

Notarius lavozimi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ta’sis etiladi va tugatiladi.

Muayyan hududdagi (notarial okrugdagi) notariuslar lavozimlarining soni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan o‘rnatiladigan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

 LexUZ sharhi



Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 104-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Notarial okrugda notariuslar lavozimlari sonini belgilash tartibi to‘g‘risida”gi nizom.

Notarial okrugdagi notarius lavozimiga tayinlash Oliy malaka komissiyasi malaka imtihonini topshirgan shaxslar orasida o‘tkazadigan tanlov asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. Tanlov o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Notariuslar o‘z kasbiy malakasini davriy oshirishi yakunlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tadi. Notariuslar almashtirish (rotatsiya qilish) tartibida boshqa notarial idoralarga tayinlanishi mumkin. Notariuslarni attestatsiyadan o‘tkazish va almashtirish (rotatsiya qilish) tartibi to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.



(15-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

Notarius bilan mehnat shartnomasini bekor qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 97—113-moddalari.

(15-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)

16-modda. Notariusning faoliyat ko‘rsatish hududi (notarial okrug)

Oldingi tahrirga qarang.

Notariusning faoliyat ko‘rsatish hududi (notarial okrug) O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy bo‘linishiga muvofiq belgilanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari aniq holatlarni hisobga olib muayyan notarial okrugda notarial harakatlarni amalga oshirishni boshqa notarial okrugda faoliyat yuritayotgan notariusga yuklashi mumkin. Notariusga mazkur notarial okrug doirasida ish joyi berilishi shart.



(16-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuniga muvofiq birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilgan— O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Jismoniy yoki yuridik shaxs notarial harakatni amalga oshirish uchun xohlagan notariusga murojaat qilishga haqli, bundan ushbu Qonunning 37, 51, 52, 59, 63, 74, 82 va 93-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno.

(16-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

Notariusning notarial harakatni belgilangan faoliyat hududidan tashqarida amalga oshirishi bu harakatni haqiqiy emas, deb topishga asos bo‘lmaydi.

Notarius mavjud bo‘lmagan hududdagi vasiyat qiluvchi og‘ir kasal bo‘lgan hollarda vasiyatnomani tasdiqlash uchun notarius o‘zi xizmat ko‘rsatadigan hududdan tashqariga chiqishga haqlidir.

3-bob. NOTARIUSNING HUQUQLARI, MAJBURIYATLARI VA JAVOBGARLIGI

17-modda. Notariusning huquqlari

Notarius quyidagi huquqlarga ega:

o‘ziga murojaat qilgan barcha shaxslar uchun ushbu Qonunda nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish, notarial harakatni amalga oshirish joyi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan hollar bundan mustasno;

bitim va arizalarning loyihalarini tuzish, hujjatlarning nusxalarini va ulardan ko‘chirmalarni tayyorlash, shuningdek notarial harakatlarning amalga oshirilishiga doir masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish;

jismoniy va yuridik shaxslardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni talab qilib olish.

Oldingi tahrirga qarang.

davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni so‘rash hamda olish;

(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuniga muvofiq beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan— O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

jismoniy va yuridik shaxslar nomidan tegishli davlat organlariga mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni va hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirish uchun, shuningdek hujjatlarning chet elda amal qilishi uchun mazkur organlar tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlarni olgan holda hujjatlarni legallashtirish uchun murojaat qilish.

(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuniga muvofiq oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

yuridik shaxslarning rahbar organlari yig‘ilishlarida ularning taklifiga ko‘ra ishtirok etish.

(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

Oldingi tahrirga qarang.



18-modda. Notariusning majburiyatlari

Notarius:

jismoniy va yuridik shaxslarga o‘z huquqlarini amalga oshirishda va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ko‘maklashishi, ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirib berishi;

taraflar taqdim etgan bitimlar loyihalarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishi hamda ularning mazmuni taraflarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va ushbu bitimlarning qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshirishi;

yuridik jihatdan bexabarlikdan jismoniy va yuridik shaxslarning zarariga foydalanilmasligi uchun ularni amalga oshirilayotgan notarial harakatlarning oqibatlari haqida ogohlantirishi;

qonun hujjatlariga mos kelmaydigan notarial harakatni amalga oshirishni rad etishi;

notarial harakatlarni amalga oshirish chog‘ida fuqarolar yoki mansabdor shaxslar tomonidan qonuniylik buzilganligini aniqlagan taqdirda, zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi uchun tegishli korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yoki prokurorga bu haqda xabar qilishi;

uch yilda kamida bir marta o‘z kasbiy malakasini oshirishi;

sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlari yurituvida bo‘lgan ishlar bilan bog‘liq notarial harakatlarni amalga oshirganlik to‘g‘risida ularning talabiga binoan ma’lumotnomalar (ma’lumotlar) berishi;

Oldingi tahrirga qarang.

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni (ma’lumotlarni) maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etishi;

(18-moddaning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)

ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini, mol-mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash va ijara haqining miqdori to‘g‘risidagi, shuningdek meros yoki hadya tartibida fuqarolar mulkiga o‘tayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi ma’lumotnomalarni davlat soliq xizmati organiga taqdim etishi;

avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqi uchun ishonchnomalarni, ushbu vositalarni boshqa shaxsga o‘tkazish, ijaraga berish, ulardan tekin foydalanish, ularning garov, lizing shartnomalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni ichki ishlar organiga taqdim etishi;

boshqa shaxsga o‘tkazilayotgan ko‘chmas mulkning kadastr raqami to‘g‘risidagi va oluvchi haqidagi ma’lumotlarni yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi tuman (shahar) filialiga taqdim etishi;

bitim predmeti bo‘lgan obyektni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash yoki ushbu obyektga nisbatan xatlov mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni (ma’lumotlarni) kredit byurolarining so‘roviga ko‘ra taqdim etishi;

bitim predmeti bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektini boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash yoki ushbu obyektga nisbatan xatlov mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni (ma’lumotlarni) rieltorlik tashkilotining so‘roviga ko‘ra taqdim etishi;

vasiyat qiluvchining vafotidan keyin manfaatdor shaxslarga vasiyatnoma to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni taqdim etishi;

amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining so‘roviga ko‘ra taqdim etishi shart.



(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

19-modda. Notariusning javobgarligi

Oldingi tahrirga qarang.

Notarius o‘z kasbiy majburiyatlarini buzganligi uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgar bo‘ladi.

Notarius o‘z kasbiy majburiyatlarini buzganligi oqibatida yetkazgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda davlat tomonidan qoplanadi.



(19-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)

Oldingi tahrirga qarang.



(20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)

4-bob. NOTARIUSLAR FAOLIYATINING MOLIYAVIY TA’MINOTI

Oldingi tahrirga qarang.



21-modda. Notarial harakatlar va notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan boshqa harakatlar uchun haq to‘lash

Notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha davlat boji undiriladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalari, Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-iyundagi 109-son “Notarial ishlarni bajarganlik uchun davlat boji stavkalari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” Qarori.

Notarius notarial harakatni amalga oshirish uchun o‘z ish joyidan boshqa joyga borganida manfaatdor jismoniy yoki yuridik shaxslar uning haqiqatda qilingan transport xarajatlarining o‘rnini qoplaydi.

Notarius tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun haq undiriladi.

Notarius tomonidan notarial harakatlar amalga oshirilganda notarial tartibda tasdiqlanadigan bitim loyihasini mustaqil tayyorlagan jismoniy va yuridik shaxslar huquqiy hamda texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun haq to‘lashdan ozod etiladi.



(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

Oldingi tahrirga qarang.



22-modda. Notarial idoralarni moliyalashtirish

Notarial idoralar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moliyalashtiriladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 104-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2010-yil 5-maydagi PF-4216-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarori va “Davlat notarial idoralari va notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat. № 2168, 22.12.2010-y.).

(22-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)

Oldingi tahrirga qarang.



41-bob. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi

221-modda. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining asosiy qoidalari

Notarial faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, ularga ishlov berish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish hamda notarial harakatlarni amalga oshirishga aloqador davlat organlari bilan axborot hamkorligining barcha turlarini ta’minlash uchun mo‘ljallangan axborot tizimi Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidir.

Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga tegishlidir.

Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidan notarial idoraga yuborilgan elektron murojaatni olish uchun ham foydalaniladi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga notariuslarning kirishini ta’minlaydi.

Notariuslar tomonidan Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ma’lumotlar kiritilishi notarial harakatlarni amalga oshirishning maxfiyligini oshkor etish hisoblanmaydi.



222-modda. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ma’lumotlar kiritish

Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ma’lumotlarni kiritish notariuslar tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga notariuslar tomonidan kiritilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarning ro‘yxatini belgilaydi.

Amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bunday harakatlar amalga oshirilgan kundan kechiktirmay notarius tomonidan Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi.



223-modda. Elektron murojaat

Jismoniy va yuridik shaxslar notarius qabuliga oldindan yozilish, bitimlar va arizalarning elektron shakldagi loyihalarini tayyorlash hamda notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa maqsadlar uchun axborot tizimlari orqali notarial idoralarga murojaat qilishi mumkin.

Elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Agar huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun haq to‘lanmagan bo‘lsa, bitimlar va arizalarning elektron shakldagi loyihalarini tayyorlash to‘g‘risidagi elektron murojaat ko‘rib chiqilmaydi.

Axborot tizimlari orqali notarial idoralarga kelib tushadigan elektron murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.



(41-bob O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

[OKOZ:



1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]

II BO‘LIM. NOTARIAL HARAKATLAR VA ULARNI AMALGA OShIRISh QOIDALARI

5-bob. NOTARIAL HARAKATLAR

Oldingi tahrirga qarang.



23-modda. Notariuslar amalga oshiradigan notarial harakatlar

Notariuslar quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi:

1) bitimlarni tasdiqlaydi;

2) vasiyatnomalarni tasdiqlaydi;

3) er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga mulk huquqi to‘g‘risida guvohnomalar beradi;

Oldingi tahrirga qarang.



(23-moddaning birinchi qismi 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

5) merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma beradi;

6) meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘radi;

7) hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlaydi;

8) hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlaydi;

9) hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlaydi;

10) ko‘chmas mulk ochiq savdoda sotib olinganligi haqida guvohnoma beradi;

11) fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi;

12) fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi;

Oldingi tahrirga qarang.

121) yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlaydi;

(23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuniga asosan 121-band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

13) fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi;

14) hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;

Oldingi tahrirga qarang.

15) jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari va (yoki) boshqa hujjatlarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi;

(23-moddaning birinchi qismi 15-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

16) pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni depozitga qabul qilib oladi;

17) hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib oladi;

18) pul to‘lash uchun cheklarni taqdim etadi va cheklar bo‘yicha pul to‘lanmaganligini tasdiqlaydi;

19) ijro xatlarini yozadi;

20) veksellarning protestlarini amalga oshiradi;

21) dengiz protestlarini amalga oshiradi;

22) notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini hamda reyestrlardan ko‘chirmalarni beradi.

Notariuslar qonunlarda nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

(23-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)

 LexUZ sharhi



Qarang: O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ning 1-bandi.

Oldingi tahrirga qarang.



(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)

Oldingi tahrirga qarang.



(25-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)

Oldingi tahrirga qarang.



Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish