Vikipediya, ochiq ensiklopediya Jump to navigationJump to search



Download 0,79 Mb.
bet1/5
Sana26.01.2020
Hajmi0,79 Mb.
#37374
  1   2   3   4   5
Bog'liq
343-I 26.12.1996

Notariat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya



Jump to navigationJump to search

Notariat (lot. notarius — mirza, kotib) — yuridik ahamiyatga ega boʻlgan huquklar va faktlarni tasdiklash vazifasi topshirilgan va qonunda nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarnp bajaruvchi organlar tizimi. Oʻzbekiston Respublikasida davlat va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarial idoralar N. tizimini tash-kil etadi, ular boʻlmagan aholi yashay-digan joylarda baʼzi notarial hara-katlar fuqarolar yigʻinlarining ra-islari (oqsoqollar) tomonidan amalga oshiriladi. Notarial idoralar yuridik faktlarni belgilaydigan va fuqarolik huquklari toʻgʻrisidagi nizolarni hal qiluvchi sud muassasalaridan farqlanadi. Bu idoralar fukarolar bilan bevosita uchrashish yoʻli bilan yoki qonunda koʻrsatilgan hollarda hujjatlarga asosan nizosiz huquklarni va yuridik faktlarni tasdiklaydi.

Oʻzbekiston Respublikasida N.ning tashkil etilish prinsiplari va faoliyati OʻzRning "Notariat toʻgʻrisida"gi qonuni (1996 yil 26 dek.), OʻzR Va-zirlar Mahkamasining N. toʻgʻrisida chiqargan qarorlari va OʻzR Adliya va-zirligi tomonidan tasdiqlangan "Oʻzbekiston Respublikasi notarial idoralari tomonidan notarial harakatlarni bajarish tartibi toʻgʻrisida"gi, "Oʻzbekiston Respublikasi davlat notarial idoralarining notariuslari va xususiy amaliyot bilan shugullanuvchi notariuslarning notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida"gi 1997 yil 28 aprel

dagi qoʻllanmasi, OʻzR Adliya vazirligi hayʼatining 1997 yil 28 apreldagi qarori bilan tasdiqlangan "Oʻzbekiston Respublikasi davlat notarial idoralarida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning ish yuritish tartibi haqida"gi, "Oʻzbekiston Respublikasi shaharchalar, qishloqlar va ovullar fukarolari yiginlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan belgilangan notarial hara-katlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida"gi qoʻllanmalari hamda boshqa huquqiy hujjatlarga asoslanadi.[1]

Notarial harakatlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya



Jump to navigationJump to search

Notarial harakatlar - notarial idoralar (notariat) tomonidan huquqiy harakatlarni tasdiqdash, shahodatlash va hujjat berish borasida amalga oshiriladigan ishlar. Oʻzbekiston Respublikasida Notarial harakatlarni davlat notarial idorasida ishlovchi yoki xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi no-tariuslar amalga oshiradi. Notariuslar boʻlmagan axrli punktlarida fuqarolar yigʻinlarining raislari (oqsoqollari), boshqa davlatlarning hududida OʻzR konsullik muassasalarining ushbu harakatlarni amalga oshirish vakolati berilgan mansabdor shaxslari amalga oshiradi. OʻzRda Notarial harakatlar va ularni amalga oshirish qoidalari avvalo Notariat toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 dek.dagi qonuni (oʻzgartish va qoʻshimchalar 2003 yil 25 aprelda kiritilgan), shuningdek, adaga oid Adliya vazirligi chiqargan qoʻllanma hamda boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Qonunga koʻra, davlat notarial idoralarida ishlovchi notariuslar: bitimparni, vasiyatnomalarni tasdiqlaydi, er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni beradi; mol-mulkni oʻzga shaxsga oʻtkazishni ta-qiklab qoʻyadi va taqiqni bekor qiladi; merosga boʻlgan ququq toʻgʻrisida guvohnoma beradi; meros mol-mulkning qoʻriklanishiga doir chora-tadbirlar koʻradi; hujjatlar nusxalarining bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini; hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shaqodatlaydi; koʻchmas mulk ochiq savdoda sotib olinganligi xaqida guvoqnoma beradi; fuqaroning tirik ekanligi, muayyan joyda ekanligi, fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiklay-di va h.k. Xususi y amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar mol-mulkni oʻzga shaxsga oʻtkazishni taqiklab qoʻyish va taqiqni bekor qilish, merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish va meros mol-mulkni qoʻriqlash chora-tadbirlarini koʻrish harakatlaridan boshqa barcha Notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega. Shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yigʻinlarining raislari (oqsoqollari) quyidagi Notarial harakatlarni amalga oshiradi: vasiyatnomalarni, ishonchnomalarni tasdiqlaydi, avtotransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno; meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻra-di; hujjatlar nusxalarining va huj-jatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlaydi, maʼlumot haqidagi hujjat nusxalari bundan mustasno; hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlaydi. Oʻzbe-kiston Respublikasi konsullik muassasalari quyidagi Notarial harakatlar ni amalga oshiradi: bitimlar (shartnomalar, vasiyatnomalar, ishonchnomalar va h.k.)ni tasdiklaydi. OʻzRdagi uy-joylarni boshka shaxsga oʻtkazish va garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnomalar bundan mustasno; fuqaroning tirik ekanligi, fotosuratda aks etgan shaxs ekanligi va shahrik.ni tasdiklaydi.

Notarial harakatlar notarial idora yoki fukarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi joylashgan binoda, fuqaro kasalligi, nogironligi tufayli yoki boshqa sabablarga koʻra bora olmaydigan ayrim hollarda mazkur fuqaro turgan joyda, kasalxonada yoki boshqa joyda amalga oshirilishi mumkin. Notarial harakatlar haq toʻlanga-nidan soʻng zarur boʻlgan barcha hujjatlar takdim etilgan kuni amalga oshi-riladi. Oʻzbekiston Respublikasida Notarial harakatlar davlat tilida olib boriladi. Rasmiylashtirilgan hujjat matni fuqarolarning talabiga binoan, notarius yoki Notarial harakatlar ni amalga oshiruvchi shaxs tomonidan rus tilida yoki imkon boʻlsa, boshqa maqbul tilda beriladi.

Shoakbar Shorahmetov.[1]

 





[OKOZ:

1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.01.00 Umumiy qoidalar]

[TSZ:

1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]

O‘zbekiston Respublikasining qonuni

Notariat to‘g‘risida

I BO‘LIM. NOTARIAT FAOLIYATINING TAShKILIY ASOSLARI

1-bob. ASOSIY QOIDALAR

1-modda. O‘zbekiston Respublikasida notariat

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasida notariat qonunlarda nazarda tutilgan notarial harakatlarni hamda ular bilan bevosita bog‘liq huquqiy va texnik tusdagi harakatlarni notariuslar tomonidan amalga oshirish yo‘li bilan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga da’vat etilgan huquqiy institutdir.

 LexUZ sharhi



Qarang: “Davlat notarial idoralarida notarial ish yuritish qoidalari”ning 1-bandi (ro‘yxat raqami 2170, 22.12.2010-y.).

O‘zbekiston Respublikasida notarial harakatlar ushbu Qonunga muvofiq davlat notarial idoralarining (bundan buyon matnda notarial idora deb yuritiladi) notariuslari tomonidan amalga oshiriladi. Notarial idoralarning reyestrini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuritadi.

Boshqa davlatlarning hududida notarial harakatlarni O‘zbekiston Respublikasi konsullari amalga oshiradi.

 LexUZ sharhi



Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavining 27-moddasi.

(1-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)

Oldingi tahrirga qarang.



2-modda. O‘zbekiston Respublikasida notarius

Yigirma besh yoshdan kichik bo‘lmagan, oliy yuridik ma’lumotga, yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgan, shu jumladan notarial idorada kamida bir yil stajirovka o‘tagan, malaka imtihonini topshirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi notarius bo‘lishi mumkin. Sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoki notarius yordamchisi yoxud adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bog‘liq lavozimlarida kamida uch yil ishlagan shaxslar uchun stajirovkadan o‘tish talab qilinmaydi.

Quyidagilar notarius bo‘lishi mumkin emas:

muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxs;

 LexUZ sharhi

Qarang: Fuqarolik protsessual kodeksining 31-bobi.

qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 78, 79-moddalari.

o‘z kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun notarius, advokat, tergovchi, surishtiruvchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolati tugatilgan shaxs.

 LexUZ sharhi

Qarang: “Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” (ro‘yxat raqami: 3114) 6-bandining oltinchi xatboshisi.

Notarius yordamchi va stajorga ega bo‘lishi mumkin.

Notariuslarga maxsus unvonlar — mansab darajalari beriladi.

(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son)

Oldingi tahrirga qarang.



21-modda. Notarius yordamchisi

Yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi notarius yordamchisi bo‘lishi mumkin.

Ushbu Qonun 2-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar notarius yordamchisi bo‘lishi mumkin emas.

Notarius yordamchisini ishga qabul qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, shuningdek viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda adliya boshqarmalari deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.

Notarius yordamchisi notariusning topshirig‘iga ko‘ra notarial harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etishga, bitimlar, arizalar va boshqa hujjatlar loyihalarini tuzishga, hujjatlarning ko‘chirma nusxalari va dublikatlarini, ulardan ko‘chirmalarni tayyorlashga, shuningdek notarial harakatlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berishga haqli.

(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuniga muvofiq kiritilgan — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Notarius yordamchisiga maxsus unvonlar — mansab darajalari beriladi.

(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

 LexUZ sharhi



Qarang: O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ning 11-bandi.

Oldingi tahrirga qarang.



22-modda. Notarius stajori

Oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi notarius stajori bo‘lishi mumkin.

Ushbu Qonun 2-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar notarius stajori bo‘lishi mumkin emas.

Notarius stajorini ishga qabul qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Stajirovka notarial idorada o‘taladi. Notarius stajori o‘z faoliyatini notarius rahbarligida, uning alohida topshiriqlarini bajargan holda amalga oshiradi.

Notarius stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi



(22-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuniga muvofiq kiritilgan — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)

Oldingi tahrirga qarang.



3-modda. Notarius qasamyodi

Notarius O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasining majlisida quyidagi mazmunda qasamyod qiladi:

“Notarius vazifasini halol va vijdonan bajarishga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga tantanali qasamyod qilaman”.

(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)

Oldingi tahrirga qarang.



31-modda. Malaka komissiyalari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari (bundan buyon matnda malaka komissiyalari deb yuritiladi) stajirovkadan o‘tgan shaxslardan malaka imtihonlarini qabul qilish maqsadida tashkil etiladi.

Malaka komissiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalarining qarorlari bilan notariuslar hamda adliya organlarining boshqa xodimlari orasidan teng miqdorda tuziladi.

Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi masalani hal etish, notarius qasamyodini qabul qilish, malaka komissiyalarining qarorlari ustidan berilgan apellatsiyalarni ko‘rib chiqish, shuningdek malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish uchun o‘n bir kishidan iborat tarkibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Oliy malaka komissiyasi (bundan buyon matnda Oliy malaka komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Oliy malaka komissiyasi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalari, notariuslar hamda adliya organlarining boshqa xodimlari, advokatura vakillari kiradi. Oliy malaka komissiyasining shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.



(31-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)

Oliy malaka komissiyasi va malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2166, 21.12.2010-y.) va “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2151, 29.10.2010-y.).

(31-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuniga muvofiq kiritilgan — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)

Oldingi tahrirga qarang.



4-modda. Malaka imtihonlari

Stajirovkadan o‘tgan shaxslar malaka komissiyasiga malaka imtihoni topshiradi.

Malaka komissiyasining qarori ustidan apellatsiya malaka komissiyasining qarori manfaatdor shaxsga topshirilgan kundan e’tiboran bir oylik muddat ichida Oliy malaka komissiyasiga beriladi.

 LexUZ sharhi



Qarang: O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-dekabrdagi 304-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi to‘g‘risidagi Nizom”ning 17-bandi.

Malaka imtihonidan o‘ta olmagan shaxslar malaka komissiyasi tomonidan qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kamida bir yildan so‘ng qayta imtihon topshirishga qo‘yiladi.

Malaka imtihonini topshirgan, lekin notarius lavozimida uch yil mobaynida ishlamagan shaxsning notarius lavozimida ishlashiga u malaka imtihonini qayta topshirganidan keyingina yo‘l qo‘yiladi.

(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)

Oldingi tahrirga qarang.



5-modda. Notariusning mustaqilligi va betarafligi

Notarius o‘z faoliyatida mustaqil va betaraf bo‘lib, uni amalga oshirishda notariat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga amal qiladi.



(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

Oldingi tahrirga qarang.



6-modda. Notarial harakatlarning maxfiyligi

Notariusning, notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxslarning, shuningdek amalga oshirilayotgan notarial harakatlar to‘g‘risida o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xabardor bo‘lib qolgan shaxslarning o‘zlariga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilishi, shu jumladan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin ham oshkor qilishi taqiqlanadi.

Amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (hujjatlar) bu harakatlar kimning nomidan yoki kimning topshirig‘iga ko‘ra amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning o‘zigagina berilishi mumkin.

Amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar) sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlari yurituvida bo‘lgan ishlar munosabati bilan ularning talabiga binoan beriladi.

Notariuslar tomonidan shuningdek:

Oldingi tahrirga qarang.

maxsus vakolatli davlat organiga — jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar);

(6-modda to‘rtinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)

davlat soliq xizmati organiga — ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini, mol-mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash va ijara haqining miqdori to‘g‘risidagi, shuningdek meros yoki hadya tartibida fuqarolar mulkiga o‘tayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi ma’lumotnomalar;

ichki ishlar organiga — avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqi uchun ishonchnomalarni, ushbu vositalarni boshqa shaxsga o‘tkazish, ijaraga berish, ulardan tekin foydalanish, ularning garov, lizing shartnomalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar;

yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi tuman (shahar) filialiga — boshqa shaxsga o‘tkazilayotgan ko‘chmas mulkning kadastr raqami to‘g‘risidagi va oluvchi haqidagi ma’lumotlar;

kredit byurosiga uning so‘roviga ko‘ra — bitim predmeti bo‘lgan obyektni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash yoki ushbu obyektga nisbatan xatlov mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar);

rieltorlik tashkilotiga uning so‘roviga ko‘ra — bitim predmeti bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektini boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash yoki ushbu obyektga nisbatan xatlov mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar);

manfaatdor shaxslarga vasiyat qiluvchining vafotidan keyin — vasiyatnoma to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar beriladi.

Amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi maqsadida uning so‘roviga ko‘ra taqdim etiladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligining 2011-yil 31-yanvardagi 21, 1-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma”ning 5-bandi.

Ma’lumotnomalarni (ma’lumotlarni) taqdim etish axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda amalga oshirilishi mumkin.



(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

Oldingi tahrirga qarang.



7-modda. Notarius, notarius yordamchisi va stajori faoliyatidagi cheklashlar

(7-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Notarius, notarius yordamchisi va stajori:

(7-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)

ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari, tadbirkorlik va boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishga;

shartnomalar tuzishda vositachilik xizmati ko‘rsatishga haqli emas.

Oldingi tahrirga qarang.



8-modda. Notarial idora

Notarial idoralar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi.

Notarial idora yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmaydi.

Notarial idoraning nomida “davlat notarial idorasi” so‘zlari bo‘lishi, tegishli tuman, shahar ko‘rsatilishi va zarurat bo‘lganda, notarial idoraning raqami bo‘lishi lozim.

Notarial idora tegishli notarial okrug doirasida joylashgan bo‘lishi lozim.

Oldingi tahrirga qarang.

Notarial idora binosida fuqarolarning notarius huzuriga kirishi, notarial harakatlar maxfiyligi, notarial ish yuritish hujjatlari, materiallari va notarial arxiv hujjatlarining but saqlanishi, to‘lovlarni qabul qilish uchun shart-sharoitlar ta’minlanishi lozim.

(8-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)

Oldingi tahrirga qarang.



(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuni bilan chiqarilgan— O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)

10-modda. Notarial ish yuritish va hisobdorlik

Oldingi tahrirga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

Notarial idora notarial ish yuritish hujjatlari va materiallarining but saqlanishini ta’minlashi, o‘z notarial arxiv ishini yuritishi shart.



(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Notarial ish yuritish hujjatlari va materiallari uch yil o‘tgach Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlarga topshirilishi kerak. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar tomonidan beriladigan notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari va reyestrlardan ko‘chirmalar notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladi hamda ularni berganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq undiriladi.

(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)

 LexUZ sharhi



Qarang: O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 22-dekabrdagi 20-sonli “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi notarial arxivlar shtat birliklari soni va yuridik va jismoniy shaxslarga ma’lumotnomalar va arxiv hujjatlari nusxalari, shuningdek, notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari va reyestrlardan ko‘chirmalar berilganligi uchun ular tomonidan undiriladigan haq miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘ining (ro‘yxat raqami 2167, 22.12.2010-y.) 2-bandi.

Oldingi tahrirga qarang.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega bo‘ladi.

(10-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)

Notarial ish yuritish qoidalari, notarial hujjatlarni saqlash muddatlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

 LexUZ sharhi

Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “Davlat notarial idoralarida notarial ish yuritish qoidalari(ro‘yxat raqami 2170, 22.12.2010-y.).

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari davlat boji tushumlarining hisobini yuritadi va ular yuzasidan davlat soliq xizmati organlariga hisobot taqdim etadi.



(10-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish