yuqori xavflilikdagi ob’ektlarni (AES, zaharli va portlashga xavfli ishlab chiqarish va b.) neytrallashtirish, ularda ishni to‘xtatish va qo‘shimcha mustahkamlash yoki demontaj qilish;
halokat-qutqaruv xizmatini tayyor holatga keltirish va aholini qisman evakuatsiya qilish kabi tadbirlar kiradi.
Ushbu tadbirlar majmuasidan ma’lumki ayrim tadbirlar uzoq muddatli oldindan bilish ma’lumotlari asosida bajarilib, ularni amalga oshirish uchun ko‘p yillar talab etiladi. Ayrim tadbirlar esa qisqa vaqt ichida tez amalga oshiriladi. Bunday tadbirlar qisqa muddatli oldindan bilish ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.