1. Birinchi navbatda odamlar joylashgan buzilgan bino va inshootlar tomon o‘tish yo‘llari tozalanadi yoki yangidan quriladi. Bir tomonlama yo‘llar eni 3-3,5 m, ikki tomonlama yo‘llarniki esa 6-6,5 metrdan iborat bo‘lishi lozim. Yo‘l qurish mashinalari izidan yong‘inlarni o‘chirish yoki mahalliylashtirish maqsadida yong‘inni o‘chirish mashinalari harakatlanadi.
2. Odamlarni axtarish va qutqarish ishlariqutqaruv guruhi kiritilgach, darhol boshlanadi. Qidiruv guruhi jabrlanganlar bilan aloqa o‘rnatadi, ularga vaziyatga qarab havo, suv, oziq ovqat uzatadi.
3. Yashirin va pana joylar hamda uy osti xona(podval)larini ochishda devorlar, to‘siqlar buzilib, halokatga oid chiqish yo‘laklari ochiladi. Dastlab plitalar 1-2 sm ko‘tarilib, jabrlanganlarga glyukoza eritmasi uzatiladi. Keyin odamlarni qutqarish ishlari amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |