Rolikli tormozlash stendida avtomobilning tormoz tizimini zamonaviy texnologiya asosida diagnozlash. Yusupov Sarvarbek Sodiqovich kata o`qituvchi Qurolboyev Avazjon “Yeutt va ue” yo`nalishi 3-kurs 142-14 guruh talabasi Andijon mashinasozlik



Download 0.87 Mb.
Pdf просмотр
Sana15.02.2020
Hajmi0.87 Mb.

 

 

 



 

 

 



Rolikli tormozlash stendida avtomobilning tormoz tizimini zamonaviy 

texnologiya asosida diagnozlash. 

Yusupov Sarvarbek Sodiqovich kata o`qituvchi 

Qurolboyev Avazjon “YeUTT va UE” yo`nalishi 3-kurs 142-14 guruh talabasi 

Andijon mashinasozlik instituti, Andijon shahri 

Diagnostikalash  jihozlari  avtomobilni  to'liq  yoki  uning  alohida 

birikma  va  tizimlariga  diagnoz  qo'yish  uchun  mo'ljallangan.  Avtomobillar 

texnik  holati  harakat  xavfsizligini  ta'minlash,  tashqi  muhitga  ta'sir,  tortish -

iqtisodiy tavsiflar bilan baholanadi. 

 

1-rasm. Avtomobillarning tormoz tizimini tekshirish usullari. 

Avtomobillarning harakatlanishida tormoz tizimini tekshirishda to'liq 

yuklangan  avtomobil  tekis  asfalt  qoplangan  yo'lda,  40  km  soat  tezlikda 

harakatlanadi  va  birdaniga  tormozlanadi.  Bu  vaqtda  tormoz  yo'li  va 

sekinlanish  aniqlanib,  me'yoriy  ko'rsatkichlar  bilan  taqqoslanadi.  Qo'l 

tormozini  tekshirish  uchun  avtomobil  belgilangan  qiyalikka  qo'yilib,  uning 

o'z-o'zidan  harakatlanib  ketishi  tekshiriladi:  to'liq  vazndagi  avtomobillar 

uchun  16%,  yuklangan  yengil  avtomobillar  va  avtobuslar  uchun  23%, 

yuklangan yuk avtomobillari va avtopoyezdlari uchun  31% ni tashkil etadi.  

Rolikli  jihozlar  kuchlar  orqali  ishlovchi  va  inersiyali  turlarga 

bo'linadi.  Maydonchali  tormoz  jihozining  shakli  2-rasmda  keltirilgan.  Bu 

jihozlarning  afzalliklari  –  oddiyligi,  tezkorligi,  kam  metall  va  quvvat 

sig'imligidadir.  Kamchiligi  esa,  g'ildiraklarni  maydoncha  bilan  ilashish 



koeffisientini bir xilda emasligidadir (g'ildirak iflos bo'lishi, ho'l bo'lishi va 

h.k.), shuning uchun ham bu jihozlar kamroq ishlab chiqariladi.  

Hozirgi  vaqtda  kuchlar  orqali  ishlaydigan  tormoz  jihozlari  keng 

tarqalmoqda, ularning prinsipial shakli 2-rasmda keltirilgan. 



 

2-rasm. Rolikli inersion tormoz jihozlarining shakli. 

1 - maxovik; 2 - jihoz barabanlari; 3 - zanjirli uzatma; 4 - elektromagnitli mufta; 

5 - reduktor; 6 - elektrodvigatel. 

Tormoz tizimini rolikli stendda tekshirish uchun avtomobilning g`ildiraklari 

toza, shinadagi havoning  bosimi  me`yorida  (3-rasm), tormoz  suyuqligi  va  tormoz 

pedali pedalining erkin yurish yo`li tekshirilishi va soz holatda bo`lishi kerak. 

 

 



3-rasm. Avtomobil shinasidagi bosimni me`yorlashtirish Avtomobil rolikli 

tormozlash stendida tekshilishi. 

Rolikli  tormozlash  stendi  kompyuterga  ulanib,  test  o`tkazishdan  oldin 

avtomobil markasi, ishlab chiqarilgan yili va boshqa kerakli ma`lumotlar kirgazilib, 

test  sinovlari  boshlanadi.  Haydovchi  avtomobilni  rolikga  olib  keladi  va 

kompruterning monitorida ko`rsatilayotgan amallar ketma-ketligini bajarib, rolikda 

aylanayotgan  avtomobil  g`ildiragi  tormozlanadi  bu  holar  har  ikkala  o`qlarda 

bajariladi (3-rasm). 



Test  sinovi  bajarilib  bo`lingach  kompyuter  monitorida  testning  natijalari 

ko`rinadi  va  natijalar  bo`yicha  avtomobilning  tormoz  tizimiga  tashxis  qo`yilib 

kerakli qiymatlar test natijalarida ko`rsatiladi (4-rasm). 

  

  



   

 

4-rasm. 



 

 

 



                       a)    

 

                 b)  



 

 

 



  c) 

5-rasm. Test natijalari. 

a) standart natija, b) qisqacha natija, c) grafikli natija. 

 

10-rasm. Rolikli tormoz tizimi stendi orqali avtomobilning grafik natijalari va 



Ovallik >30% bo`lgandagi tahlili. 

Stenddagi  va  yo'ldagi  sinovlar  dvigatel  transmissiyadan  ajratilgan  holatda 

o'tkaziladi. 


Tormoz  tizimining  samaradorligini  sinashda  quyidagilarga  amal  qilinishi 

shart: 


Ishchi  tormoz  tizimining  samaradorligi  stendda  sinalgan  umumiy 

solishtirma  tormoz  kuchi,  yuritmasining  ishlashi  uchun  ketgan  vaqt,  tormoz 

kuchining o'qlarga notekis tarqalish koeffisienti - o'lchagich hisoblanadi. 

Avtomobil  yo'lda  sinalganda  esa  tormozning  samaradorligi,  tormoz  yo'li 

yoki tekis sekinlanish va yuritmasining ish boshlashi uchun ketgan vaqt o'lchanadi. 

Avtomobilning  ehtiyot  tormoz  tizimi  stendda  sinalganda,  uning  samaradorligi 

umumiy  solishtirma  tormoz  kuchi  va  yuritmaning  ishlay  boshlashi  uchun  ketgan 

vaqt  bilan  o'lchanadi.  Tajribani  o'tkazish  vaqtida  g'ildiraklardagi  tormoz  kuchi 

o'lchanadi.  Yo'ldagi  sinovlarda  esa  o'lchagichlar  ishchi  tormozi  kabi  tormoz  yo'li 

(vaqti) dan iborat bo'ladi. 

Avtomobilni  to'xtatib  turuvchi  tormoz  samaradorligining  stenddagi 

o'lchagichi umumiy solishtirma tormoz kuchi hisoblanadi. Yo'ldagi sinovlarda esa 

avtotransport vositasini balandlikka chiqish qiyaligida to'xtatib turishi tormozning 

samaradorligini ko'rsatadi. 

Yordamchi tormoz tizimining samaradorligi stendlarda umumiy solishtirma 

tormoz kuchini aniqlash bilan sinaladi, yo'l sharoitida esa tekis sekinianish darajasi 

bilan aniqlanadi. 

Loyihaning maqsadi yo`nalish bo`yicha o`quv darsturlarini ishlab chiqish va 

ta`lim jarayonida moddiy texnika bazalarini takomillashtirish, boyitish va ulardan 

ta`lim  jarayonlarida  foydalanish  bilan  bog`liq.  Bu  borada  jahon  tajribalari 

o`rganilib, tahlil qilinib ularni mamlakatimizdagi muhandislik va avtomobilsozlik 

sohalarini rivojlantirish uchun yetuk mutaxassislar tayyorlashda qo`l keladi. 

Hozirgi  kunda  ushbu  o`rganilgan  bilim  va  tajribalarni  institutdagi 

mutaxassislik fanlarini o`qitishda foydalanib kelinmoqda. 



Foydalanilgan adabiyotlar. 

1.  Magdiyev  Sh.P,  Rasulov  H.A.  Avtomobil  va  dvigatellarga  texnik  xizmat  ko`rsatish, 

ta`mirlash. O`quv qo`llanma. -Toshkent, 2011. -207 bet. 

2.  Marius Toma, Iordan Fileru. The Braking System Diagnosis on Rolling Brake Test 



Stand. University POLITEHNICA of Bucharest, 2016 y. 


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa