Mexnat unumdorligini oshirish uchun yangi texnika, texnologiya jarayonlarini
va ishlab chiqarishni о‘stirish yoki tashkil etishning ilgor
usullarini joriy kilish
orkali xar bir mexnatchi tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotni kо‘paytirish
kerak. Bu xolla har bir maxsulot birligiga sarflanadigan ish haqi qisqaradi, ammo
ishchining umumiy ish xaki esa ortib boradi. Mexnat unumdorligi ish hakiga
nisbatan jadal о‘sgandagina tannarx pasayadi.
Mexnat unumdorligining о‘sish moxiyati shundan iboratki, bunda mahsulot
ishlab chiqarishga ketadigan jonli mehnat ulushi kamayadi, il gari sarflangan
mehnatning ulushi esa ortadi, biroq mahsulot birligi uchun ketadigan mehnat sarfi
qisqaradi.
Material, yoqilg‘i va elektr energiya xarajatlarini
kamaytirish uchun ularni
tejab sarflash, qimmatbaho materiallarni arzon, lekin yaxshi materiallar bilan
almashtirish, ularni sotib olish va korxonaga keltirish bilan bog‘liq bо‘lgan
sarflarni qisqartirish kerak bо‘ladi.
Xizmat kо‘rsatish va boshqarish uchun ketadigan xarajatlarni qisqartirishga
esa tarmoq va korxonalardagi ma’muriy-boshqaruv apparatining sarflarini
kamaytirish, asbob-uskuna,
bino va inshootlarni saklash, yoritish, isitish uchun
ketadigan mablag‘larni tejab-tergab sarflash orqali erishiladi.
Unumsiz xarajatlarni (jarima tо‘lash, penya va hokazolar) tugatish mahsulot
tannarxini pasaytirishda muxim axamiyat kasb etadi.
Texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy shakllarini
takomillashtirish, ishlab chiqarishni ratsional joylashtirish, ishlab chiqarish va
mehnatni korxonaning ichida uyushtirishni yaxshilash
mahsulot tannarxini
pasaytirishni ta’minlovchi omillar hisoblanadi. Masalan, texnika taraqkiyoti
mahsulot tannarxini pasaytirishning barcha manbalariga ta’sir kо‘rsatadi. Ishlab
chiqarishni elektrlashtirish va elektronizatsiyalash hamda kompleks avtomatlashti-
rish, kimyolash mahsulot tayyorlash uchun sarflanadigan solishtirma xarajatlarni
kamaytiradi.
Har bir korxonada mahsulot tannarxini pasaytirish darajasini hisoblash uchun,
eng avvalo, undagi zahira, foydalanilmayotgan imkoniyatlarni aniklash kerak. Ular
kо‘zga tashlanadigan, yuzaki, juda murakkab, kо‘z ilg‘amaydigan bо‘lishi mum-
kin. Faqat chuqur, har taraflama iqtisodiy-texnik tahlildan
keyin ularni aniqlash,
topish mumkin bо‘ladi.
Zahiralar xar xil belgilarga qarab guruhlarga ajratilishi mumkin. Ular, eng
avvalo, tо‘planish joyiga kura, ichki ishlab chiqarish va tashki rezervlarga ajraladi.
Tashki rezervlarga tarmoqlar bо‘yicha rezervlar, regional (hududiy) va tabiiy-
ekologik rezervlar kiradi.
Rezervlar safarbar etilishi muddati bо‘yicha joriy va istiqbolli rezervlarga
ajraladi.
Rezervlarni ishlab chiqarish jarayonlarining elementlari bо‘yicha ham
guruxlarga bо‘lish mumkin. Bunday rezervlarga mexnat, moddiy va asosiy
fondlardan foydalanish rezervlari kiradi.
Korxona yoki tarmoq faoliyatini tahlil etish uchun rezervlarni ikkiga bо‘lib
kо‘rish mumkin:
- tashkiliy-texnikaviy rezervlar;
- ijtimoiy - iqtisodiy rezervlar.
Yuqorida
keltirilgan
barcha
rezervlar,
ya’ni
foydalanilmayotgan
imkoniyatlarni safarbar etish, ishga solish hamda shu asosda tannarxni keskin
pasaytirish uchun bir kator omillardan keng foydalanish va ularni xisoblab chikish
kerak. U ishning metodikasi, usulini «Korxonalar
faoliyatini tashkil etish,
rejalashtirish va boshqarish» fani bо‘yicha ma’ruzalarda, amaliy mashg‘ulotlarda
chuqkurroq va har tomonlama tushuntirib beriladi.
Mahsulot
tannarxini
rejalashtirish
mexnat,
moddiy
va
moliyaviy
mablag‘lardan oqilona foydalanish asosida ishlab chiqarishning yuqori
samaradorligiga erishishga qaratilgandir. Tannarx rejasi quyidagi bо‘limlarni о‘z
ichiga oladi:
1. Mahsulot tannarxini pasaytirish rejasi;
2. Mahsulot tannarxini kalkulyakiyalash;
3. Ishlab chiqarish xarajatlari smetasi;
4. Tovar va sotiladigan mahsulot tannarxining hisobi.
Tannarx rejasi, ikki boskichda ishlab chikiladi. Birinchi boskichda, eng
avvalo, hisobot yilida rejalarning bajaralishi taxlil etiladi, maxsulot tannarxini
pasaytirish, foyda va rentabellikni oshirish rezervlari aniklanadi va aniklangan
rezervlardan foydalanish tadbirlari belgilanadi, reja loyixasi ishlab chikiladi.
Ikkinchi bsskichda esa rejaning uzil-kesil loyixasi
ishlab chikiladi va bu reja
topshiriklari korxona bо‘limlariga yetkaziladi.
Maxsulot tannarxi va uni pasaytirish topshiriqlari davlat va korxona rejasida
yukoridan belgilanmaydigan, aksincha, korxonalarning о‘zida hisob qilinadigan
kо‘rsatkich
xisoblanadi.
Shunga
qaramay,
maxsulot
tannarxi
sanoat
kо‘rsatkichlaridan biri bо‘lib qolaveradi. Chunki sanoat mahsuloti tannarxini pa-
saytirish ishlab chiqarishning rentabellik darajasini oshirish rezervlaridan biri
hisoblanadi. Maxsulot tannarxi qanchalik past bо‘lsa, albatta, boshqa shart-
sharoitlar bir xil bо‘lgan holda (masalan, xuddi о‘sha mahsulotning narxi barkaror
bо‘lganda) uni sotishdan kelgan foyda xam shunchalik kо‘p bо‘ladi.
Qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot
tannarxini
kamaytirishni
rag‘batlantirish
hisobidan
korxonalarning
raqobatdoshligini oshirish.
Shu maqsadda yaqinda xо‘jalik yurituvchi sub’ektlarning
iqtisodiyotimizdagi
etakchi tarmoq va sohalarda mahsulot tannarxini kamida 20 foiz tushirishga
qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish borasidagi takliflari ma’qullanganini
qayd etish lozim.
Buning uchun har bir xо‘jalik yurituvchi subyekt о‘z faoliyat yо‘nalishi
bо‘yicha tannarxni pasaytirish omillari tо‘g‘risida keng va chuqur tasavvurga ega
bо‘lishi lozim. Umumiy holda, mamlakatimiz korxonalarida tannarxni
pasaytirishning asosiy yо‘nalishlari sifatida quyidagilarga alohida e’tibor qaratish
maqsadga
muvofiqdir
Tannarxni
pasaytirishning
asosiy
yо‘nalishlari
quyidagilardan iborat: