VIII – MAVZU. Ishlab chiqarish xarajatlari
8.1. Ishlab chiqarish xarajatlarini tasniflash va ularning turlari
Ishlab chiqarish xarajatlari iqtisodiyot fanlari
nazariyasida va amaliyotida
muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, qiymat tushunchasi turli xil qarashlar
mavjud. Ayrim iktisodchi olimlar tovarning qiymatini uning natijaliligi bilan
bog‘lasalar, ayrimlari tovar qiymati — tovar ishlab chikaruvchilarning tovarda
gavdalangan va undagi jonli va moddiylashgan mexnati, deb hisoblaydilar.
Boshqalari esa, tovarning qiymatini ushbu tovarga bо‘lgan
talab va taklif, ya’ni
tovarning iste’molchiga beradigan nafi belgilaydi, deb ta’kidlaydi.
Umuman olganda, tovarning kiymati uning boshqa tovarga ayirboshlana olish
darajasini aniklash uchun zarurdir. Narx (baxo) va kiymat tushunchalari orasida
deyarli farq yо‘q. Fakatgina narx (baxo) — bu, tovar qiymatining
puldagi
ifodasidir xalos.
Iqtisodiyotda mahsulot ishlab chiqarish tannarxi kategoriyasidan ham keng
foydalaniladi. Qiymat va ishlab chiqarish tannarxi о‘rtasidagi tafovut ishlab
chiqarish subyektining daromadi yoki foydasi hisoblanadi.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi — mahsulotni ishlab chiqarish, ya’ni
ishlab chiqarish texnologiyasi bilan boqlik bо‘lgan
xarajatlarning puldagi
ifodasidir.
Sanoat oldida turgan asosiy vazifalardan biri — maxsulot ishlab chiqarish
tannarxini pasaytirishdir. Bu vazifaning bajarilishi natijasida ishlab chiqarishni
rivojlantirishga va aholining turmush darajasini oshirishga imkoniyat yaratiladi.
Ayniqsa, bozor iktisodiyoti sharoitida barcha resurslardan bekamu-kо‘st
foydalanish bu kursatkichlarning rolini oshirishni taqozo etadi. Shu sababli
«tannarx» atamasining mohiyati, axamiyati, mazmuni va
shakllarini yaxshi bilish
hamda uni pasaytirish masalasiga katta e’tibor berish kerak.
Biron-bir mahsulot ishlab chiqarish uchun ma’lum miqdorda xomashyo va
materiallar, mexnat va ishlab chiqarish xususiyatiga ega bо‘lgan boshqa yuklama
xarajatlar sarflanadi. Mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bulgan xa-
rajatlarning puldagi ifodasi mahsulot ishlab chiqarish tannarxi deb ataladi.
Maxsulot ishlab chiqarish tannarxi kо‘rsatkichi
ishlab chiqarishni
rivojlantirishda va uni tashkil etishda muxim rol о‘ynaydi.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish ishlab chiqarish rentabelligini
oshirish, ya’ni foydani kо‘paytirishning, mavjud resurslar bilan ishlab chiqarish
hajmini о‘stirishning muxim omili hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi
kо‘rsatkichi ishlab chiqarish sifat kо‘rsatkichlari orasida alohida о‘rin tutadi.
Ishlab chiqarishni
va mehnatni tashkil etish, texnika va materiallardan
foydalanish, moddiy-texnika ta’minotini takomillashtirish, maxsulot sifatini
yaxshilash borasidagi hamma о‘zgarishlar xarajatlar darajasida aks etadi. Shu
sababli ham biz mahsulot tannarxi ishlab chiqarish samaradorligining sifat
kо‘rsatkichlari tizimida muxim urin egallaydi, deya olamiz.
Binobarin, shuning
uchun ham mahsulot ishlab chiqarish tannarxini xosil qiluvchi xarajatlarni ularning
iqtisodiy mazmuniga kо‘ra guruhlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Har qanday firmaning asosiy maqsadi foydani maksimallashtirishdan
iboratdir. Umumiy holda foyda yalpi daromaddan umumiy xarajatlarni ayirish
orqali topiladi. Bunda,
TC
ТR
Р
R-foyda; TR – umumiy daromad; TS-umumiy xarajat.
Xarajatlar korxonaga nisbatan tashqi va ichki xarajatlarga bо‘linadi.
Tashqi xarajatlar ga tashqi tо‘lovlar, xizmat kо‘rsatuvchilar va xom-ashyo
yetkazib beruvchilarga (xom-ashyo, materiallar,
elektroenergiya, gaz) tо‘lovlar
kiradi. Umumiy daromaddan tashqi xarajatlarni ayirib tashlasak, buxgalteriya
foydasini olamiz. Buxgalteriya foydasi ichki (yashirin) xarajatlarni hisobga
olmaydi. Ichki xarajatlar sifatida quyidagilar qaraladi; 1) tadbirkorning о‘ziga
tegishli resurslarga bо‘lgan xarajati; 2) tadbirkorlik qobiliyatiga tо‘g‘ri
keladigan
va tadbirkorga tegishli bо‘lgan meyoriy foyda. Buxgalteriya foydasidan ichki
xarajatlarni ayirib tashlasak, iqtisodiy foydani olamiz.
Tashqi va ichki xarajatlarning yig‘indisi alternativ yoki iqtisodiy xarajatlarni
tashkil qiladi. Alternativ xarajatlar, firmaning resurslaridan eng yaxshi variantda
foydalanishi bilan bog‘liq yо‘qotilgan imkoniyatlardir. Iqtisodiy xarajatlar firma
faoliyatini buxgalter va iqtisodchi tomonidan baholanishini
farq qilishga imkon
beradi. Buxgalterni birinchi navbatda, firmaning ma’lum muddat davomidagi
(hisobot davrida) faoliyati natijalari qiziqtiradi. Iqtisodchini esa firmaning kelajagi,
uning kelajagidagi faoliyati qiziqtiradi. Shuning uchun ham iqtisodchi firma
ixtiyoridagi resurslardan eng yaxshi alternativ foydalanish variantlarni topishga
etibor beradi.