Vi mavzu: suitsidal urinishlar sodir etgan bolaga yordam berish



Download 86,81 Kb.
bet2/29
Sana31.12.2021
Hajmi86,81 Kb.
#239478
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
2 5201992589946915548

Suitsid muammosi.

  • Suitsidal xatar omillar

  • Suitsidal xatar indikatorlari.

  • Suitsidal urinishlar sodir etgan bolalar bilan olib boriladigan psixologik maslahat ishlari.

  • Suitsidga uringanlarni davolashga yo’naltirilgan chora-tadbirlar

  • Suitsidal mijozlar bilan ishlash

  • Guruhiy inqirozli psixoterapiya. Reorientatsion trening.


    1-reja bayoni

    O’z joniga qasd qilish (suitsid) - bu ongli ravishda o’zini hayotdan ayirish. Suitsidal hulq-suitsidga qaraganda kengroq tushuncha bo’lib, u suitsidal urinishlar va ko’rinishlarni, suiqasdni o’z ichiga qamrab oladi. Suiqasdga suitsidentga bog’liq bo’lmagan sababga ko’ra o’lim bilan yakunlanmagan barcha suitsidal aktlar kiradi (arqonning uzilib ketishi, o’z vaqtida ko’rsatilgan reanimatsion tadbirlar va b...). Suitsidal ko’rinishlarga esa-amalda bajarilmagan biroq o’zini hayotdan ayirish uchun yo’naltirilgan har qanday harakatlar, o’y-xayollar, ishoralar kiradi.

    Suitsid fenomeni psixologik inqiroz bilan bog’liq. Ushbu inqiroz tushunchasi ostida shaxsni muhim hayotiy ehtiyojlarini qondirish yo’lida duch keladigan qarshiliklarga javoban yuzaga keluvchi emotsional holat tushuniladi. Ya’ni, bu to’siqlarni inson avvalgi hayot tajribasidan o’zi uchun ma’lum bo’lgan echim usuli bilan bartaraf eta olmaydi.

    Shunday qilib, psixologik inqirozni tashqi sharoitlar bosimi ostida yuzaga keluvchi ichki emotsional muvozanatning buzilishi deb aytish mumkin.

    A.G.Ambrumova fikriga ko’ra, "Suitsid xavfi kelajakni konstruktiv rejalashtirish qobiliyatini birdan pasayib ketishi bilan aniqlanadi".

    Ma’naviy-psixologik og’riq og’ir inqirozli holatlarning umumiy omillaridan hisoblanadi. Ma’naviy og’riqqa chidab bo’lmaslik uni qanday yo’l bilan bo’lmasin to’xtatishga intilishga olib keladi va suitsid insonga muammolarini echish va ulardan qutilishning yagona yo’li bo’lib ko’rinadi.

    Suitsid (ang. " suicide "-o’z joniga qasd qilimoq) - inson kuchli ruhiy buzilish holatida yoki psixik kasallik ta’siri ostida o’z joniga qasd qilishni sodir etish akti; o’tkir psixik jarohat beruvchi vaziyatlarda o’z hayoti oliy qadr-qimmat sifatida ushbu inson uchun o’z mazmunini yo’qotadi.

    Ichki suitsidal ko’rinishlar o’z ichiga quyidagilarni oladi:

    • Suitsidal hayollar; o’lim haqidagi fantaziyalar;

    • Suitsidal niyatlar: o’z joniga qasd qilish usullarini o’ylash, uning vosita

    va vaqtini tanlash;

    • Suitsidal maqsad: niyatga irodaviy komponent qo’shiladi va inson o’zini harakatga yo’naltiradi.

    Tashqi suitsidal xulq-atvor shakllariga:

    • Suitsidal urinishlar - xulq-atvomi maqsadga yo’naltirish akti, o’lim bilan tugallanmagan urinish;

    • Tugallangan suitsid: inson o’limiga olib keluvchi harakatlar.

    Suitsidal xulq belgilari:

    1. emotsional buzilish belgilari:

    • ishtahaning yo’qolishi yoki haddan tashqari ochofatlik;

    • uyqusizlik yoki haddan tashqari uxlash;

    • o’zining tashqi ko’rinishiga haddan tashqari e’tiborsizlik;

    • doimiy aybdorlik, g’amginlik, yolg’izlik, keraksizlik hissi;

    • avvalgi zavq bag’ishlagan ishini bajarish jarayonida zerikishni his qilish;

    • oila a’zolari va do’stlaridan qochish;

    • bajarayotgan ish sifatining yomonlashuvi, diqqatning susayishi;

    • o’lim haqidagi xayollarga berilish;

    • kelajak rejalarning yo’qligi;

    • arzimagan bahona bilan g’azablanish;

    1. Tashqi ko’rinish va xulqdagi o’zgarishlar:

    • ma’nosiz yuz ifodasi;

    • sokin, monoton ovoz;

    • nutq sekinlashuvi;

    • javoblarning qisqaligi;

    • javoblarning yo’qligi;

    • tezlashgan, ekspressiv nutq;

    • umumharakatning kamayishi;

    • faoliyatsizlik;

    • harakatlarning oshib ketishi;

    1. Psixologik kasalliklar:

    1. O’z hayotini baholash:

    • o’tmishni pessimistik baholash

    • o’tmishning noxush voqealarini eslash

    • kelajak rejalarning yo’qligi

    1. Atrofdagilar bilan munosabat:

    • atrofdagilar bilan muloqotdan qochish, odamovilik;

    • atrofdagilar bilan munosabatga kirishishga harakat qilish, hamdardlik izlash, doktorga murojat qilish;

    • o’z dardiga egotsentrik yo’nalganlik;

    1. Vegativ buzilishlar:

    • yig’loqilik;

    • qorachiqlarning kengayishi;

    • og’izdagi quruqlik ("quruq til" simptomi);

    • taxikardiya;

    • arterial bosimning oshishi;

    • havo etishmasligi;

    • tomoqqa nimadir tiqilgandek his qilish;

    • bosh og’riqlari;

    • uyqusizlik;

    • uyquchilik;

    • tanada og’riqni xis qilish;

    • vaznni ortishi;

    • vaznning kamayishi;

    • ishtahaning bo’g’ilishi;

    • menstrual tsiklni buzilishi.


    2-reja bayoni

    Suitsid amalga oshirilishiga turli - tuman omillar sabab bo’lishi mumkin. Jumladan:


    1. Download 86,81 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish