6-reja bayoni
Suitsidal xulq quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oluvchi dinamik jarayon hisoblanadi:
Suitsidal tendentsiyalar bosqichi. Bu o’z hayotiy kadrini tushib ketishi, yashashga ishtiyoqning yuqolishi kabi ochiqdan-ochiq yoki yashirin belgilar. Bu bosqichda suitsidning oldini olish ancha osonroq hisoblanadi.
Suitsidal hatti-harakatlar bosqichi. Bu bosqich tendentsiyalar aniq harakatlarga aylanganda boshlanadi. Suitsidal urininish deganda inson o’z joniga qasd kilganda unga bog’liq bo’lmagan holat (o’z vaqtida ko’rsatilgan yordam) tufayli yakuniga etkazilmagan vaziyat nazarda tutiladi. Demonstrativ xarakterga ega (shantaj atrofdagilarga psixologik yoki emotsional bosim o’tkazish) o’limga olib kelmaydigan, og’ir bo’lmagan jaroxatlarni o’ziga etkazish parasuitsid deb nomlanadi. Parasuitsid o’limga olib kelmaydi, biroq suitsident "oshirib yuborishi" oqibatida vafot etish holatlari ham kuzatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |