Biologik sinab ko‘rish va immunologik namuna.
Ekspress-diagnostika usullariga biologik sinab ko‘rish ham qo‘shiladi, ammo ekspress usullarga (immunologik namuna ham) shartli ravishda qo‘shiladi.
Biologik sinab ko‘rish-laboratoriya hayvonlarini va tabiiy moyil hayvonlarni kasal hayvonlardan olingan material bilan tajriba uchun yuqtirish (barcha tirik ob’ektlarga yuqtirish ko‘zga tutiladi).
Kasallikning o‘ziga xos klinik belgilarini va unga o‘xshash patologoanatomik o‘zgarishlar chaqirish maqsadida biologik sinab ko‘rish o‘tkaziladi.
Bunday kasalliklar juda kam, jumladan Aueski kasalligiga gumonsiralgan quyonlarda biologik sinab ko‘riladi, quturish kasalligida
-sichqonlarda ayrim hollarda quyonda, oqsil kasalligida- dengiz cho‘chqachalarida, yirik shoxli hayvonlarning o‘latida-buzoqlarda, vezikulyar stomatit kasalligida-dengiz cho‘chqachalarida va oq sichqonlarda, qo‘ylarning kontagiozli ektimasida va chechak kasalligida-qo‘zichoqlarda; yuqumli laringotraxeit va bronxit kasalliklarida jo‘jalarda biologik sinab ko‘riladi.
Immunli va immunsiz hayvonlarda immunologik namuna, ya’ni biologik sinab ko‘rishni o‘tkazish kasallikni aniqlashga va uni farqlashga imkon beradi.
Yirik shoxli hayvonlarning o‘lat kasalligida immunologik namuna buzoqlarda, cho‘chqalarning Afrika o‘latida-cho‘chqa bolalarida qo‘yiladi.
Biologik sinab ko‘rish va ayniqsa immunologik namunani tabiiy moil hayvonlarda o‘tkazish nihoyat qimmat va bajarilishi qiyinligi tufayli kam ishlatiladi.
Biologik sinab ko‘rish esa laboratoriya hayvonlarida o‘tkazish ko‘p ishlatiladi, biroq javobi doimo aniq bo‘lavermaydi.
Ekspress-diagnostika usullarini umum baholaganda quyidagini aytish mumkin; ular qisqa vaqtda kasal hayvon organizmidan olingan patologik materialdagi virusning turi va uning bor yo‘qligi haqidagi savolga javob beradi. Ularning asosiy xususiyati ham shunda. Biroq olingan javobning to‘g‘rilik darajasi qoidaga binoan unchalik yuqori emas, shuning uchun ekspress-diagnoz natijalarini boshqa usullar bilan isbotlash talab qilinadi.
Shu sababli tekshirish uchun keltirilgan patologik materialning faqat bir qismigina tekshirish uchun ishlatilsa, qolgan qismlari esa boshqa virusologik tekshiruvlarga sarflanadi.
Odatda, bu ikki taraflama tekshirish usullari bir vaqtda boshlanadi, ammo ekspress-usullarning javobi birinchi bo‘lib, keyinchalik esa boshqa usullarniki olinadi, ular ekspress diagnozning to‘g‘riligini isbotlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |