MAVZU:Bilvosita gemagglyutinatsiya reaksiyasi va uningvirusologiyada qo‘llanilishi.
Bilvosita gemagglyutinatsiya reaksiyasi (BGAR) virusologiya tekshiruvlarida keng qo‘llanilmoqda.
Reaksiyaning mohiyati shundan iboratki, eritrotsitlar yuzasiga oldindan shimdirilgan antigenlar o‘ziga gomologik zardob (antitelo) bilan uchrashsa, agglyutinatsiyalanish qobiliyatiga ega bo‘ladi.
Bu fenomen ushbu usulda antitelolarni topish va titrlashga asoslangan. Eritrotsitlar bu erda spetsifik determinantlarni tashuvchi vazifani o‘taydi va ularning agglyutinatsiyasi antigen-antitelo reaksiyasi natijasida sodir bo‘ladi va bu hol o‘zining cho‘kmasiga asosan ko‘zga yaqqol ko‘rinadi. Shu tufayli BGAR spetsifik bo‘lgan serologik reaksiya hisoblanadi (58-rasm).
Antigen shimdirilgan qon zardobidagi Eritrotsitlarning
eritrotsitlar (antigenli antitelo agglyutinatsiyasi
eritrotsitar diagnostikum)
58-rasm.Bilvosita gemagglyutinatsiya reaksiyasining tasviri.
BGAR ni GAR dan farqlash kerak. GAR da eritrotsitlarni bir biriga yopishishi (agglyutinatsiyasi) uning retseptorlari virus retseptorlari bilan o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keladi (59-rasm).
Eritrotsitlar viruslarning Eritrotsitlarning
virionlari agglyutinatsiyasi.
59-rasm.Gemagglyutinatsiya reaksiyasining tasviri.
BGAR da esa, agglyutinatsiyani antigen+antitelo kompleksi yuzaga keltiradi.
40-yillarning oxirida bakterial kasalliklarni aniqlashda BGAR ni birinchi bor tavsiya qilishgan. Virus antigenlari bilan BGAR birinchi bo‘lib Bernet va Andersen (1946) bayon qilishgan.
Keyingi rivojlanishni Boyden (1951) ishlatiladigan eritrotsitlarga tanin bilan ishlov berish usulini joriy qilgandan so‘ng davom etkazdi.
BGAR ning boshqa xili 1956 yilda tavsiya qilingan. Bunda eritrotsitlarning yuzasiga antitelolar shimdiriladi va ular o‘zining gomologik antigenlari ta’sirida gemagglyutinatsiyaga uchrab o‘ziga xos cho‘kma hosil qiladi. Antitelo bilan sensibilizatsiyalangan eritrotsitlarni qo‘llash har xil materiallardagi antigenlarni tez topishga imkon yaratadi. Eritrotsitlar yuzasiga mustahkam yopishtirilgan antigenlarni eritrotsitar antigenli diagnostikmlar yoki eritrotsitga sensibilizatsiyalangan antitelolar deb ataladi.
Bu ikki muhim usulga asoslangan BGAR ning modifikatsiyalari virusologiyada juda keng qo‘llaniladi.
U quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
a)sensibilizatsiyalangan eritrotsitlarni tayyorlash (eritrotsitlarni tayyorlash, ularni fiksatsiyalash, taninlash va sensibilizatsiyalash).
b)BGAR ning asosiy tajribasini qo‘yish. Odatda, veterinariya laboratoriyasida faqat asosiy tajriba qo‘yiladi, sensibilizatsiya-langan eritrotsitlarni tayyorlash esa biologik ishlab chiqarish fabrikalarida olib boriladi.
Sensibilizatsiyalangan eritrotsitlar (eritrotsitar diagnostikumlar) tayyorlash jarayoni quyidagilarni o‘z ichigqa oladi:
1-eritrotsitlarni tayyorlash. Bu maqsad uchun qo‘y va odam eritrotsitlari keng qo‘llaniladi.
Hozirgi vaqtda bu maqsad uchun parrandalarning eritrotsitlari (tovuq, kurka, o‘rdak) ko‘p qo‘llaniladi, chunki ulardan tayyorlangan diagnostikumlar tez cho‘kmaga tushadi bu esa sezgirlikni yo‘qotmasdan tekshirish muddatini qisqartiradi.
Tegishli turdagi hayvondan umumiy usul bilan qon olinadi. Fibrinsizlantirilgan qon sentrifuga yordamida uch marta natriy xlorning izotonik eritmasi bilan yuviladi.
2-eritrotsitlarni fiksatsiyalash. Fiksatsiyalangan eritrotsitlarni xususiyati shundaki, ular uzoq vaqt suspenziyalarda gemolizga uchramasdan saqlanadi. Eritrotsitlarni fiksatsiyalash uchun ko‘pincha formal’degid, glutarli yoki akrilli al’degidlar ko‘p ishlatiladi.
Fiksatsiyalash usuli xilma- xil. Ulardan birida; 50% yuvilgan eritrotsitlarning aralashmasi, bir xil hajmdagi 50% formalin bilan qo‘shiladi va 37 0 C 2 soatlik kontaktda vaqti-vaqti bilan eritrotsitlar aralashtirilib 3 marta 0,15 NaCL (pH 7,2) eritmasida yuviladi.
3-eritrotsitlarni taninlash. Eritrotsitlarga taninning ta’sir mexanizmi kam o‘rganilgan. Biroq bunda asosiy maqsadga erishiladi-taninlangan eritrotsitlar katta hajmdagi oqsillarni shimish qobiliyatiga ega bo‘ladi.
Formalinlangan eritrotsitlarni taninlash bir-xil hajmdagi 3% li eritrotsitlarni taninning (1:20000) eritmasiga qo‘shish yo‘li bilan 37oC haroratda 10-15 daqiqali kontaktdan so‘ng sentrifugalanib, cho‘kma uch karra (pH 7,2) fosfat buferi bilan yuviladi.
4-eritrotsitlarni sensibilizatsiyalash, eritrotsitlarning 0,15 M fosfat buferidagi (pH 6,4) 10% konsentratsiyadagisi teng hajmdagi virus saqlovchi suyuqlik bilan aralashtiriladi. Aralashma 37oC 60 daqiqa ushlanadi, vaqti vaqti bilan chayqatiladi, so‘ng sentrifugalanadi va 2-3 marta yuviladi. Sensibilizatsiyalangan eritrotsitlar cho‘kmasini 1%-li konsentratsiyagacha suyultirib quyonning 1% normal zardobini saqlovchi pH (7,2) bo‘lgan fosfat bufer eritmasida stabillanadi.
Shu yo‘l bilan sensibilizatsiyalanib olingan eritrotsitlar BGAR uchun ishlatiladi. Shuni aytish kerakki, har qaysi virus antigenlari bilan eritrotsitlarni sensibilizatsiyalash jarayoni har-xil bo‘ladi; uning optimal variantlari sinov tajribalarida ma’lum bo‘ladi.
BGAR ning asosiy tajribasi
Reaksiya probirkalarda yoki pleksiglas panellarning chuqurchalarida qo‘yiladi. So‘ngi paytlarda BGAR ning mikro usuli Takachi (60-rasm) yoki Titertek apparatlari yordamida qo‘yiladi. Tekshiriladigan va nazorat zardoblar 56oC 30 daqiqa qizdiriladi. Tekshiriladigan zardob 0,2 ml hajmda quyonning 1% normal zardobini saqlovchi fiziologik eritmada (pH 7,2-7,4) ikki karrali suyultiriladi, so‘ngra zardobning har-qaysi suyultirilganiga, 0,2 ml antigen bilan sensibilizatsiyalangan eritrotsitlar qo‘shiladi. Aralashma chayqatilib xona haroratida saqlanadi. Nazoratdagi eritrotsitlarning cho‘kishiga qarab 2-3 soatdan so‘ng natija hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |