Zardobdagi antiteloning titrini o‘stirilgan hujayrada NR qo‘yish tufayli aniqlash
Material bilan ta’minlash
Spirt bilan fiksatsiyalangan SPT va normal o‘stirilgan hujayralar shunday olingan bo‘lishi kerakki neytrallash reaksiyasi sodir bo‘lsin; yoritgichli mikroskoplar va probirkalarni mikroskop ostida kuzatish uchun moslamalar.
Mashg‘ulotning taxminiy rejasi
1.Nazorat uchun savollar.
2.O‘qituvchining tushuntirishi.
3.Talabalarning mustaqil ishi: a) o‘stirilgan hujayralarda qo‘yilgan NR- natijasini hisoblash va jadval tuzish; b)zardobdagi antitelo titrini hisoblash.
4.Mashg‘ulotni yakunlash
5.Kelgusi mashg‘ulotga topshiriq.
Nazorat uchun savollar
1.Neytrallash reaksiyasining mohiyati nimada?
2.Neytrallash reaksiyasining qanday modifikatsiyalarini bilasiz?
3.Neytrallash reaksiyasi qaysi masalalarni echa olishini so‘zlab bering.
4.Neytrallash reaksiyasining yutuq va kamchiliklari nimadan iborat?
Uslubiy ko‘rsatmalar
1.Mashg‘ulot dastlabki tayyorgarlikni talab qiladi. Bir mashg‘ulotda NR to‘lasincha qo‘yib bo‘lmasligi sababli uni faqat oxirgi bosqichini ko‘rsatish maqsadga muvofiq.
NR o‘stirilib fiksatsiyalangan hujayralarda tayyorlash qulay. Buning uchun probirkalarda (kamida 50) hujayralarning xohlagan turi o‘stiriladi.
Har probirkani dastlab fiziologik eritma bilan bir qavat hujayralar, monosloy yuvilgandan so‘ng ularning oziqa muhiti 70o etil spirti bilan almashtiriladi.
Bunday fiksatsiyalangan hujayralar gorizontal (5% qiyshay-tirilgan) holatda xona haroratida bir necha oy saqlanadi. Ular tirik hujayralardan kam farq qiladi, shuning uchun ularni kuzatish qulay.
Hujayrasi bor probirkalarning ikkinchi qismiga esa SPT chaqiraoladigan virus yuqtiriladi. SPT sodir bo‘lgandan so‘ng ularni ham spirt bilan fiksatsiyalanadi.
Keyinchalik SPT va normal hujayrali probirkalarni jadval asosida nomerlab terib qo‘yiladi.
Har bir o‘quv guruhi uchun bu to‘plamlarning bir nechtasini qo‘yish kifoya ( har 6-8 talabaga bitta to‘plam ) ular NR o‘rnini bosa oladi.
NR bilan amaliy tanishtirishdan tashqari, viruslarni hujayralarga ta’sir ko‘rsatish kuchini baholashda qo‘shimcha mashq hisoblanadi.
2.Antitelolarning titrini aniqlashda zardobning ikki karrali suyultirilgani 10 karralikga o‘tkaziladi.Shu bilan birgalikda suyultirilgan darajalarning bo‘laklangan ko‘rsatkichi 2=100,3 ekanligini unutmaslik kerak.
3.Zardobning 50% himoya qiluvchi kuchini Rid va Mench yoki Kerber formulalari bilan hisoblangan farqi shuki bu erda musbat natija virus ta’sirining yo‘qligi ( manfiy biologik sinab ko‘rish ) ya’ni formulada hech narsa o‘zgartirilmaydi.