Mavzu: IFA (Immmunoferment tahlil)
Immunoferment analiz – antigen reaksiyalarning maxsusligini va yuqori tanlanishiga asoslangan laboratoriya tekshirishlaridir.
IFA ning bir necha o‘nlab modifikatsiyalari farqlanadi. Eng keng tarqalgani qattiq fazali geterogen immuno tahlil usuli – ELISA (ensive linked immunosorbent assay) hisoblanadi. IFA ikkita maqsadda qo‘llaniladi ko‘pincha turli xil yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining antigenlarini aniqlash: turli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarini antigenlariga antitelolar (Lg A, Lg M, Lg G) ni birikishini aniqlash uchun.
IFA yordamida barcha jinsiy organlarni yuqumli kasalliklariga qarshi antitelolarni aniqlash mumkin.
IFA asosida antigen va antitelolarning immun reaksiyasi yotadi. Antiteloga belgilangan fermentining birikish esa fermentativ faolligi yoki o‘lim darajasini oshirishning qo‘llanishga qarab antigen – antitelo reaksiyasi natijasini hisobga olish imkonini beradi. Soddalashtirilgan ko‘rinishda reaksiyasini mexanizmini quyidagi tasavvur qilish mumkin. Birinchi reaksiya aniqlanadigan Lg (Av) va qo‘zg‘atuvchilar tozalangan hamda immunologik planshet yuzasida qotirilgan antigen o‘rtasida amalga oshadi. Hosil bo‘lgan immunokompleksni aniqlash uchun ikkinchi immunologik reaksiya o‘tkaziladi. Bunda antigen sifatida bog‘langan spetsifik iimunoglobulinlar qatnashsa, unga qarshi antitelo sifatida peroksidaza fermenti bilan belgilangan. (Av) dan iborat konyugat xizmat qiladi. Keyinchalik molekulaning ferment qismi katalizlanishi natijasida fermentativ reaksiya yuz beradi. Rangning intensivligi namunada immunoglobulinlarning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Reaksiya yakunlangach maxsus asboblar yordamida fotometrik o‘lchashlar o‘tkaziladi. Optik zichlik qancha yuqori bo‘lsa, namunada spetsifik antitelolar miqdori shuncha ko‘p bo‘ladi.
IFA ni qo‘yish
Serodiagnostika uchun 96 chuqurchali polstirol planshetlar ishlatiladi va uning chuqurchalariga oldindan antigen shimdirilgan bo‘ladi. Bunda antigen uchun gamologik bo‘lgan antitelolar unga birikadi. Birikmagan antitelolar yuvib tashlanadi. So‘ngra katakchalarga ferment bilan belgilangan immunoglobulinlarga qarshi antitelolar quyiladi. Agar tekshiriladigan namunalarda antitelolar mavjud bo‘lsa u holda ular bu bosqichda antigen sifatida qatnashadi. Belgilangan antitelo bilan ta’sirlashadi. Yuvilgandan so‘ng xromogen modda qo‘yilishi katakchalardagi bo‘yashning rivojlanishiga qarab reaksiya natijasini hisoblash imkonini beradi. Uning intensivligi fermentning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Katakchadagi suyuqlikning optik zichligini o‘lchash va uni nazorat namunalari bilan taqqoslashda hajm birligidagi antitelolar konsentratsiyasi hisoblab chiqiladi.kuniga optik zichlik birinchidagi natijalar hisoblash usuli qo‘llaniladi. Shuni hisobga olish kerakk, har bir test tizimi uchun norma va patologiyasining natijalarini hisobga olishning o‘z ko‘rsatkichlari mavjud, natijalar interperensiyasida shunga mo‘ljal olish lozim.
Ferment bilan bog‘lashning bioximik immunobiologik va gen injeneriyasi yordamida qo‘llash usullari mavjud.
ELISA (ensive linked immunosorbent assia) immunosorbent bilan bog‘langan fermentni aniqlash.
Polistirol planshetlarda maxsus spektral asboblar yordamida 1 daqiqa davomida 96 ta katakchada 96 ta chuqurchada aniqlash mumkin. Umuman getorogen IFA ni qo‘yish uchun 3-4 soat vaqt ketadi.
IFA ning sezgirligi 1 ml moddalarni konsentratsiyalaridagi 10-9-10-12 mol oqsilda mikrogram va nanogrammlarda o‘lchanadi.
IFA ning qo‘yishdagi qiyinchiliklaridan biri tekshirilayotgan birikmalarni foni bilan fermentning substrat spetsifikligi va antitelolarning afinligi bilan bog‘liq. Shuningdek tekshiriladigan kofaktorlar ingibitorlar va stimulyatorlarning bo‘lishi IFA ning kamchiligidir. IFA ning kamchiligi antigen determinantlar saqlovchi nativ oqsillar va ularning biologik faol bo‘lmagan fragmentlarini farqlash imkoni yo‘qligidir. Fermentni antigen bilan kon’yugatlashda uning katalizatorlik xususiyatlarini passayishi ham halaqit berishi mumkin. IFA ni faqat hamma o‘rganilgan tizimlariga qo‘llash ham (qaysiki, tozalangan antigen va yuqori spetsifik antitelolar bor) cheklanganligidir.
Yuqori sezgirligi va tekshiradigan (bir necha daqiqadan bir necha soatgacha), bir vaqtning o‘zida ko‘plab namunalarni tekshirish mumkinligi va buning uchun namunalarni oldindan tozalash va konsentratsiyalashning zarurati yo‘qligi IFA ga boshqa tekshirish usullaridan ustunligini beradi.
Shu sababli IFA bugungi kunda sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, sanoat biotexnologiyasi, tabiatni asrash va ilmiy tadqiqot ishlarida keng qo‘llanilmoqda. Odam va hayvonlarning har qanday kasalliklari qo‘zg‘atuvchilarini, ularning alohida antigen komponentlarini shu komponentlarga antitelolarini identifikatsiyalash yo‘li bilan yoki sog‘lom organizm uchun xos bo‘lmagan va uning patologik jarayonlarida sintezlanadigan (o‘sma, yurak qon tomir, endokrin kasalliklarida) moddalarni aniqlab diagnoz qo‘yish.
Aholini dispanserlash, epidemiologik tekshirish, zaharlanishlarni aniqlash, qonda narkotiklarni aniqlash, to‘qimalarda dori vositalarini tarkibini aniqlash, hayvon va o‘simliklarda virus kasalliklarini aniqlash, antibiotiklar, vitaminlar, biologik faol birikmalarning sanoat biotexnologiyasi uchun aniqlash tibbiyot preparatlarni OITS va V gepatiti qo‘zg‘atuvchilari viruslarining yo‘qligiga tekshirish va nazorat qilish bu IFA ning amaliy qo‘llanilish sohasining kichik bir ro‘yxatidir.
Bioximiya, hujayra fiziologiyasi va immunologiyasi, mikrobiolgiya, virusologiya, onkologiya sohalarida hozirgi kundagi fundamental tadqiqotlarni IFAsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |