a-yadroda mayda ko‘p sonli donachalarning paydo bo‘lishi;
b-rangsiz doiraga o‘ralgan yagona donacha kiritmalarini hosil bo‘lishi;
c-rangsiz doirani kengayishi va kiritmaning zichlashishi;
d-dag‘al bazofil yadro markazidagi kiritma;
e-shunday kiritmasi bor hujayra, yadroning pastki qismida esa marginirlangan xromatinning to‘planganlari ko‘rinadi;
f-yadroning markaziy qismi, oz bo‘yalgan, uzunasiga yadro membranasida paydo bo‘lgan va yumoloq joylashgan material ko‘proq bo‘yalgan;
g-i-yirik shoxli hayvonlar adenovirusining ettinchi turi yuqtirilgan buqa testikulasining birlamchi o‘stirilgan hujayrasi;
g-unchalik katta bo‘lmagan yakka holdagi va h-o‘zgarmagan xromatin orasida yumaloq kiritma shaklidagi yirik donador eozinofillar va mayda bazofil donachalar kiritma atrofida rangsiz doira shaklida;
i-nukleoplazmalarning rangsiz fonida hujayra ikki kiritmadan iborat.
Ishqorli muhitda hujayra yadrosi ko‘k rangda bo‘ladi. So‘ngra preparatlar 0,1% eozinning suvdagi eritmasida 30-60 soniya bo‘yaladi, filtrlovchi qog‘oz bilan ortiqcha namlik olingach spirtni ortib boruvchi konsentratsiyasidan o‘tkazilib 70, 80, 96(1), 96(2), 1000+ ksilol (1:1), ksilol 2 va balzamlash bilan yakunlanadi.
Har qaysu spirt va ksilolda preparatlar 1 daqiqagacha saqlanadi. Preparatni bir boksdan ikkinchi boksga o‘tkazayotganda albatta filtrlovchi qog‘oz yordamida ortiqcha nam shimdirilib olinadi, aks holda navbatdagi boksdagi spirtning suvi ko‘payib ketadi.
Gemotoksilin eozin bilan bo‘yalganda virusga bog‘liq holda hujayra yadrosi ko‘k rangga, sitoplazmasi esa qizil rangga bo‘yaladi (42 rasm).
Gripp kasalligida kiritma tanachalarini ko‘rish uchun ko‘pincha o‘stirilgan hujayra Klisenko usuli bilan bo‘yaladi. Buning uchun virus yuqtirilgan hujayralar issiqligi 370C fiziologik eritma bilan yuviladi va Dyuboska-Brazila-Buena suyuqligida 20 daqiqadan to bir necha haftagacha fiksatsiyalanadi.
3-4 marta distillangan suvda to‘lasincha yuvilgan ob’ektlar 1% - akridin sariq eritmasi bilan 10 daqiqa bo‘yaladi, so‘ngra distillangan suv bilan yaxshilab yuviladi, so‘ngra yana 1% eozin eritmasi bilan 30 daqiqa bo‘yalgach, distillangan suv bilan yuvilib, (1:1000) metilen ko‘ki shimdiriladi. Metilen ko’kini ishlatishdan oldin 1% bosh (matochnaya) eritmasi tayyorlab olinadi.
Bo‘yalgan preparatlar distillangan suv bilan yuvilib, (50ml spirtdagi 2-3 tomchi muzli uksus kislota) absolyut spirtda qizil ko‘k rang bo‘lguncha differensiatsiyalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |