Topshiriq
1.Tovuq homilasining fibroblastlaridan birlamchi o‘stirilgan hujayra olish.
2.O‘stirilgan hujayraga viruslarni yuqtirish isuli bilan tanishish.
3.Sitopatik effekt bo‘yicha hujayrada virusning ko‘payganligini aniqlash.
4.Gemadsorbsiya reaksiyasini qo‘yish.
5.Toshmalar usuli bilan tanishish.
Matetial bilan ta’minlash: sterrillangan maxsus kiyim (xalatlar, bosh kiyimi, yuz yopqich); 9-11 kunlik tovuq homilalari; ovoskoplar yoki OI-19 yoritgichi; tuxumni qo‘yish uchun moslama; spirt lampalar; steril instrumentlar joylashtirilgan sterilizatorlar (to‘g‘ri va egri ko‘z qaychilari, anotomik pinsetlar); magnitli aralashtirgich; sentrifuga; steril sentrifuga probirkalari; muz solingan idish; mikroskoplar; Goryaev kamerasi; probirkalarni joylashtirish uchun moslama; steril idishlar (petri likopchasi, bankachalar, tripsinlash uchun magnit solingan kolba; doka filtrlar, graduirlangan 1, 2, 5 va 10 ml pipetkalar, rezina tiqinli probirkalar, 100-1500 ml matraslar, roller kolbalari); eritmalar va muhitlar (Xenks va Erla eritmasi, 0,25% li tripsin eritmasi, 0,02% li versen eritmasi, 7,5% soda eritmasi, yirik shoxli hayvonning qon zardobi, 199 muhit, Igla muhiti, laktal’bumin gidrolizati muhiti); penistillin; streptomitsin; dezinfeksiyalovchi eritmasi bor idishlar; probirkalar uchun shtativ; normadagi birlamchi o‘stirilgan hujayralar tovuq fibroblastlari (SHB, BT) chirmashib o‘sadigan to‘qima kul’turalari –L (PPT yoki Hep-2) va viruslar yuqtirilgan (nyukasl kasalligi, yuRT, Pg-3) probirkalar; eritrotsitlarning 0,5%- suspenziyasi yoki dengiz cho‘chqachasiniki; virus saqlovchi material; blyashkasi bor matraslar; normadagi har xil shakldagi SPT ko‘rsatgan birlamchi o‘stirilgan hujayralar va chirmashib o‘sadigan to‘qima kul’turalari va shulardan tayyorlanib bo‘yalgan mikropreparatlar; jadval va slaydlar.
Mashg‘ulotning taxminiy rejasi (6 soat)
1-mashg‘ulot (2 soat).
1.Nazorat uchun savollar.
2.O‘qituvchining tushuntirishi.
3.Namoyish qilish: a) eritmalardan: Xenks, Erla, tripsin, versen; b) oziq muhitlardan: 199, Igla, laktalbumin gidrolizati; c) hujayrani o‘stirishda ishlatiladigan idishlar.
4.Talalabalarning mustaqil ishi: a)birlamchi va chirmashib o‘suvchi hujayra kul’turasini mikroskop ostida ko‘rish (tirik hujayra kul’turasi va fiksatsiyalangan mikropreparatlar); b)daftarga ko‘rilgan preparatlarni rasmini chizish.
2-mashg‘ulot (2 soat)
1.O‘qituvchi tovuq homilasini tripsinlash usulini tushuntiradi.
2.O‘qituvchi tripsinlashni har bir bosqichini namoyish qilib ko‘rsatadi.
3.Talalabalarning mustaqil ishi: a)tripsinlash uchun ish joyini tayyorlash; b)tripsinlash uchun tovuq homilasini tayyorlash; c)tripsinlashni o‘tkazgach, hujayra suspenziyasidan kerakli konsentratsiyani olib, probirkalarga quyish.
3-mashg‘ulot (2 soat)
1.O‘qituvchining tushuntirishi: a)o‘stirilgan hujayralarga virusni yuqtirish usuli; b)o‘stirilgan hujayrada viruslarni indikatsiyalash usullari.
2.Namoyish: a)o‘stirilgan hujayraga yuqtirish usuli; b)GADR qoyish usuli; c) SPT asosiy shakllari (sur’atda, slaydda, preparatda); d) toshma hosil bo‘lgan matraslarda.
3.Talabalarning mustaqil ishlashi:
a)mikroskop ostida normadagi birlamchi va chirmashib o‘suvchi hujayra kul’tyurasini ko‘rish (tirik hujayralar va fiksatsiyalangan mikropreparatlar) va chizish;
b)har xil viruslarning SPT shaklini o‘rganish (virus yuqtirilgan o‘stirilgan hujayralar va mikropreparatlar) va chizish;
c)virusni indikatsiyalash maqsadida GADR qo‘yish.
4.Mashg‘ulotni yakunlash.
5.Navbatdagi mashg‘ulot uchun topshiriq berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |