Aseptika – mikroorganizm va viruslarning tashqi o‘rab turgan muhitdan odam organizmiga hamda tekshirilayotgan materialga tushishining oldini oladigan tadbirlar majmuasi.
Bunda steril instrumentlar va materiallardan foydalanish, xodimlarning qo‘liga ishlov berish, sanitariya – gigiena qoida va usullariga alohida e’tibor berish ko‘zda tutiladi.
Antiseptika – teri va shilliq pardalarga yoki jarohatlangan joylarga tushgan va yuqumli jarayon chaqiradigan mikroorganizmlar, viruslarni o‘ldirishga qaratilgan kompleks tadbirlar.
Antiseptika vositalari sifatida har xil kimyoviy moddalar: 70% - etil spirti, 0,5-3% xloramin eritmasi, 0,1% - kaliy permanganat eritmasi, 0,5-1% formalin eritmasi, metil ko`kinining 1-2% spirtli eritmasi yoki brilliant yashili ishlatiladi.
Dezinfeksiya – kimyoviy moddalar yoki fizikaviy usul bilan odam va hayvonlar uchun patogen bo‘lgan mikroorganizm va viruslarni o‘ldirish natijasida atrof muhutni va ob’ektlarni zararsizlantirish. Kimyoviy moddalardan (0,1-10%) xlorli ohak eritmasi, formalin, (0,5-5%) xloramin, (3-5%) fenol, (3-5%) lizol, (2-3%) o‘yuvchi ishqor va boshqalar qo‘llaniladi.
Dezinfeksiyalovchi moddalar va uning konsentratsiyasini tanlash dezinfeksiyalaydigan materialga bog‘liq.
Laboratoriyada boksni dezinfeksiyalash uchun ko‘pincha formalin bug‘i (30-35 ml 40% fomal’degid eritmasi 1 m3 havoda), beta propiolakton (1,1 ml 100 m3 havoda) yoki karbol kislotani (haftada bir marta) bug‘lantirib va har kuni xloramin yoki o‘yuvchi natriy eritmasidan foydalaniladi.
Sterillash – har xil materialdagi virus va mikroorganizmlarni to‘lasincha yo’qotish, pushtini kuydirishdir.
Fizikaviy (yuqori harorat bilan ta’sir etish) ul’trabinafsha nurlar bilan nurlantirish, bakterial filtrlar orqali suyuqlikni filtrlash va kimyoviy usul bilan sterillash o‘tkaziladi.
Sterillashning fizikaviy usuli:
a)spirt lampasi yoki gorelka alangasida qizdirish. Bu usul cheklangan holda ishlatilib ignalarni, takachi apparatining halqalarini sterillashda foydalaniladi.
b)qaynatib sterillash. Bu usul bilan shprislarni, mayda xirurgik instrumentlarni, buyum va yopqich oynalarni va boshqa predmetlar sterillanadi. Qaynatish davri 30 daqiqadan kam bo‘lmasligi kerak, suvni qaynatish nuqtasini ko‘tarish va uni yumshatish uchun suvga 2% natriy gidrokarbonat qo‘shiladi.
Ammo ushbu usul to‘lasincha sterillikni ta’minlamaydi, ba’zi bir viruslar misol uchun gepatit virusi, bakteriyalarning sporalari yashovchanligini saqlab qolishi mumkin.
c)quritish shkafida quruq issiqlik bilan sterillash. Bu usul 165-1800Cgacha qizdirilgan havoning ta’siriga asoslangan quriq issiqlik bilan shisha idishlar sterillanadi;
d)avtoklavda bug‘ning bosimi bilan sterillash. Sterillashning bu usuli juda samarali bo‘lganligi uchun keng qo‘llaniladi.
d)kox apparati yoki avtoklavda oquvchi bug‘ yordamida 1-1,5 atm bosimda 30 daqiqa davomida, vitamin va uglevodlarni saqlovchi oziq muhitlarni yuqori harorat ta’sirida chidamsiz materiallarni sterillashda ishlatiladi.
e)ul’trabinafsha nurlar bilan sterillash. Ushbu usul ul’trabinafsha nurlarni 260-300 MKM uzun to‘lqinda bakteritsid ta’siriga asoslangan. Boksdagi havoni sterillash uchun BUV-15, BUV-30 lampalaridan foydalanamiz. Nurlantirish 1-2 soat davomida o‘tkaziladi.
f)bakterial filtrlar orqali suyuqliklarni filtrlash. Bu usul bilan oziq muhitlarni, qon zardobini, vitaminlarni bakteriyalardan tozalanadi, ammo oziq muhit, qon zardobi, vitaminlarni filtrlash yo‘li bilan viruslardan tozalab bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |