Veterinariya virusologiyasi


Epizootologik ma’lumotlar



Download 9,02 Mb.
bet57/190
Sana28.04.2022
Hajmi9,02 Mb.
#587529
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   190
Bog'liq
2 5190427342530417793

Epizootologik ma’lumotlar. Infeksiyaning manbai bu kasal asalari oilalari. Amerika chirish kasallik qo‘zg‘atuvchisi bilan faqat ishchi va ona asalari va ba’zan erkak asalarilarning etilgan lichinkalari zararlanadi. Qo‘zg‘atuvchi odam va issiq qonli hayvonlar uchun xavfli emas. Bitta kasal yoki o‘lgan lichinka tanasida besh milliardgacha mikroorganizmlar rivojlanadi. Bitta asalari lichinkasini zararlantirish uchun 0,01 ml siropda 10000 ta batsilla spora bo‘lishi talab etiladi. Asalari oilasida infeksiya oziqlantiruvchi va tozalanuvchi asalarilardan tarqaladi, ya’ni ular asalni zararlaydi. Bir oiladan ikkinchi oilaga infeksiyalar o‘g‘ri asalarilar orqali tarqaladi. Infeksiyaning tarqalishida asalari parazitlari (mum kuyasi, terixo‘r, kanalar) katta rol o‘ynaydi, chunki ular sporalar bilan zararlangan mumlarni is’temol qilganlarida sporalarni mexanik tarzda tashiydi.
SHuningdek, sanitariya qoidalariga rioya qilmaslik (kasal oilalardan sog‘lomlariga ramkalarni joylarini almashtirilgand, sporalar bilan zararlangan asallar bilan oziqlantirilganda, zararsizlantirilmagan asbob-uskunalardan foydalanish vaqtida) ham infeksiyani tarqalishiga olib keladi.
Kasallikni kechishi va klinik belgilari. Kasallikni yashirin davri 3-7-kunni tashkil qiladi. Kasallikni boshlang‘ich davrida sog‘lom nasllarni turli joylarida bitta-yarimta kasal lichinkalarni uchratish mumkin, keyinchalik ularning soni ortib boradi.
Amerika chirish kasalligi bahorda paydo bo‘lib, yozga kelib o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga etadi. Dastlab ba’zi bir mum inlaridagi ayrim va nobud bo‘lgan lichinkalar kasallanadi. O‘lgan lichinkalar ustidagi katakchalar qapqoqchalari qoraya boshlaydi, teshiladi. Kasallikni boshlarida lichinkalar tanasi segmentatsiyasini yo‘qotadi, ko‘kimtir tusga kiradi, so‘ngra esa sut aralashgan kofe rangiga kiradi.
Lichinkalarning terisi qalinlashadi, tezda yirtiladigan bo‘ladi, jarayonning rivojlanishi natijasida, ya’ni kasallikni to‘rtinchi haftasiga kelib lichinkalar to‘q-kofe tusiga kiradi. To‘qimalari to‘kila boshlaydi va to‘q-kofesimon shakldagi elimga aylanadi. Ushbu elimga o‘xshagan suyuqlik katakchalarni yon devorining pastini to‘liq egallab turadi. Agarda bakteriologik ilmoqchani (petli) tegizib oladigan bo‘lsak, uzunligi 10-15 sm keladigan ipsimon cho‘ziladi. CHirib yotgan lichinkalar eritilgan duradgor elimining hidini beradi.
Qurigan lichinka tanasi mum katakchaning devoriga yopishib qolgan qobiqqa aylanadi va undan qiyin ajraladi. Kasallikning xarakterli belgilaridan biri shuki, nasli bor mum inlar ichidagi naslning holatiga qarab ola-bula bo‘lib qoladi.

Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish