MAVZU: Viruslarning asosiy xususiyatlari, virus saqlovchi material bilan ishlash qoidalari va xavfsizlik texnikasi
Viruslar – hayvonlar, o‘simliklar hamda odamlarda kasallik qo‘zg‘atadi. Boshqa infeksion omillarga o‘xshab tarkibida genetik axborotni va navbatma-navbat keladigan nuklein kislotaning molekulalarini (DNK yoki RNK) saqlaydi.
Uning boshqa yuqumli kasallik tarqatuvchilardan farqi shuki, viruslarning o‘zida alohida moddalar almashinuvi bo‘lmaydi. Shuning uchun hech narsa bilan oziqlanmaydi, nafas olmaydi va o‘zidan hech narsa ajratib chiqarmaydi, viruslarda oqsil sintezlovchi, quvvat hosil qiluvchi tizim deyarli yo‘q.
Viruslar faqat tirik hujayralarda ko‘payadi. Shuning uchun viruslar biologik jihatdan o‘zida genetik axborotni olib yuruvchi faqat hayvon va o‘simliklarning tirik hujayralarida ko‘payishi tufayli genetik axborotni amalga oshiradigan shaklni o‘zida ifodalaydi.
Sanoat tipidagi xo‘jaliklarda viruslar tomonidan o‘tkir respirator va ichak kasalliklari paramiksoviruslar, tomonidan chaqirilib (paramiksoviruslar), infeksion rinotraxeit (gerpes-viruslar), virusli diareya (togaviruslar) adenoviruslar va boshqa viruslar tomonidan qo‘zg‘atiladi.
Ular homilada bo‘ladigan patologik jarayonlarga ham sababchidir. Shuningdek, cho‘chqalarda o‘lat kasalligini chaqiruvchi virus homilaning mumlanib qolishida va o‘lik tug‘ilishida asosiy sabablardan biri hisoblanadi. Yuqumli rinotraxiet kasalligining virusi homilaning nuqsonli o‘sishiga yoki ko‘r tug‘ilishiga olib keladi.
Viruslarni zararli shish, leykoz, Marek va boshqa kasalliklarni keltirib chiqarishdagi o‘rni ham isbotlangan.
Hayvonlarning ko‘pchilik virusli kasalliklari (quturish, virusli ensefalomielit, g‘ovaksimon ensefalopatiya, skreypi, gripp, gemor-ragik isitma va boshqalar) odamlar uchun ham xavflidir.
Virusli kasalliklarga qarshi muvaffaqqiyatli kurashishda laboratoriyada tashxis qo‘yish muhim ahamiyatga egadir.
Laboratoriyaning virusologiya bo‘limi, ilmiy tekshirish veterinariya stansiyalari virus infeksiyasiga laboratoriya tashxisini qo‘yish hayvonlarning virusli kasalliklari bilan kasallanishini epizootiya oralig‘i paytida nazorat qilish hamda kasallikdan so‘ngi spetsifik va vaksinatsiyadan keyingi virusga qarshi immunitet kuchini hisobga olish, xizmat ko‘rsatiladigan regionda virusli va xlamidioz kasalliklarga qarshi kurashish kabi profilaktik tadbir choralarni o‘tkazishni tashkil qilishga qaratilgan.
Virusologiya laboratoriyasining tuzilishi ish jarayonidagi bajariladigan vazifasiga qarab belgilanadi.Laboratoriya iloji boricha ikki qavatli yoki bir-biridan alohida, maxsus ajratilgan binoga joylashtiriladi.
Birinchi qavatda alohida shkafli garderob, sanitariya nazorati, sanitariya bo‘linmalari, laboratoriya jihozlari va idishlarni saqlash uchun omborxona, oqovadan kelayotgan suvni qabul qilib zararsizlantirish uchun moslama, sog‘lom va virus yuqtirilgan tajriba hayvonlarini saqlash uchun xona, ifloslangan havoni so‘rib oluvchi, avtoklav, yuvgich xonalari mavjud bo‘ladi.
Ikkinchi qavatda laboratoriya xonasi joylashtiriladi: to‘qimalarni, hujayralarni o‘stirish, serologik va virusologik tekshirishlar, apparatlar, termostat uchun xonalar va laboratoriya mudiri va xodimlari uchun xona ajratiladi. Uncha katta bo‘lmagan diagnostik laboratoriya alohida 5-6 xonadan iborat bo‘lishi kerak.
Laboratoriyada alohida yaxshi yoritilgan xona bo‘lishi lozim. Viruslar bilan ishlaydigan xona yaxshi yoritilgan va ikki xonadan iborat bo‘lishi kerak. Boks oldi xonasi 4 m2va boks 9 m2 kam bo‘lmasdan bular orasidagi devor shisha to‘siq va eshikdan iborat bo‘ladi.
Laboratoriyaning boks xonasida ish uchun zarur bo‘lgan stol, stul va jihozlar o‘rnatiladi. Stollarning usti oynadan, plastikdan yoki zanglamaydigan po‘lat bilan qoplanib ish stolining ustiga BUV-30 (bakteritsid uviolevaya) xildagi chiroq o‘rnatiladi.
Boksga kiradigan joyda dezinfeksiyalovchi eritma shimdirilgan gilamcha to‘shaladi. Boks oldi xonasida sterillangan xalatlar, durrachalar, yuz yopqichlar, yengil oyoq kiyimlari saqlanib, boksga kirish oldidan kiyiladi.
Ishning bajarilishiga qarab boksda termostat, muzlatgich, suv hammomi, sentrifuga va boshqalar joylashtiriladi.
Laboratoriya xonalarining poli qattiq, namni o‘tkazmaydigan, dezinfeksiyalovchi moddalarga chidamli (malaxit plitkasi, plastik, linolium) bo‘lgan materialdan tayyorlanadi. Devor va shift yuvilishi yengil bo‘lgan material – moyli bo‘yoq yoki kafel plitkadan, oyna esa chivin va pashshalar yoki boshqa hashoratlar kirmasligi uchun to‘r bilan to‘siladi.
Laboratoriyaning virusologiya bo‘limi sovuq va issiq suv, steril havo beruvchi moslama bilan ta’minlanadi. Tekshirish uchun yuborilgan patologik materialni rasmiylashtirib qabul qiluvchi xonaga bir nechta sinkli temir tunuka qoplangan stol va dezinfeksiyalovchi eritma solingan idishlar (3%-xloramin, natriy gidrooksidi yoki 5%-fenol) qo‘yiladi.
O‘lgan hayvonlarga xonada maxsus ishlov berilgandan so‘ng yorib ko‘rilgach navbatdagi tekshirish uchun material olinadi. Bu ishlov maxsus ajratilgan stol ustida bajariladi. Shu xonada dezinfeksiyalovchi moddalar solingan idishlar, asboblardan: qaychi, pinset, skalpel, kornsang va boshqalarni saqlash uchun oynadan tayyorlangan shkaf, materialni yig‘ishtirib olish uchun steril idishlar hamda maxsus kiyimlarni saqlash uchun shkaf bo‘lishi kerak.
Boks xonalari maxsus virusologik tekshirish uchun jihozlanadi. Hujayralarni o‘stirish uchun ishlatiladigan boksda virus saqlovchi material bilan ishlash taqiqlanadi. (1-rasm).
1-rasm.Xonalarda jihozlarni va asbob –uskunalarni joylashtirish tasviri. a)o‘stirilgan hujayralar bilan ishlash uchun; b)hujayrani o‘stirish, eritma va muhitlarni tayyorlash uchun.
Avtoklav o‘rnatilgan xonada idishlar, oziq muhitlar, asbob-uskunalar, jihozlar va yuqumli materiallar zararsizlantiriladi. Ishlash uchun ikkita avtoklav kerak bo‘lib, birinchisida toza materiallar ikkinchisida esa infeksiya bilan ifloslangan materiallar zararsizlantiriladi. Infeksiya bilan ifloslangan materialni yig‘ish-tirish uchun bak, quritish shkafi, distillyator va steril idishlar saqlanuvchi shkaf bo‘lishi kerak.
Infeksiya bilan ifloslangan idish, pipetka va instrumentlar zararsizlantirilgandan so‘ng yuviladi. Laboratoriya hayvonlarini saqlash xonasida (vivariy) karantin xonasi alohida, sog‘lom hayvonlar va tajriba qo‘yib ko‘rilgan hayvonlar uchun alohida xona bo‘lishi zarur.
Laboratoriya hayvonlarini saqlovchi kataklarni dezinfeksiyalash, inventarlarni, maxsus kiyimlarni, xashaklarni tayyorlash, yem-xashakni saqlash, o‘lgan laboratoriya hayvonlarini yondirish uchun ham alohida xonalar bo‘lishi kerak.
Sog‘lom va tajriba hayvonlari saqlanadigan bino bir-biridan alohida ajratilgan bo‘lib chiqish eshiklari alohida bo‘lishi shart.
Laboratoriya hayvonlari kataklarda saqlanadi. Har bir laboratoriya hayvoni turgan katakka pasport osib qo‘yiladi va vivariyga olib kelingan kuni, massasi ko‘rsatilgan bo‘ladi. Katakda saqlanayotgan tajriba hayvonlarining pasportiga virus yuqtirilgan kun, virus saqlovchi materialning turi, ekspertiza nomeri va yuqtirilgan sanasi yozib qo‘yiladi. Virusologiya laboratoriyasining barcha turida ham albatta stol ustida o‘rnatilgan boks bo‘lishi lozim (2-rasm). Eng yaxshisi laminar boks hisoblanadi (3-rasm).
Murakkab bo‘lmagan ishlarni bajarish uchun oynadan yasalgan to‘siqdan foydalanish mumkin. Bu to‘siq stolga o‘rnatilib ishlayotgan xodimning yuzini, ish bajarayotgan paytda materialdan alohida ajratib to‘sib turadi.
2-rasm.
3-rasm.
Laboratoriyada tekshirish ishlarini olib borish jarayonida xonalarning rejasini tuzish va quyidagi asosiy shartlar ko‘zda tutilishi kerak:
1.Xodimlarning xavf-xatarsiz ishlashini ta’minlash.
2.Tekshirilayotgan materialni mikroflora bilan kontamina-tsiyalanishini bartaraf etish.
3.Laboratoriyadan infeksiyani tashqariga chiqib ketmaslik choralarini ko‘rish.
Virusologiya laboratoriyasida virus saqlovchi material bilan ishlovchi xodim mazkur talabni yodida saqlashi va ish rejimiga rioya qilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |