Nazorat uchun savollar
1.O‘stirilgan hujayralarning turlari to‘g‘risida gapiring va ularni ta’riflab bering.
2.Hujayrani o‘stirishda qaysi eritmalar va oziq muhitlar ishlatiladi?
3.Birlamchi-tripsinlangan, o‘stirilgan hujayrani olish usuli qanday?
4.Virusologiyada o‘stirilgan hujayradan qanday foydalaniladi?
5.O‘stirilgan hujayraga virusni yuqtirish usuli qanday?
6.Siz o‘stirilgan hujayrada qaysi usul bilan virusni indikatsiyalashni bilasiz?
7.Boshqa laboratoriya sistemalari oldida, o‘stirilgan hujayraning qanday afzallik tomonlari bor.
Uslubiy ko‘rsatmalar
Mashg‘ulot uchun ajratilgan vaqtni quyidagicha taqsimlash maqsadga muvofiq. Birinchi 4 soatda o‘qituvchi tushuntiradi, namoyish qilib ko‘rsatgach, talabalar tovuq homilasini tripsinlash bo‘yicha mustaqil ishlaydi. Tripsinlashni bajarish uchun kafedradagi bor bo‘lgan materiallarning soniga qarab 2-4 guruhlarga bo‘linadi. Ushbu mashg‘ulotga eng muhim tayyorgarlik –sterillangan idish, instrument, muhit va eritma bilan ta’minlash hisoblanib, oldindan tayyorlab qo‘yilishi kerak. So’nggi 2 soat o‘stirilgan hujayradagi virusni indikatsiyalashga bag‘ishlanadi.
a)tovuq fibroblastlaridan tayyorlangan normal hujayralar va nyukasl kasalligining vaksina virusi yuqtirilgan yoki SHB yoki MDVK normal o‘stirilgan hujayralari va shularning PG-3 vaksina virusi yuqtirilgan hujayralari oldindan tayyorlangan bo‘lishi kerak;
b)o‘stirilgan hujayra mikropreparatlari fiksatsiyalangan, bo‘yalgan normal holda va har xil SPT va GADR shaklida bo‘lishi kerak.
O‘stirilgan hujayrani doimiy olish uchun sharoit bo‘lmasa, u holda fiksatsiyalangan preparatlar, tayyorlab ko‘rish mumkin. Buning uchun oldindan (SHB yoki xohlagan chirmashib o‘suvchi hujayra liniyalaridan) o‘rta hisobda 100 probirkada o‘stirilgan hujayra olib qo‘yish kerak. 50 probirkadagi yaxshi o‘sgan bir qavatli hujayradan muhitni to‘kib tashlab Xenks eritmasi bilan yuviladi, 700 spirt quyiladi. Qolgan 50 probirkadagi o‘stirilgan hujayraga SPT ko‘rsatish uchun xohlagan virus yuqtiriladi.
Virus yuqtirilgan probirkalarda bir necha oygacha saqlanib talabalar tomonidan normada SPT o‘rganish hamda NR virusni titrlashni o‘rganishda foydalaniladi. Agar mashg‘ulotni barcha kerakli narsalar bilan ta’minlashning to‘lasincha iloji bo‘lmasa, u holda ayrim qismlarni osonlashtirish mumkin:
1) talabalarni xalat, bosh kiyim, yuz yopqich bilan ta’minlashning iloji bo’lmasa o‘quv xonasida steril bo‘lmagan xalatlarda ishlashga ruxsat etiladi, ammo ishlash jarayonida aseptika qoidalariga rioya qilish talab qilinadi;
2) magnitli aralashtirgich bo‘lmagan taqdirda, tripsin qo‘shilgan to‘qima aralashmasini qo‘l bilan chayqatilsa ham bo‘ladi;
3) tripsin bo‘lmaganda homila to‘qimalarini alohida hujayralarga ajratish uchun bir necha bor pipetka orqali o‘tkaziladi;
4) standart oziq muhitlar bo‘lmaganda o‘stirilgan hujayralar uchun tabiiy oziq muhitlarddan Erla yoki Xenks eritmasiga qon zardobi va homila ekstraktidan qo‘shib ishlatiladi.
5) Erla va Xenks eritmalari bo‘lmaganda Tirode va (hatto noiloj bo‘lganda 0,85%) natriy xlor eritmasini tayyorlab ishlatish mumkin. Birlamchi o‘stirilgan hujayralarni olish uchun eng muhimi asboblar idish va materiallar to‘lasincha steril bo‘lishi, hamda ulardan foydalanish vaqtida steril saqlash, ta’minlanishi talab etiladi.
Mashg‘ulotda asosiy vaqtni o‘stirilgan hujayrani tayyorlash egallaydi shuning uchun bu mashg‘ulotga kamida 2 soat vaqt ajratilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |