Kuydirgi kasalligining xalqaro nomi - Antrax dir. Qo‘zg‘atuvchisi
Bac.anthra cis .
Eubacteriales qatoriga,
Bacillaceae oilasiga va
Bacillus avlodiga kiradi. Kuydirgi
o‘tkir infeksion kasallik bo‘lib, organizmning og‘ir intoksikasiyasi, isitma, septisemiya,
karbunkullar paydo bo‘lishi va ichak, ko‘proq o‘pkaning zararlanishi bilan namoyon
bo‘ladi. Kuydirgi bilan barcha turdagi qishloq xo‘jalik, hamda ko‘pgina yovvoyi
hayvonlar, shuningdek odamlar ham kasallanadi.
Kasallikni R.Kox (1876), L.Paster (1877), L.S.Senkovskiy (1883) o‘rganib, ilmiy
asoslab berishgan.
Morfologiyasi. Kuydirgi qo‘zg‘atuvchisi yirik, harakatsiz, grammusbat tayoqcha.
Uzunligi 6-8 mkm. Eni 1,0-1,5 mkm. Surtmalarda bittadan, ko‘proq zanjir shaklida
joylashadi. Tayoqchalarning bir biriga qaragan uchlari to‘g‘ri qirqilgandek bo‘ladi.
Qo‘zg‘atuvchi organizmda kapsula, tashqi muhitda spora hosil qiladi. Bakteriya qon va
57
zardob qo‘shilgan oziq muhitlarda ham kapsula hosil qiladi. Spora asosan tayoqchaning
markazida joylashib, oval shaklida bo‘ladi.