Tekshirish natijalarini baholash.
Qo‘yidagi kursatgichlarining birortasi namoyon
bo‘lsa kuydirgi kasaliga diagnoz aniq qo‘yildi deb hisoblanadi. 1.Patmaterialdan kuydirgi
qo‘zg‘atuvchisiga xos xarakterli bo‘lgan kultura ajratilganda va patmaterial yoki undan
ajratilgan kultura bilan ikkita zararlangan labaratoriya hayvonining hyech bo‘lmasa
bittasi o‘lib, uning organlaridan kultura ajratilganda. 2.Patmaterial ekilgan oziqa muhitda
kultura o‘sib chiqmasa, lekin shu patmaterial bilan zararlangan labaratoriya hayvonining
hatto bittasi o‘lib, uning parenximatoz organlaridan kuydirgi qo‘zg‘atuvchisi
xususiyatlariga xos kultura ajratib olinsa. 3.Immunofluoressensiya uslubida musbat natija
olinsa va patmaterialdan tayyorlangan surtmalarda kapsulali basilalar topilsa. 4.Eskirgan
chiriyotgan patmateriallarni presipitasiya reaksiyasi bilan tekshirganda musbat natija
olinsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |