Bakteriologik tekshirishlar.
Quloqdan olingan qon yoki boshqa
patmaterialdan probirka yoki Petri kosachalarida go‘sht peptonli bulon (GPB) va
go‘sht peptonli agar (GPA) larga ekib termostatda 36 - 37°C da o‘stiriladi. Ekmalar 18
- 24 soatdan keyin ko‘riladi, mikrob- kulturasi o‘samagan bo‘lsa yana ikki sutka u
termostatda o‘stiriladi.
Kuydirgi
qo‟zg‟atuvchisini
(identifikasiyasi)
farqlash
.
Kuydirgi
qo‘zg‘atuvchisi o‘sishiga, mikrob morfologiyasiga va kapsulasi borligi bilan
(patmaterialdan, zararlangan o‘lgan sichqonlardan tayyorlangan surtmalarda)
farqlanadi. Gumonli hollarda qo‘zg‘atuvchining harakatchanligi, gemolitik xususiyatlari
aniqlanadi, lyuminissentli mikroskopiya, fagotiplash, «marjon» testi o‘tkazilib,
laborotoriya hayvonlari zararlantiriladi.
Kuydirgining qo‘zg‘atuvchisi gemolitik aktivlik xususiyatiga ega emas, ya‘ni qonli oziqada
gemoliz paydo bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |