«veterinariya» ixtisosligi bo’yicha oliy o’quv yurtlari uchun qo’llanma



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/175
Sana06.04.2022
Hajmi2,54 Mb.
#532187
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   175
Bog'liq
ichki yuqumsiz kasalliklar

 
Oftob urishi

(giperinsolyasiya) - quyosh nurlarining (asosan 
infraqizil) hayvonning bosh sohasiga ta’siri tufayli bosh miya yarim 
sharlarining kuchli qizib ketishi oqibatida bosh miya faoliyatining 
buzilishlari bilan o’tadigan kasallik. Ko’pincha otlar va mayda 
hayvonlar kasallanadi. 
Sabablari.
Hayvonlarni quyosh nurlari ostida uzoq muddat saqlash, 
soya joylarning yetishmasligi oftob urishiga sabab bo’ladi. Uzoq muddat 
dam oldirmasdan ishlatish, kam sug’orish, yurak qon-tomir 
yetishmovchiliklari, semizligi, hayvonni uzoq vaqt boshini pastga qilib 
bog’lab qo’yish, faol harakatning yetishmasligi kabilar ham kasallikni 
keltirib chiqaruvchi sabablari hisoblanadi. Zotdor uzoq muddat soya 
joylarda saqlangan hayvonlar oftob urishiga tez beriluvchan bo’ladi. 
Rivojlanishi.
Bosh sohasiga quyosh nurlarining uzoq muddat ta’sir 
etishi oqibatida bosh miya yarim sharlaridagi harorat 2-3 
o
S gacha 
ko’tariladi. Natijada bosh miya va uning pardalarining giperemiyasi va 
shishi kuzatilib, miya qorinchalari likvor suyuqligi bilan to’ladi, po’stloq 
ichki bosimi ortadi, bosh miya yarim sharlarining funksiyalari buziladi. 
Qon tomir va nafas markazlarining falajlanishi oqibatida hayvon halok 
bo’lishi mumkin. 
Belgilari.
Kasallikning boshlanishida umumiy holsizlanish, kuchsiz 
qo’zg’alish, terlash, nafasning tezlashishi, muskullar tono’sining 
pasayishi, gandiraklash, ba’zan tana haroratining ko’tarilishi qayd 
etiladi. Shilliq pardalar sianozi, pulsning tezlashishi va sust to’lishishi 
uning kichik to’lqinli bo’lishi, yurak tonlarining kuchayishi va bo’g’iq 
eshitilishi, nafas harakatlarining tezlashishi va nafas maromining 
buzilishi bilan namoyon bo’ladigan yurak-qon tomir va nafas 
yetishmovchiliklari kuzatiladi. 
Kasallikning 
sabablari 
bartaraf 
etilib 
davolash 
yordami 
ko’rsatilgach, hayvon 2-3 soat ichida asab, yurak-qon tomir va nafas 
tizimi yetishmovchiliklaridan xalos bo’ladi. Aks hollarda quyosh 
nurlarining davomli ta’siri natijasida komatoz holat (tashqi ta’sirotlarga 
bo’tunlay befarqlik, reflekslarning yo’qolishi, beixtiyor tezaklash va 
siydik ajratish, nafasning yuzaqilashishi, pulsning kuchsiz bo’lishi) qayd 
etiladi. Hayvon yurak va nafas nerv markazlarining falajlanishi 
oqibatida halok bo’ladi.
Tashxis. 
Anamnez ma’lumotlari (hayvonning quyosh nuri ta’sirida 
saqlanishi) va markaziy asab tizimi funksiyalarining buzilishi belgilari 
e’tiborga olinadi.


191 
Davolash.
Kasal hayvon soya-salqin joyga olinadi va sovuq suv 
bilan ta’minlanadi va uning boshiga sovuq suv quyiladi. Vena qon 
tomiri orqali glyukoza va kofein eritmalari, teri ostiga kordiamin va 
lobelin yuboriladi. Kuchli qo’zg’alishlar paytida tinchlantiruvchi 
vositalar, bromidlar va veronal qo’llaniladi. O’pka shishi kuzatilganda 
esa 5-10 ml/kg miqdorida qon qo’yib yuboriladi va uing iziga kalsiy 
xloridning 10% li eritmasi (0,2-0,3 ml/kg) yuboriladi. 
Oldini olish.
Hayvonlarni quyosh nurlaridan saqlash uchun soyali 
ayvonlar quriladi, ayniqsa salqin zonalardan keltirilgan hayvonlarni 
kunning issiq paytlarida yaylovda boqish taqiqlanadi. Hayvonlar 
yetarlicha suv bilan ta’minlanadi. 

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish