«veterinariya» ixtisosligi bo’yicha oliy o’quv yurtlari uchun qo’llanma



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/175
Sana06.04.2022
Hajmi2,54 Mb.
#532187
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   175
Bog'liq
ichki yuqumsiz kasalliklar

Bosh miya kasalliklari: 
1.
Bosh miyaning lat yeyishi; 
2.
Bosh miya va uning pardalarining yallig’lanishi; 
3.
Bosh miya va uning pardalarining giperemiyasi; 
4.
Oftob urishi; 
5.
Issiq elitishi. 
Bosh miya va uning pardalarining giperemiyasi (Hyperemia 
cerebri)
- bosh miya pardalaridagi qon tomirlarining qonga to’lishi 
oqibatida uning funksiyalarining buzilishi bilan o’tadigan kasallik. 
Asosan sport otlari, nasllik buqalar va itlar kasallanadi. Kasallik faol 
(arterial) va sust (venoz) giperemiyalar shaklida o’tadi. 
Sabablari.
Arterial (faol) giperemiya jismoniy zo’riqish, jinsiy 
qo’zg’alish, organizmning kuchli qizishi, qorin bo’shlig’ida bosimning 
ortishi, venoz (sust) giperemiya esa vena qonining turg’unlashishiga olib 
keladigan omillar, ya’ni travmatik perikardit, uch tabaqali klapan 
yetishmovchiligi, bo’yintiriq venasining qisilishi oqibatida paydo 
bo’ladi. 
Belgilari.
Arterial giperemiya o’tkir kechadi va asabiy qo’zg’alish, 
agressivlik, oldinga qarab harakat qilish, tashqi ta’sirotlarga (tovush, 
yorug’lik) javob reaksiyasining kuchayishi kabi belgilar bilan namoyon 
bo’adi. Venoz giperemiya uyqu bosishn, teri va og’riq reflekslarining 
pasayishi, tashqi ta’sirotlarga nisbatan javob reaksiyasining susayishi va 
harakat muvozanatining buzilishi belgilari kuchayib boradi. 
Tashxisi.
Anamnez ma’lumotlari, klinik belgilari va 
oftalmoskopiya (ko’z olmasi giperemiyasi va ko’rish nervi so’rg’ichida 
qon turg’unligi va shish hosil bo’lishi) natijalari e’tiborga olinadi. 
Davolash.
Kasallik sabablari bartaraf etiladi va kasal hayvon 
qorong’i va salqin joyga o’tkaziladi. Arterial giperemiya paytida dastlab 
hayvonning bosh sohasiga sovuq kompress yoki muz solingan xaltacha 
qo’yiladi. Qo’zg’aluvchanlikni pasaytirish maqsadida vena qon tomiriga 
xloralgidrat va brom preparatlari, muskul orasiga magniy sulfat, mayda 
hayvonlarga og’iz orqali bromular, lyuminal, veronal, medinal kabi 
tinchlantiruvchi va uxlatuvchi dorilar qo’llaniladi. Venoz giperemiya 
paytida esa kofein, kamfora, marvaridgul (naperestyanka) preparatlari 
tavsiya etiladi. 
Oldini olish.
Hayvonlardan sport va qishloq xo’jaligi sohasilari 
uchun foydalanishda ularni bog’lash, nasllik buqalardan urug’ olish va 
tabiiy qochirish tadbirlarini o’tkazish paytidada me’yoriy qo’llanmalarga 
rioya qilish lozim. 


190 

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish