Rivojlanishi.
Osh tuzining organizmga ortiqcha miqdorda tushishi
qon tarkibini buzadi. Undagi bir valentli ionlar (Na
+
, K
+
) ko’payib, asab
tizimining qo’zg’alishiga sabab bo’ladi. Zaharlanish cho’chqalarda
ko’pincha o’lim bilan tugaydi. Qondagi natriyning miqdori 1,5-2 marta,
eritrositlardagi moqdori esa 3-5 marta (1500-2000 mg/l gacha) ortadi.
Natriy ionlari gemoglobin tarkibidagi kaliy ionlarining o’rnini egallaydi
va ko’plab metgemoglobin hosil bo’ladi, oqibatda kislorod tanqisligi
(to’qima gipoksiyasi) rivojlanadi.
185
Belgilari.
Zaharlanish odatda o’tkir kechadi. Cho’chqalarda
umumiy qo’zg’alish, aylanma harakat, hansirash, og’izdan ko’piksimon
so’lak oqishi, muskullarning qaltirashi, tana haroratining ko’tarilishi,
qorachiqning kengayishi, ko’rishning yomonlashishi yoki butunlay
yo’qolishi, harakat muvozanatining buzilishi, yiqilish, itlarga o’xshab
o’tirish, tetanik va klonik qaltiroq, keyinchalik holsizlanish xarakterli
bo’ladi. Ishtaha yo’qoladi, tashqi ta’sirotlarga befarqlik, ba’zan qayd
qilish kuzatiladi. Tezak chiqarish tezlashadi, tezak suyuq, ba’zan qon
aralashgan bo’ladi.
Qoramollarda gastroenterit, chanqoqning kuchayishi, ich ketishi va
qayd qilish kuzatiladi. Sigirlarda bola tashlash, tuqqandan keyin
bochadonning chiqishi qayd etiladi. Qo’ylarda zaharlanish kuchli
qo’zg’alish va bezovtalanish bilan o’tadi. Chanqoq kuchayadi, og’iz
shilliq pardasi qizargan va quruq bo’ladi. Sanchiq belgilari, ich ketishi,
nafasning qiyinlashishi, asfiksiya va o’pka shishi oqibatida o’lim
kuzatilishi mumkin. Parrandalarda ishtahaning yo’qolishi va
chanqoqning kuchayishi, ich ketishi, holsizlanish, gandiraklash,
vestibo’lyar apparatning jarohatlanishi oqibatida bo’yinning buralib
qolishi, qanot va oyoqlarning falaji kuzatiladi.
Tashxis
- anamnez ma’lumotlari, xarakterli klinik belgilar,
patologoanatomik o’zgarishlar, rasionda osh tuzi miqdorining
ortiqchaligini aniqlash asosida qo’yiladi. Asosiy Tashxis oshqozon,
ichaklar massasini, jigar tarkibidagi xloridlar miqdori bo’yicha
tekshirish natijalariga asoslanadi.
Davolash.
Organizmning suvsizlanishini kamaytirish va ortiqcha
tuzni chiqarib yuborish maqsadida zond yordamida ko’p miqdorda iliq
suv ichiriladi. Cho’chqa, mo’ynali hayvonlar va parrandalarga teri ostiga
5 %li kalsiy xlorid eritmasi, 1 % li jelatina eritmasi bilan birgalikda 0,2
ml/kg dozada yuboriladi yoki 10 % li kalsiy glyuqonat eritmasi
qo’llaniladi. Sigirlarga 10 foizli kalsiy xlorid eritmasidan 150-200 ml
qo’ylarga 40-50 ml vena orqali, yangi sog’ilgan sut, shilimshiqli
qaynatmalar ichirilishi tavsiya etiladi.
Profilaktikasi.
Hayvonlar rasionida organizmning kundalik
ehtiyojlarini qondiradigan darajada osh tuzi bo’lishini ta’minlash,
omixta yemlarga osh tuzi qo’shishda hayvonlarning to’rini hisobga olish
lozim. Uzoq muddat rasionda osh tuzi bo’lmaganda osh tuzini kam-
kamdan qo’shish bilan unga o’rgatib borish, rasionda fosfor va kalsiy
miqdori hamda vitaminlarning yetarli darajada bo’lishini ta’minlash
186
lozim. Hayvonlar uchun alohida oxirlarda maydalangan osh tuzi erkin
holda berilishi yaxshi natija beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |