«veterinariya» ixtisosligi bo’yicha oliy o’quv yurtlari uchun qo’llanma



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/175
Sana06.04.2022
Hajmi2,54 Mb.
#532187
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   175
Bog'liq
ichki yuqumsiz kasalliklar

Qiyosiy tashxis
da
nafas yo’llari va o’pkaning jarohatlanishi bilan 
kechadigan yuqumli va invazion kasalliklar (diplokokkoz, pasterellyoz, 
sal’monellyoz, 
mikoplazmoz, 
respirator 
virusli 
infeksiyalar, 
diktiokaulyoz, metastrangilyoz va askaridoz) inkor qilinishi kerak. 
Davolash. 
Bronxopnevmoniyani davolashda etiologik omillarni 
bartaraf etish va kasal hayvonni issiq, yaxshi shomollaydigan va namligi 
yuqori bo’lmagan xonalarga alohida ajratib, yetarlicha tushama bilan 
ta’minlash lozim. Kasallikning sababini aniqlash davolash samarasining 
yuqori 
bo’lishini 
ta’minlaydi. 
O’tkir 
va 
yarim 
o’tkir 
bronxopnevmoniyani davolashda bronxlar va o’pkadagi mikrofloralar 
rivojlanishini to’xtatish, bronxlarning drenaj funksiyalarini tiklash, 


167 
bronxospazmni yo’qotish, ekssudat to’planishini kamaytirish, kislorod 
yetishmovchiligi va intoksikasiyani yo’qotish, kislota - ishqor 
muvozanati va tuz-suv almashinuvlari buzilishlarini ma’romlashtirish, 
yurak va qon tomirlar faoliyatini tiklash hamda organizm rezistentligini 
oshirishga qaratilgan etiotrop, patogenetik, stimullovchi va simptomatik 
terapiyadan iborat davolash majmuasi olib borilishi kerak. 
Etiotrop davolashning asosini antibiotikoterapiya tashkil etib, 
antibiotiklar davolovchi dozada, kasallik og’ir kechganda esa maksimal 
dozada tavsiya etilishi kerak.
Antibiotikoterapiya kursi kasallikning o’tkir va yarim o’tkir tarzda 
kechishida o’rtacha 3 - 5 kun, surunkali kechishida - 7 kundan kam 
bo’lmasligi 
lozim. 
Antibiotiklarning 
qondagi 
terapevtik 
konsentrasiyasini bir xil darajada saqlab turish maqsadida sekinlik bilan 
so’riladigan antibiotiklar ham tavsiya etiladi. Antibiotiklar va boshqa 
antibakterial preparatlarni tanlashda mikroorganizmlarning ularga 
nisbatan sezuvchanligi, yoki ularning davolashdagi samaradorligi 
e’tiborga olinadi. Penisillinlar qatoriga mansub antibiotiklarga nisbatan 
mikroorganizm-larning sezuvchanligi pasayganligi tufayli bugungi 
kunda yaxshi samara bermayapdi. Shuning uchun pensillin va 
streptomisin guruhlariga mansub antibiotiklarni yuqori dozalarda 
(15000-20000 TB/kg) va birgalikda qo’llash yaxshi samara berishi 
mumkin. Sekin so’riladigan va o’zoq ta’sirga ega bo’lgan antibiotiklar 
sifatida bisillin 1, 3, 5 yoki bimoqsil qo’llaniladi. Pnevmoniyalarni, shu 
jumladan 
bronxopnevmoniyani 
davolashda 
yarim 
sintetik 
antibiotiklardan ampisillin, amoksasillin, oksasillin, ampioks va 
boshqalar yaxshi samara beradi (I.P. Kondraxin, V.I. Levchenko, 2005).
Gentamisin, kanamisin, neomisin, monomisin kabi aminoglikozidlar 
guruhiga mansub antibiotiklarning pnevmoniyalarni davolashdagi 
samaradorligi unchalik yuqori emas. Tetrasiklinlarning samaradorligi 
esa yuqori bo’lib, ularning boshqa antibiotiklarga chidamli hisoblangan 
xo’jayra ichidagi qo’zg’atuvchilar va grammusbat bakteriyalarga ham 
ta’sir etshi aniqlangan. Shuning uchun ularni zahirada saqlab turish va 
boshqa antibiotiklarning samarasi bo’lmaganda qo’llash lozim.
Tetrasiklin gidroxlorid yosh hayvonlarga 5-7 kun davomida o’rtacha 
15-20 mg/kg dozada muskul orasiga kuniga 2 marta inyeksiya qilinadi.
Makrolidlar guruhiga mansub antibiotiklardan tilozin, fradizin, 
doksisillin va boshqalar tavsiya etiladi. Tilozin - 50 (1 ml.da 50 mg 
tilozin saqlaydi) 3-5 kun davomida kuniga 1 marta 4-10 mg.kg dozada
muskul orasiga inyeksiya qilinadi.


168 
Virus etiologiyali bronxopnevmoniyalarni (paragripp-3, yuqumli 
rinotra-xeit) davolashda interferon, miksoferon, neoferon, remantadin 
kabi preparatlar qo’llash yo’riqnomasiga asosan tavsiya etiladi.
Antibakterial 
preparatlar 
sifatida 
antibiotklardan 
tashqari 
sulfanilamidlar (norsulfazol, etazol, sulfademizin, sulfademi-toksin va 
b.) yosh hayvonlarga o’rtacha 0,02-0,03 g.kg miqdorida sutkasiga 3-4 
marta og’iz orqali 7-10 kun davomida ichirib turiladi. Cho’chqa bolalari, 
qo’zi va buzoqlarga sulfademizin yoki norsul’fazolning 10% li 
eritmasidan 5-10 ml kuniga bir marta muskul orasiga 3 kun davomida 
yuboriladi. Yiringli kataral bronxopnevmoniyada antibiotik va 
sulfanilamid-larning eritmalarini kekirdak orqali yuborish mumkin. 
Buning uchun kekirdakning ko’krak qismiga yaqin joyidan shpris 
yordamida 0,5 % li novokain eritmasidan 5-10 ml sekinlik bilan 0,5-1,0 
daqiqa davomida yuborilib, yutal refleksi yuqotilgach, shu igna orqali 5-
7 ml distillangan suvda eritilgan penisilin yoki oksitetrasiklin 10-15 
ming TB/kg, sulfademizin yoki norsulfazol 0,05-1,0 g/kg hisobida 10 % 
li steril eritma holida kekirdakka yuboriladi
Bronxlarning drenaj funksiyasini tiklash maqsadida bronxolitik, 
balg’am ko’chiruvchi va mukolitik preparatlardan eufillin, efedrin, 
teofillin va boshqalar qo’llaniladi, suv bug’i bilan ingalyasiya 
o’rkaziladi.
Eufillin teri ostiga kuniga 2 marta buzoqlar va toylarga - 2-4 mg/kg, 
qo’zi, uloq va cho’chqa bolalariga - 5-10 mg/kg dozada inyeksiya 
qilinadi. 
Balg’am ko’chiruvchi vositalar sifatida bromgeksin buzoq va 
toylarga - 0,1-0,15 mg/kg, qo’zi, uloq va cho’chqa bolalariga - 20-70 
mg/kg dozada sut yoki suv bilan ichiriladi. Natriy gidrokarbonat og’iz 
orqali buzoq va toylarga - 1,5-3,0 g, cho’chqa bolalariga - 0,5-1,0 g, 
qo’zi va uloqlarga 0,5 g kuniga 2 marta ichiriladi.
O’pkada qon aylanishini yaxshilash va yurakning me’yorida 
ishlashini ta’minlash maqsadida korazol, kordiamin, kofein natriy 
benzoat, kamfora prepatatlari qo’llaniladi. Buzoqlarga Kadыkovning 
davolovchi aralashmasidan (1 g kamfora, 15 g glyukoza, 75 ml etil 
spirti, 250 ml 0,9 % li natriy xlorid eritmasi) vena qon tomiriga 50 ml 
kuniga bir marta, 5 - 7 kun davomida yuborish mumkin.
Antiallergik va qon tomirlar devorining o’tkazuvchanligini 
pasaytiruvchi vositalar sifatida buzoq va toylarga bir boshga 0,25-0,5 g 
kal’siy glyukonat, 0,025-0,05 g suprastin yoki 0,025 g pipolfen 
sutkasiga 2-3 marta ichirilib turiladi. Shu maqsadda sutkasiga bir marta 


169 
tiosul’fat natriyning 5 % li suvli eritmasidan 1-1,5 ml.kg miqdorida vena 
qon tomiriga jami 3-5 marta inyeksiya qilish mumkin. Buzoqlarda 
o’pkashishi rivojlanganda kalsiy xloridning 10 % li eritmasidan bir 
boshga 15-20 ml vena qon tomiri orqali yuboriladi. 
Organizmning nospesifik rezistenligini oshirish uchun askorbin 
kislotasi buzoq va toylarga 6 mg.kg, qo’zi, uloq va cho’chqa bolalariga - 
8 mg/kg dozada sut yoki suv bilan kuniga 2 marta ichiriladi. Retinol 
og’iz orqali buzoq va toylarga 600 XB/kg, qo’zi, uloq va cho’chqa 
bolalariga - 700 XB/kg dozada kuniga bir marta ichiriladi. 
Vitaminoterapiya kamida 5-7 kunni tashkil etishi lozim. Shuningdek, 
gammaglobulinlar yoki nospesfik poliglobulinlar, gidrolizinlar, sog’lom 
hayvonlarning qon zardobi, to’qima pereparatlari va boshqa nospesfik 
stimulyatorlarni ishlatish mumkin. Buzoqga onasining sitratli qonidan 
0,3-0,5 ml/kg dozada muskul orasiga yoki 1 ml/kg dozada teri ostiga 
kuniga bir marta, jami 3 marta yuborish mumkin.
Fizioterapiya usullaridan isituvchi lampalar, diatermiya, UYuCh 
terapiya, ultrabinafsha nurlar, aeroionizasiya, ko’krak qafasiga 
gorchichniklar yoki bankalar qo’yish, kislorodoterapiya va boshqalar 
tavsiya etiladi. 

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish