«veterinariya» ixtisosligi bo’yicha oliy o’quv yurtlari uchun qo’llanma



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/175
Sana06.04.2022
Hajmi2,54 Mb.
#532187
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   175
Bog'liq
ichki yuqumsiz kasalliklar

Belgilari.
Etiologik omillarning xarakteriga ko’ra bronxopnev-
moniyaning o’tkir, yarim o’tkir va surunkali kechishlari farqlanadi. 
Kasallikning o’tkir kechishi ko’pincha juda yosh va gipotrofik 
hayvonlarda kuzatiladi. Yarim o’tkir kechishi oziqlantirish, saqlash va 
parvarishlash sharoitlari qoniqarsiz bo’lgan yosh hayvonlarda kuzatiladi 
yoki o’tkir bronxopnevmoniyaning davomi sifatida rivojlanadi. 
Surunkali bronxopnevmoniya sutdan ajratilgan yosh hayvonlar uchun 
xarakterli kasallik hisoblanadi.
Bronxopnevmoniyaning kataral, kataral-yiringli va yiringli - 
nekrotik 
shakllari 
farqlanadi. 
Aksariyat 
hollarda 
kataral 
bronxopnevmoniya kuzatilib, ko’pincha o’tkir va nisbatan yengil 
kechadi. Kasal hayvonda yutal, burundan bir tomonlama yoki ikki 
tomonlama 
oqmalar, 
hansirash 
kuzatilishi, 
auskultasiyada 
xirillashlarning eshitilishi, tana haroratining biroz ko’tarilishi va ba’zan 
o’zgaruvchan isitma qayd etiladi. Kataral- yiringli bronxopnevmoniya 
o’tkir va yarim o’tkir tarzda kuchli o’zgaruvchan isitma, umumiy 
holsizlanish bilan kechadi. hayvonning ahvoli to’satdan yomonlashadi, 
kuchli yutal, auskultasiyada xirillashlar, ishqalanish shovqinlari 
eshitiladi, hansirash kuzatiladi. O’pka sohasida perkussiya o’tkazilganda
o’choqli yoki diffuz bo’g’iqlashgan joylar aniqlanadi. 
O’tkir bronxopnevmoniya ko’p hollarda simptomlarsiz kechib, 
ko’pincha kasalliknining 2-3- kuniga borib cho’chqa bolalari yoki 
qo’zilarning o’limi kuzatiladi. Kasal hayvonlarda adinamiya, 
ishtahaning pasayishi, nafasning zo’riqishi, quruq yutal, xirillashlar 
paydo bo’ladi. Shilliq pardalarning oqarishi va ko’karishi qayd etiladi. 
Yurak tonlari bug’iq eshitiladi. Pul’s to’lqini esa susayadi. Hazm 
a’zolarining faoliyati buziladi, Kasallik yarim o’tkir kechganda 
ishtahaning pasayishi, o’sishdan qolish va oriqlash, aralash tipdagi 


166 
hansirash, ko’pincha kekirdakning boshlanish qismi paypaslanganda 
ekssudatli yo’tal kuzatilishi kasallikning asosiy belgilari hisoblanadi. 
Ko’krak qafasi auskultasiya qilinganda xirillash va bronxial nafas 
eshitiladi. Patologik jarayonning plevraga o’tishi oqibatida ishqalanish 
shovqinlarini eshitiladi. Tana harorati vaqti-vaqti bilan ko’tarilib turadi. 
Qo’zilarda yutal asosan ular sug’orilgandan keyin yoki tez harakat 
qilgan paytlarda kuzatiladi. Tashqi shilliq pardalarning giperemiyasi 
qayd etiladi. Keyinchalik, depressiya, ko’p yotish, qaytalovchi isitma, 
pul’s va nafasning tezlashuvi kabi belgilar paydo bo’ladi. Yutal 
kuchayib, ko’pincha xurujli yo’talga aylanadi. Cho’chqa bolalarida esa 
nafas qiyinlashib, asfiksiya kuzatiladi. 
Buzoqlarning ko’krak qafasi perkussiya qilinganda o’pkaning 
do’ngligi va uning diafragma qismida perkutor tovushning 
bo’g’iqlashganligi, pul’sning tezlashuvi va susayishi, maksimal arterial 
bosimning pasayishi, minimal arterial bosim va venoz bosimning 
ko’tarilishi kuzatiladi.
Surunkali bronxopnevmoniya bilan kasallangan yosh hayvonlar 
o’sishdan qoladi, ularning ishtahasi o’zgaruvchan bo’lib qoladi. Yuqori 
namlik va o’ta issiq sharoitlarda yo’tal va aralash tipdagi hansirash 
kuchayadi. Tana harorati vaqti-vaqti bilan 40-40,5
0
S gacha ko’tarilib 
turadi yoki 0,1-0,5
0
S ga ko’tarilgan holda saqlanadi. 
Tashxis
ni aniqlashda yosh hayvonlarni parvarishlash, ona 
hayvonlarni saqlash va oziqlantirish, molxonalardagi sanitariya va 
zoogigiyenik sharoitlar, xarakterli klinik belgilar va patalogoanatomik 
o’zgarishlar hisobiga olinadi. Rentgenologik tekshirishlar o’tkazilganda 
o’pkaning do’nglik va yurak qismlarida qora dog’lar, bronxial tasvirning 
o’tkirlashganligi, yurak va diafragma oralig’idagi uchburchak va 
qovurg’alar konturining xiralashuvi kuzatiladi.

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish