«veterinariya» ixtisosligi bo’yicha oliy o’quv yurtlari uchun qo’llanma



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/175
Sana06.04.2022
Hajmi2,54 Mb.
#532187
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   175
Bog'liq
ichki yuqumsiz kasalliklar

Davolash

Hayvonlar 
to’laqimmatli 
rasionlarda 
boqiladi. 
Riboflavinga boy oziqalar: yog’li va yog’i olingan sut, kepak, achitqilar, 
go’sht, baliq, beda uni berish tavsiya etiladi. Kasal hayvonlarga 8-12 
kun davomida oziqalar bilan birgalikda sintetik riboflavin quyidagi 
dozalarda: sut emadigan cho’chqa bolalariga -5-6 mg, sutdan keyingi 
davrda - 20-4-, ona cho’chqalarga - 50-70, buzoqlarga - 30-50, itlarga - 
1-10 mg beriladi. Davolashda riboflavin bilan birgalikda tiaminni 
qo’llash tavsiya etiladi, chunki tiaminning yetishmovchiligida siydik 
bilan riboflavinning ko’p miqdorda chiqib ketishi kuzatiladi. 
Profilaktikasi.
Hayvonlarning riboflavinga bo’lgan ehtiyojlarining 
qondirilishi nazorat qilinadi, yuqori konsentrat tipida boqilganda 1 kg 
oziqaga 2-3 ml riboflavin qo’shish tavsiya etiladi. Vitaminning 
tanqisligini kamaytirish uchun rasionga oziqabop achitqilar, yog’i 
olingan sut, ko’kat oziqalar, o’t unlari, omixta silos kiritilishi lozim. 
 
Nikotin kislotasining yetishmovchiligi (PP
gipovitaminozi, 
pellagra, hypovitaminosis - PP) - terining, hazm trakti va asab tizimining 
o’ziga xos jarohatlanishi bilan o’tadigan kasallik bo’lib, asosan 
cho’chqalar, itlar hamda kam darajada boshqa turdagi hayvonlar 
kasallanadi. 
Biologik ta’siriga ko’ra nikotin kislotasi nikotinamidlarga o’xshash 
bo’ladi, organizmda nikotinamidlar nikotin kislotasiga yoki kislota 
amidlarga aylanib turadi. Nikotin kislota va uning amidi o’simliklar va 
hayvonlar to’qimasida bo’ladi, hazm kanali mikrofloralari tomonidan 
sintezlanadi. 
Nikotinamid 
hayvonlar 
organizmida 
triptofandan 
sintezlanishi mumkin. Bu jarayonda riboflavin va piridoksin ishtirok 
etadi. 
Sabablari. 
Pellagra makkajo’xori asosiy oziqasi hisoblangan 
xo’jaliklarda uchraydi. Buni makkajo’xori o’simligida nikotin kislotasi 
va triptofanning kamligi bilan izohlash mumkin. Agar cho’chqalar 
rasionida 77 foyizgacha makka doni bo’lsa oziqlantirishning 17-33 
kunlariga kelib nikotinamid yetishmovchiligining belgilari paydo 
bo’ladi. Buzoqlarda barvaqt sun’iy sut berishga o’tish oqibatida, itlar 
faqat qaynatilgan go’sht bilan boqilganda kasallik rivojlanishi mumkin.
Qoramollarda hazm traktining surunkali kasalliklarida (katta qorin 


142 
asidozi, alkalozi, gastroenterit va boshqalar) vitaminning mikrobial 
sintezi buzilganda, protein, tiamin, riboflavin, piridoksin va boshqa V 
guruhiga mansub vitaminlar yetishmovchiligi oqibatida kelib chiqadi. 

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish