«veterinariya» ixtisosligi bo’yicha oliy o’quv yurtlari uchun qo’llanma



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/175
Sana06.04.2022
Hajmi2,54 Mb.
#532187
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   175
Bog'liq
ichki yuqumsiz kasalliklar

Tiaminning yetishmovchiligi
(B
1
- gipovitaminozi, B
1

hypovitaminosis) - asab tizimi, yurak funksiyalarining buzilishi, 
muskullarning toliqishi va dispepsiyaga xos belgilar bilan tavsiflanib, 
barcha turdagi hayvonlar kasallanadi. 
Sabablari.
B
1
- gipovitaminoziga tiaminning mikrobial sintezining 
yomonlashishi, oziqalar bilan antivitaminlarning tushishi, rasionda 
tiaminning yetishmovchiligi sabab bo’ladi. Hazm traktining surunkali 
kasalliklari (katta qorin asidozi, ruminit) hayvonlarga zamburug’lar 
bilan zararlangan oziqalarning berilishi, antibakterial preparatlarning 
nazoratsiz va miqdoridan ortiqcha qo’lanilishi B
1
vitaminining mikrobial 
sintezining yomonlashishiga sabab bo’ladi. 
B
1
gipovitaminozi buzoq, qo’zilar va boshqa kavshovchi yosh 
hayvonlarni bir xildagi konsentrat tipida oziqlantirishda, rasionda 
kletchatka yetishmovchiligi kuzatilganda, qand lavlagi bilan boqilganda 
asab tizimida chuqur o’zgarishlar (kortikoserebral nekroz yoki 
ensefalomalyasiya) bilan kechadi. Ko’pincha oziqalar bilan tiaminning 
ingibitori hisoblangan tiaminazalarning (antivitamin) tushishi V

gipovitaminozga sabab bo’ladi. 
Rivojlanishi.
Tiamin 
tiaminpirofosfat 
(TPF) 
shaklida 
dekarboksilaza-ning kofermenti hisoblanadi va pirouzum va alfa-
ketoglyutar 
kislotalarining 
oksidlanuvchi 
dekarboksillanishida 
qatnashadi. 
Tiaminning 
yetishmovchiligi 
oqibatida 
organizmda 
pirouzum va sut kislotalari to’planib qoladi va ular asab to’qimasiga 
toksik ta’sir etadi. Oqibatda kortikoserebral nekroz, spastik va paralitik 
buzilishlar kuzatiladi. 
Tiamin yetishmovchiligida hujayralarda gazlar almashinuvi, 
adinazintrifosfat (ATF) sintezi izdan chiqadi, muskullar tonusi pasayadi, 
xolinesterazalar faolligi ortadi, asetilxolinning parchalanishi tezlashadi, 
oraliq almashinuv mahsulotlarining oksidlanish jarayonlari to’xtaydi, 
manfiy azot balansi kuzatilib, siydik bilan ko’p miqdorda 
aminokislotalar va kreatin ajralib chiqa boshlaydi. 
Belgilari
. Ishtahaning pasayishi yoki yo’qolishi, mahsuldorlikning 
pasayishi, o’sishdan qolish, shilliq pardalarning oqarishi, ariqlash, 
dispepsiya, taxikardiya, asab tizimi faoliyatining buzilishi xarakterli 
simptom bo’lib, umumiy holsizlanish, ataksiya, yelka va bel 
muskullarining klonik-tonik qaltirashi (opistotonus), ko’z olmasining
qaltirashi (nistagm), oyoq muskullari-ning taranglashuvi falaji va yarim 
falaji kuzatiladi. Qondagi pirouzum va sut kislotasi miqdori ko’payib, 
tiaminning miqdori kamayadi, asidoz va ishqoriy zahiraning kamayishi 


139 
qayd etiladi. 
Tashxis
xarakterli klinik belgilar, laborator va patologomorfologik 
tekshirishlar asosida qo’yiladi. Tiaminning terapevtik samaradorligi 
hisobga olinadi. Kasallikni qotma, Auyeski, listerioz, meningoensefalit 
va boshqa kasalliklardan farqlash lozim. 

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish