«veterinariya farmatsevtikasi» kafedrasi



Download 302,98 Kb.
bet85/120
Sana13.06.2022
Hajmi302,98 Kb.
#666319
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   120
Bog'liq
Dorilarni o\'zaro ta\'sir xususiyatlari Majmua 2021

Ikkinchi ko‘rinishi biror dori mediatorni uning maxsus sezuvchi mos kelmagan qurilma bilan o‘zaro ta’sirini buzishi mumkin. Kalsiy ionlari uchun o‘tkazuvchanlikni buzuvchi aritmiyaga qarshi dorilar — lidokain va verapamil orasidagi o‘zaro ta’sir bunga misol bo‘ladi.
Uchinchi ko‘rinishida dori moddasi organizmdagi fizologik jarayonni birin-ketin falajlaydi. Masalan, simpatik asab tizilmasining turli qismlarining faolligiga ta’sir qiluvchi klonidin va ganglioblokatorlarni bir vaqtda ishlatish.
Maxsus sezuvchi qurilmalarning o‘zgarishi ikki turda bo‘lishi mumkin: dori effektor hujayra yoki a’zolarda joylashgan ikkinchi bir dori uchun nishon hujayralarga ta’sir qilib, ularning sezuvchanligini o‘zgartirishi mumkin. Masalan, ftorotan yoki siklopropan narkozi vaqtida yurak mushagining adrenalinga sezuvchanligining ortishi, diuretiklar kiritilganda ionlarning kamayishi (gipokaliemiya) natijasida yurak mushaklarining yurak glikozidlariga sezuvchanligining o‘zgarishi.
Sezuvchi qurilmalarning ikkinchi tur o‘zgarishi (masalan, yurak glikozidlari va rezerpin ishlatilganda yurak urishlari sonining kamayib ketishi bilan namoyon bo‘lishi mumkin).

5-Mavzu. Narkoz chaqiruvchi moddalarni o‘zaro ta’sir xususiyatlari.
GALOTAN
Farmakodinamikasi
Ingalyatsiyada preparat yengil so‘riladi va 5 minut ichida anesteziya chaqiriladi.
Jigarda oksidlanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi, asosiy metabolitlari bo‘lib triftorsirka kislotasi, xloridlar, bromidlar hisoblanadi. Asosan o‘pka orqali metabolitlari va siydik bilan metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi.
Farmakokinetikasi
Galotan ftor saqlovchi alifatik birikmalar guruhiga mansub ingalyatsion narkoz uchun vosita hisoblanadi. Qo‘zg‘alish bosqichisiz yoki minimal yaqqollikda qo‘zg‘alish bosqichida tez narkozga chaqiradi. Markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, og‘riqni qoldiruvchi va kuchsiz miorelaksatsiyalovchi ta’sirga ega. Teri va mushaklarda qon tomirlarni kengayishini chaqirib, simpatik gangliylarni bloklaydi, operatsiya sohasidagi ko‘p qon tomirlarni kengaytiruvchi ta’siri bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Bradikardiya chiqarib, adashgan nerv tonusini oshiradi, gipotenziv ta’sir ko‘rsatadi. Miokardga ta’sir ko‘rsatadi, sistolik hajm va miokardning qisqaruvchanligini kamaytiradi.
Bosh miya qon tomirlari qarshiligini kamaytiradi, bosh miyada qon aylanishini oshiradi, bu bosh miya ichki bosimini oshishi bilan kechadi, ko‘z ichki bosimini kamaytiradi, yo‘tal va qusish refleksini susaytiradi. Nafas yo‘llari shilliq qavatini ta’sirlantirmaydi, so‘lak sekresiyasini va bronxial sekret ajralishini oshirmaydi. Bronxolitik ta’sirga ega, baroretseptorlar sezuvchanligini kamaytiradi, galotan qo’llanilganida nafas tez-tez va yuzaki bo‘ladi. Nafas tez-tezligini oshishi nafas xajmini kamayishini kompensatsiya qiladi. Ventilyatsiyaga galotanning ta’siri markaziy ta’sir mexanizmi - nafas markazini susayishi bilan ham, periferik - qovurg‘alararo mushaklar faoliyatini susayishi bilan ham bog‘liq. Narkozning ahamiyatli chuqurligida nafas markaziga yaqqol susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Narkozning xaddan tashqari chuqurligida arterial bosimni kritik pasayishi, nafas olishni to‘xtatishi va keyinchalik yurak faoliyatini to‘xtashi deyarli bir vaqtda kuzatiladi.
Galotan yo‘ldosh to‘sig‘i orqali yengil o‘tadi; xavfli gipertermiyani boshlovchi 1 omili bo‘lishi mumkin. Narkozning jarroxlik bosqichiga odatda 4-6 minutdan keyin erishiladi. Narkozli depressiya qisqa vaqtli narkozda odatda 5-10 minutdan keyin va davomli narkozdan keyin 30-40 minutdan keyin yo‘q bo‘ladi. Qo‘zg‘alish kam holatlarda kuzatiladi va kuchsiz yaqqollikda bo‘ladi.

Dorilarning o‘zaro ta’siri


Adrenalin va boshqa simpatomimetik vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanilganida aritmiyalar rivojlanishi xavfi oshadi; Galotan bachadonning tonusini oshiruvchi vositalarning ta’sirini kamaytiradi.
Semiz va bazofil xujayralardan gistaminni ajralib chiqishiga olib keluvchi vositalar (morfin, tubokurarin), ganglioblokatorlar, qon tomirlarini kengaytiruvchi vositalar va epidural yoki subaraxnoidal anesteziya uchun qo‘llanadigan vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanilganida arterial gipotenziya rivojlanishi mumkin.
Fenitoin bilan bir vaqtda qo‘llanilganida toksik ta’siri xavfini o‘zaro oshirishi mumkin.
Opioid analgetiklar, benzodiazepinlar va fenotiazinlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganida nafas markazita susaytiruvchi ta’siri kuchayishi mumkin. Uzoq muddatli narkoz tugaganidan keyin diqqatni jamlash qobiliyatini yaqqol susayishi kuzatiladi.
Gipotenziv vositalarning ta’sirini, bradikardiyani (digitalis preparatlari va xolinesteraza ingibitorlari - neostigmin bilan birga qo‘llanilganda) kuchaytiradi. Ketamin yarim chiqarilish davrini oshiradi.
Aminoglikozidlar, linkomitsin va polimiksinlar nerv-mushak blokadasini chuqurlashtiradi .

Download 302,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish