«veterinariya farmatsevtikasi» kafedrasi


-mavzu. Dori moddalarni farmakodinamik o‘zaro ta’sir xususiyatlari



Download 302,98 Kb.
bet84/120
Sana13.06.2022
Hajmi302,98 Kb.
#666319
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   120
Bog'liq
Dorilarni o\'zaro ta\'sir xususiyatlari Majmua 2021

4-mavzu. Dori moddalarni farmakodinamik o‘zaro ta’sir xususiyatlari.
Darsning maqsadi.Talabalarga dori moddalarni farmakodinamik o’zaro ta’sir xususiyatlarini tushuntirish
Ta’sir qilish joyiga qarab farmakodinamik ta’sirlar shartli ravishda spesifik qurilmalarga (sezuvchan qurilmalar uchun kurash, ta’sir qilish joyida dorilar kinetikasining o‘zgarishi, mediatorlarga ta’siri, maxsus qurilmalar sezuvchanligining o‘zgarishi) ta’siri yoki organizm fiziologik boshqaruv tizilmalariga ta’siri ko‘rinishida yuz berishi mumkin.
Retseptor uchun kurashda bir tomonlama (agonistlar) yoki qarama-qarshi yo‘nalishda (antagonistlar) ta’sir qiladigan dori moddalari bir vaqtda yuborilgandagi ta’siri misol bo‘lishi mumkin. Alfaadrenoretseptorlarni fentolamin falajlashi natijasida adrenalin past qon bosimini ko‘taruvchi ta’sir qilishi yoki aksincha, qon bosimini pasaytirishi mumkin.
Yurak ishemik kasalliklarda bir vaqtning o‘zida betaadrenoqurilmalarni falajlovchi va faollovchi moddalar yuborilganda dorilar ta’sirining butunlay kamayishi kuzatilmaydi, chunki yuborilgan dorilar turli tipdagi (ko‘rinishdagi) betaadrenoqurilmalarga ta’sir qiladi hamda betaadrenofalajlovchi moddalar betaadrenoqurilmalar bilan kuchli bog‘langanligi sabab bo‘ladi.
Doriga sezuvchan qurilmalarda bir vaqtda yuborilgan ikki yoki undan ortiq dorilar biri ikkinchisini faol bo‘lmagan qismi bilan bog‘lanishiga (kinetikasiga) ta’sir qilishi mumkin. Trisiklik antidepressantlar tomonidan guanetidinning gipotenziv ta’sirini susaytirishi bunga misol bo‘lishi mumkin.
Dorilarning mediator atrofidagi o‘zaro ta’siri. Qo‘zg‘atuvchi mediatorga ta’siriga qarab dorilarni bunday o‘zaro ta’siri 3 xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Birinchi ko‘rinishi. Biror dori ta’sirida ishtirok etadigan mediatorning tarqalishini, transportini, metabolizmini yoki uning bog‘lanishini buzishi mumkin. Masalan, bir vaqtda rezerpin va monoaminooksidaza falajlovchilarini yuborish. Rezerpin MAO buzadigan katexolaminlar ajralib chiqishini osonlashtiradi, ularning zahirasini kamaytiradi. MAO falajlovchilari katexolaminlarni buzilishdan saqlab, ularning miqdorini ko‘paytiradi, bu esa qon bosimining ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin.

Download 302,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish