«veterinariya farmatsevtikasi» kafedrasi



Download 302,98 Kb.
bet80/120
Sana13.06.2022
Hajmi302,98 Kb.
#666319
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   120
Bog'liq
Dorilarni o\'zaro ta\'sir xususiyatlari Majmua 2021

Kimyoviy nazorat
Kimyoviy nazorat dori vositalarini tayyorlash sifatini quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholashdan iborat:
sifat tahlili: dori moddalarining chinligi;
miqdor tahlili: dori moddasini miqdoriy aniqlash.
Sifat tahlili natijalari retseptlar, talabnomalar asosida va dorixona ichida hozirlab qo‘yilgan yarim tayyor mahsulot, konsentrlangan eritmalar, etil spirti hamda dori vositalarini qadoqlash tarzida tayyorlangan dori vositalarini organoleptik, fizikaviy va kimyoviy nazorat qilish natijalarini qayd etish jurnalida, shuningdek dori vositalarining chinligini nazorat qilish natijalarini qayd etish jurnalida qayd etiladi.
Quyidagilar majburiy tartibda sifat tahlilidan o‘tkaziladi:
a) tozalangan suv va inyeksiyalar uchun suv har kuni har bir ballondan, suv vodoprovod orqali berilganda — har bir ish o‘rnida xloridlar, sulfatlar va kalsiy tuzlari yo‘qligi nuqtai nazaridan. Steril eritmalar tayyorlash uchun mo‘ljallangan inyeksiya uchun suv, shuningdek tiklovchi-qaytaruvchi moddalar, ammoniy tuzlari va dioksid uglerodi yo‘qligi nuqtai nazaridan ham tekshirilishi kerak;
b) saqlash xonalaridan dori preparatlari tayyorlanadigan xonalarga kelib tushadigan barcha dori vositalari va konsentrlangan eritmalar;
v) dorixonaga kelib tushadigan dori vositalari, ularning sifati xususida shubha paydo bo‘lgan taqdirda;
g) dori vositalari tayyorlanadigan xonada turgan konsentrlangan eritmalar, byuretka uskunasida va pipetkali shtanglaslardagi suyuq dori vositalari, ularni to‘ldirish chog‘ida;
d) sanoatda ishlab chiqarilgan qadoqlangan dori vositalari.
Tozalangan suv va inyeksiyalar uchun suv har chorakda to‘liq sifat va miqdor tahlilidan o‘tkazilishi kerak.
Tozalangan suv va inyeksiyalar uchun suv kimyoviy tahlildan o‘tkazilganda tozalangan suvni, inyeksiyalar uchun suvni nazorat qilish natijalarini qayd etish jurnalida quyidagilar majburiy tartibda ko‘rsatiladi:
a) suv olingan (haydalgan) sana;
b) suvni nazorat qilish sanasi;
v) o‘tkazilgan kimyoviy tahlil raqami;
g) tahlil uchun suv olingan ballon yoki byuretka raqami;
d) aralashmalar yo‘qligi nuqtai nazaridan nazorat qilish natijalari;
e) pH muhitining ko‘rsatkichlari;
j) suv tahlili natijalari to‘g‘risidagi xulosa (qoniqarli / qoniqarsiz);
z) tahlilni o‘tkazgan shaxsning imzosi.
Jurnalning betlari raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan va muassasa rahbarining imzosi hamda tashkilotning (yuqori turuvchi tashkilotning) muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Farmatsevt tomonidan ish kuni davomida tayyorlangan turli dori shakllarining dori vositalari oralatib tanlab, lekin har bir farmatsevt tomonidan tayyorlangan dori vositalari umumiy miqdorining kamida 10 foizi sifat tahlilidan o‘tkazilishi lozim.
Byuretka uskunasidagi, shtanglaslardagi va pipetkali shtanglaslardagi dori vositalarining chinligi kimyoviy nazoratdan o‘tkazilganda Dori vositalarini chinligi nuqtai nazaridan nazorat qilish natijalarini qayd etish jurnalida quyidagi ma’lumotlar majburiy tartibda ko‘rsatiladi:
a) byuretka uskunasi, shtanglas to‘ldirilgan sana;
b) kimyoviy tahlilning tartib raqami;
v) dori vositasining nomi;
g) dori vositalarini ishlab chiqaruvchining dori vositasi seriyasi raqami yoki tahlil raqami;
d) to‘ldiriladigan shtanglas raqami;
e) aniqlanayotgan modda (ion);
j) “+ (musbat)” yoki “- (manfiy)” shkalasi bo‘yicha nazorat natijalari;
z) to‘ldirgan va to‘lganligini tekshirgan shaxslarning imzosi.
Jurnalning betlari raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan hamda dorixona tashkiloti rahbarining imzosi va muhr bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Quyidagilar majburiy tartibda sifat va miqdor tahlilidan (to‘liq kimyoviy nazoratdan) o‘tkaziladi:
a) inyeksiyalar va infuziyalar uchun barcha eritmalar sterilizatsiyadan oldin, izotonikligi va barqarorlashtiruvchi moddalarning rN qiymatini aniqlanadi. Inyeksiyalar va infuziyalar uchun eritmalar sterilizatsiyadan keyin rN ko‘rsatkichi, faol moddalarning chinligi va miqdor tarkibi bo‘yicha tekshiriladi; stabilizatorlar sterilizatsiyadan keyin sifatni nazorat qilish sohasidagi hujjatda nazarda tutilgan taqdirdagina tekshiriladi.
b) sirtqi qo‘llash uchun steril eritmalar (namlash uchun oftalmologik eritmalar, kuygan yuzalar va ochiq yaralarni davolash uchun eritmalar, intravaginal kiritish uchun va
g) atropin sulfat va xloristovodorod kislotasi eritmalari (ichki qo‘llash uchun), kumush nitrat eritmalari;
d) barcha konsentrlangan eritmalar;
e) dorixona ichida tayyorlangan har bir seriyadagi yarim tayyor mahsulot tarzidagi dori vositalari;
j) inyeksiyalar va infuziyalar uchun eritmalar tayyorlashda qo‘llaniladigan stabilizatorlar, ko‘z tomchilarini tayyorlashda qo‘llaniladigan bufer eritmalar;
z) etil spirtining konsentratsiyasi eritilganda, shuningdek dorixonaga kelib tushganida etil spirtining sifati xususida shubha paydo bo‘lgan taqdirda;
i) bir smenada ishlanganda retseptlar va talabnomalar bo‘yicha kamida 8 ta dori shakli miqdorida tayyorlangan dori shakllari, dori shakllarining har xil turlarini inobatga olgan holda.

Download 302,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish